Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


 Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

6. Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasi. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida klassik maktab iqtisodchilari tomonidan 
ishlab chiqilgan hozirgi zamon miqdoriylik nazariyasi, eng avvalo, yalpi 
daromadning nominal qiymatini aniqlashga bag’ishlangan. Lekin shu bilan birga, 
ushbu miqdoriy nazariya doirasida yalpi ishlab chiqarishning har bir darajasida 
aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi to’g’risidagi masalalar ham 
o’rganiladi. Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini pulga 
bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu 
nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lga talab foiz 
siyosatiga bog’liq emas. 
I. Fisher tomonidan ishlab chiqilgan va iqtisodchi olimlar o’rtasida 
munozarali bahslarga sabab bo’lgan almashuv tenglamasidan ko’rinadiki, yil 
davomida pul aylanish tezligining pul miqdoridagi ko’paytmasi nominal 
daromadga (ya’ni yil davomida sotib olingan tovar va xizmatlarning nominal 
qiymatiga) teng bo’lishi kerak. 
I. Fisher xulosasiga ko’ra, agar odamlar qilayotgan xaridlari uchun hisob 
cheklari va kredit kartochkalari orqali to’lovlarni amalga oshirsalar, demak, 
nominal YaIM bilan aniqlanuvchi pullar to’lovlarni amalga oshirish jarayonida 
kamroq foydalaniladi, bunda pulning aylanish tezligi (R x Y)/M ko’payadi. 
Aksincha, agar, qilinayotgan xaridlar uchun to’lash naqd pulda yoki cheklarda (u 
ham, boshqasi ham pul shakllarini tashkil etadi) qulayroq bo’lsa, o’sha miqdordagi 
nominal YaIMning katta qismiga naqd pullardan foydalaniladi va pulning aylanish 
tezligi kamayadi. I.Fisherning fikriga ko’ra, institutsional va texnologik omillar 
pulning aylanish tezligiga juda sekin ta’sir qiladi. Shuning uchun qisqa muddatli 
davriy oraliqlarda pulning aylanish tezligini doimiy deb hisoblash mumkin. 
I.Fisherning qisqa muddatli davriy oraliqlarda pulning aylanish tezligi 
doimiy, degan taxmini almashuv tenglamasini pulning miqdoriylik nazariyasiga 
aylantirib yuboradi. Ushbu nazariyaning asosiy qoidalaridan biri shundaki, 
nominal YaIM mutloq ravishda pul massasining tebranishlari orqali aniqlanadi. Pul 
massasining (M) ikki xissa oshishi bilan M x V ham ikki hissa oshadi. Shunga mos 
holda R x Y-nominal YaIMning qiymati ham oshishi kerak. 
Miqdoriylik nazariyasining tarafdorlari bo’lgan taniqli iqtisodchi olimlar
jumladan, T.Uorren, A.Shvartslar ish haqi va baholarni mutlaqo o’zgaruvchan, deb 


 
hisoblashgan. Shuning uchun ham ular yalpi ishlab chiqarish Y to’liq bandlik 
darajasi va iqtisodiyotning sog’lom rivojlanishi sharoitida o’zgarmasdan qoladi, 
deb hisoblashgan. Demak, almashuv tenglamasida Y ni ham qisqa muddatli davrda 
etarli darajada doimiy deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, pulning miqdoriylik 
nazariyasidan kelib chiqadiki, agar M ikki hissa oshsa R ham ikki hissa oshishi 
kerak. Chunki, V va Y lar doimiy (o’zgarmas) holda qoladi. 
Klassik maktab iqtisodchilarining nuqtai-nazaridan qaraganda pulning 
miqdoriylik nazariyasi baholar darajasining tebranishini faqat pul massasi 
hajmining tebranishi natijasidir deb tushuntiradi. 
M. Fridmen birinchilardan bo’lib, muomaladagi pul massasining qat’iy 
belgilangan o’sish sur’atlarini joriy etish va uni Markaziy bank tomonidan oraliq 
nishon sifatida nazorat qilishning zarurligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. M. 
Fridmen dastlab pul massasining yillik 3-5 foiz atrofida o’sishini belgilab olishni 
va unga rioya etish tadbirlarini amalga oshirishni taklif qilgan. Uning fikriga ko’ra, 
pul massasining ushbu miqdorda o’sishi iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni 
kuchaytiradi. Pul taklifining o’sishi yiliga 3-5 foizdan yuqori bo’lsa, unda 
inflyatsiya o’sa boshlaydi, agar, iqtisodiyotda pul taklifining o’sishi 3-5 foizdan 
kam bo’lsa, yalpi milliy mahsulotning o’sish sur’ati pasaya boshlaydi. 
M. Fridmenning amaliyotda keyinchalik isbotlangan xatosi uning pul 
massasining tebranishi kon’yunkturaviy o’zgarishlarga bog’liq emas, degan 
xulosasisidir. 
M. Fridmenning pul qoidasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab AQSh va 
Buyuk Britaniya pul-kredit siyosatining asosini tashkil etdi. Ma’lum maqsadni, 
ya’ni muomaladagi pul massasining har yili 3-5 foizdan o’sishini ko’zlagan siyosat 
o’z ijobiy natijalarini berdi. Inflyatsiya darajasining yillik 10 foizdan 5 foizgacha 
pasayishi natijasida YaIM yiliga 3-5 foiz atrofida o’sib bordi. 
Monetaristik pul taklifi kontseptsiyasining muhim masalalaridan biri 
muomaladagi pul massasining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar masalasidir. 
Ular, asosan, uch omilni ajratib ko’rsatishadi:
– Markaziy bank tomonidan chiqarilgan pullarning miqdori (Markaziy 
bankning banknotalari yoki “yuksak quvvat”ga ega bo’lgan pullar); 
– bank zaxiralarining me’yori (depozitlar-zahiralar); 
– naqd pullarning depozitlariga nisbati. 
Monetaristlarning fikriga ko’ra, “yuksak quvvat”ga ega bo’lgan pullarning 
o’zgarishi Markaziy bank siyosatining natijasidir, qolgan ikkala omilning 
o’zgarishi esa, tijorat banklari va bank mijozlarining hatti-harakatlaridagi 
o’zgarishini anglatadi
26
. Aynan Markaziy bankning siyosati muomaladagi 
pullarning miqdoriga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va binobarin, birinchi omil 
asosiydir, deb hisoblaydilar. Bunda banklarning va ular mijozlarining hatti-
harakatini aks ettiruvchi munosabatlar nisbatan barqarordir. Pul massasi esa 
“yuksak quvvat”li pullarga munosib ravishda o’zgarib turadi, degan fikrga 
asoslanadi. ”Yuksak quvvat”li pullarning o’zgarishi esa, Markaziy bank tomonidan 
ochiq bozor siyosati orqali tartibga solib turiladi. 
26
M.Fridmen. Esli bi zagovorili dengi. Per. s angl.-M.:INFRA-M, 2001.- S. 63. 


 
Monetaristlar pullarga talab va taklif funktsiyalarining nazariy va empirik 
tahlili asosida kon’yunkturaviy pul-kredit siyosatining imkoniyatlari va 
chegaralarini aniqladilar. Xususan, K. Brunner pul-kredit siyosatining ta’sir etish 
imkoniyatlarini quyidagi uch omil bilan izohladi: 
1. Markaziy bankning interventsiyalari pul bazasining tebranishini yuzaga 
keltiradi. 
2. Pul bazasining tebranishi pul massasining o’zgarishini belgilaydi. 
3. Pul massasining o’zgarishi nominal daromadlarning tebranishini 
belgilaydi
27

Dastlabki ikki omil Markaziy bankning pul massasini nazorat qilish 
qobiliyatini, uchinchi omil esa pullarga talab funktsiyasining shakli va 
barqarorligini belgilaydi. 
M. Fridmen pul massasini nazorat qilish bilan bog’liq qiyinchiliklarni yaxshi 
anglagan. Shuning uchun ham u Federal Zaxira Tizimini isloh qilishning bir necha 
variantlarini taklif qildi. Isloh qilishning asosiy maqsadi ayrim banklarning Federal 
Zaxira Tizimining interventsiyalariga nisbatan nomaqbul harakatlariga barham 
berish edi. Shuningdek, M. Fridmen ta’kidladiki, ochiq bozor siyosati Federal 
Zaxira Tizimining veksellarni qayta hisobga olish va majburiy zaxiralarni bekor 
qilish maqsadida pul bozoriga ta’sir etishining yagona mexanizmi hisoblanadi
28

Monetaristlar keyinchalik Markaziy bank tomonidan pul massasini samarali 
nazorat qilish shartlariga aniqlik kiritdilar. Bu shartlar bir vaqtning o’zida pul 
bazasiga ham, kredit multiplikatoriga ham tegishlidir. Pul bazasining emissiyasi 
qisman Markaziy bankning ochiq bozor siyosati doirasida amalga oshiriladi. Pul 
bazasi emissiyasining ikkinchi qismi esa bank tizimiga nisbatan mutlaqo ekzogen 
omil sifatida amalga oshadi. Bunga misol qilib oltin-valyuta zahiralarining 
o’zgarishini, Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish hajmidagi o’zgarishlarni 
keltirish mumkin. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish