1-jadval
AQSh Federal zaxira tizimi, Evropa Markaziy bankining tayanch foiz
stavkasining yillik darajasi
48
va AQSh, “evrohudud”da tijorat banklari qisqa
muddatli kreditlarining yillik foiz stavkasi
49
, foizda
Markaziy
bankning tayanch
stavkasi
Tijorat banklarining
qisqa muddatli
kreditlarining foiz
stavkasi
Federal zaxira tizimi
1,25
3,9
Evropa Markaziy banki
0,0
2,7
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, AQSh FZTning tayanch stavkasi 1,25
foizga teng, EMB esa, umuman nollik stavka qo’llamoqda. O’z navbatida,
Markaziy banklarning tayanch foiz stavkalarining past ekanligi tijorat banklari
tomonidan beriladigan qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalarini past
bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
2.
Monetar siyosatning taktik maqsadlari
Hozirgi vaqtda, xalqaro amaliyotda, monetar siyosatning taktik maqsadlari
sifatida pul massasining o’sish sur’ati, milliy valyutaning nominal almashuv kursi,
nominal
foiz
stavkasi
va
inflyatsiyaning
maqsadli
ko’rsatkichidan
foydalanilmoqda.
Milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik
maqsadi sifatida foydalanish holati ko’proq milliy valyutasining barqarorligini
ta’minlashda muammolar mavjud bo’lgan mamlakatlarda kuzatiladi. Shu sababli,
47
Bureau of Economic Analysis, Eurostat sayti ma’lumotlari.
48
www.imf.org
(2017 yilning III-choragi yakuni).
49
www.imf.org
(2017 yilning 1 iyul holatiga)
mazkur mamlakatlarda hukumat va Markaziy bank o’zaro kelishgan holda, milliy
valyutaning devalvatsiya bo’lishiga yo’l qo’ymaslik yoki devalvatsiya sur’atini
pasaytirishga qaratilgan siyosatni olib boradilar.
Mamlakatda to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’limi bo’yicha milliy
valyutani xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi milliy valyutaning
nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida
foydalanishni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, XVF Nizomi VIII-
moddasi bo’yicha majburiyatlar qabul qilingandan so’ng hukumat joriy valyuta
operatsiyalari bo’yicha cheklovlarni joriy etish huquqiga ega bo’lmaydi.
Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasining asoschisi M. Fridmen pul
massasining o’sish ko’rsatkichini monetar siyosatning asosiy taktik maqsadi, deb
hisoblaydi.
M.Fridmen pullarga bo’lgan talab funktsiyasi va xarajatlar funktsiyasini
barqaror, deb hisoblaydi. Shu sababli, u pul massasini monetar siyosatning taktik
maqsadi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldi.
Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasining asoschisi bo’lgan M.Fridmen va
uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh qilishni taklif qiladilar.
Ularning fikriga ko’ra, Markaziy bank hukumatning iqtisodiy siyosatini qo’llab-
quvatlashlari shart emas. Shu tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini
moliyalashtirish jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g’oyani
ilgari suradilar.
M.Fridmen
Markaziy
bank
tomonidan
hukumat
xarajatlarining
moliyalashtirilishini pul muomalasini izdan chiqaruvchi omil, deb hisoblaydi.
M. Fridmen, A.Shvarts bilan amalga oshirgan tahlillarining natijalariga
asoslangan holda, Markaziy bank pul massasining barqaror o’sishini ta’minlashi
kerak, degan xulosaga keldi. Bu qat’iy belgilangan qoidaga asosan amalga
oshirilishi va aniq miqdorga ega bo’lishi kerak edi.
Germaniyada 1970 yildan e’tiboran muomaladagi pul massasining o’sish
ko’rsatkichi monetar siyosatning indikatori sifatida qo’llanila boshladi. Bu esa, o’z
navbatida, milliy valyuta-doyche markaning nominal almashuv kursi barqarorligini
XX asrning 90-yillariga qadar barqarorlashtirish imkonini berdi.
Bundesbank moliyaviy yil davomida muomaladagi pul massasini oldindan
belgilangan o’sish sur’atlarini ta’minlash choralarini ko’radi. Xususan, tijorat
banklari uchun trattalarni qayta hisobga olish kontingentini belgilashda pul
massasining o’sish sur’ati bo’yicha belgilangan maqsadli ko’rsatkich hisobga
olinadi.
AQShda 1978 yildan boshlab, muomaladagi pul massasining barqaror o’sish
sur’atlarini ta’minlash FZTning zimmasiga yuklangan. Natijada, har bir moliyaviy
yil uchun M2 yoki M3 pul agregatining o’sish sur’ati belgilab olinadi. AQSh
Kongressi FZTning faoliyatiga baho berishda pul massasining o’sish
ko’rsatkichlariga FZT tomonidan qay darajada rioya etilganligini hisobga oladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning, xususan, AQSh va Yaponiya banklarining
muomaladagi pul massasining o’sish sur’atini cheklash borasidagi tajribalari
ko’rsatdiki, ushbu tadbirning qo’llanishi natijasida makroiqtisodiy o’sish sur’atlari
sekinlashadi.
Monetar siyosatning taktik maqsadlarini tanlashning asosiy shart-
sharoitlaridan biri davlat byudjeti defitsitining mavjudligi va darajasidir.
Davlat byudjeti defitsiti darajasining YaIMga nisbatan 3 foizdan yuqori
bo’lishi foiz me’yorining oshishiga olib keladi. Natijada, baholar darajasining
o’sishi yuz beradi. Bu esa, o’z navbatida, investitsiyalar darajasini pasaytiradi va
shuning asosida ishlab chiqarish real hajmining o’sishi sekinlashadi. Bunday
sharoitda uzoq muddatli davriy oraliqlarda pul massasi o’sishining barqaror
darajasining saqlab turilishi, baholar darajasini o’sishi davom etayotgan sharoitda,
pul massasining o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining
o’sishi o’rtasidagi farqning saqlanib qolishiga sabab bo’ladi. Bunday sharoitda
Markaziy bank davlat byudjeti defitsitining inflyatsiya jarayonlarini kuchayish
omili sifatidagi ahamiyatiga barham berish maqsadida indikator sifatida baholar
darajasining barqaror o’sish ko’rsatkichidan foydalanishga majbur bo’ladi. Odatda,
byudjet defitsitini o’sishi oqibatlariga qarshi kurashishning maqbul yo’li bo’lib,
muomaladagi pul massasini o’sish sur’atlarini jilovlash hisoblanadi. Ushbu taktik
maqsad byudjet defitsiti bilan bog’liq pulning aylanish tezligini oshishiga xizmat
qiladi. Buning natijasida davlat byudjeti defitsitining nominal milliy daromadning
o’sishiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta’siriga barham beriladi. Lekin qisqa
muddatli davriy oraliqlarda ishlab chiqarishning real hajmi va baholar darajasi
o’zgarmaydi.
O’zbekiston Respublikasida rasman pullar taklifini tartibga solish Markaziy
bank monetar siyosatining taktik maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to’g’risida»gi qonunining 23-moddasiga asosan, respublikamiz Markaziy
banki «pul massasi yillik o’sish sur’atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini»
belgilaydi
50
. Shuningdek, mamlakat hukumatining 2003 yil 4 fevraldagi 63-sonli
«Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga asosan, Markaziy bankka pul massasining
o’sishini nazorat qilish majburiyati yuklatilgan
51
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi 147-
Qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini,
ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar doirasida, zarur
hollarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob-kassa
markazlaridagi zaxira jamg’armalaridan foydalangan holda naqd pul mablag’lari
bilan cheklanmagan miqdorda ta’minlaydi hamda tijorat banklari bilan birgalikda
tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini
tasdiqlaydi hamda majburiy zaxiralar bo’yicha talablarni hisob-kitob qilish
chog’ida umuman bank bo’yicha amaldagi zaxiralar summasini hisobga oladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 27 martdagi PQ-822-sonli
“Naqd pul mablag’larini jalb qilish va unga bo’lgan ehtiyojni ta’minlash borasidagi
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, O’zbekiston
50
O’zbekiston Respublikasi qonuni. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida. – Toshkent:
O’zbekiston, 2006. – B. 15.
51
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit ko’rsatkichlarini
tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. O’zbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2003. – №3. – B. 29.
Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2008 yil 1 apreldan
boshlab tijorat banklari va ularning filiallari kassalarida naqd pul zaxiralarining
eng kam miqdorini banklar mijozlarining naqd pul mablag’lariga bo’lgan ikki
kunlik ehtiyojlari darajasida belgilaydi.
Bundan tashqari, banklarning aylanma kassa qoldiqlariga belgilangan
limitdan oshgan pul mablag’lari summasini naqd pul mablag’lari zaxirasiga
majburiy tarzda o’tkazish talabiga tijorat banklari tomonidan rioya etilishi ustidan
nazorat kuchaytirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi PQ-57-sonli
“Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani
qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan,
naqd pul tushumi to’liq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi, qonun
hujjatlarida ko’zda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat
ko’rsatadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari
so’zsiz qo’llanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmi takomillashtirildi.
Bundan tashqari, ushbu Qarorga muvofiq:
– aholi jamg’armalari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul
mablag’larini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
– qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish,
bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va
naqdsiz pul hisob-kitoblari o’rtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish
tizimini yaratish vazifasi qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |