J. Keynsning bunday tarzda fikr yuritishining asosiy sababi shundaki, u
umumiy talab ishlab chiqarishni belgilaydi, ishlab chiqarishning darajasi esa to’liq
bandlikka erishish uchun etarli bo’lmasligi mumkin, deb hisoblaganligidir. Bunda
pullar strategik rol o’ynaydi va umumiy talabni aniqlashga imkon beradi: pul
miqdorining etishmasligi yoki ortiqchaligi muvofiq tarzda ishsizlikni yoki
inflyatsiyani yuzaga keltirishi mumkin.
Tegishli manbalarni o’rganish natijasida keynscha
kontseptsiyaning asosiy
qoidalaridan biri pullarga bo’lgan talab va taklifni foiz stavkalari belgilaydi, degan
qoida muhim ekanligiga guvoh bo’ldik. J.Keynsning fikriga ko’ra, tadbirkorlar
kapitalning marjinal samaradorligi kreditning foiz stavkasiga tenglashgunga qadar
investitsiyani amalga oshiraveradilar. Bunday sharoitda umumiy daromadni o’sishi
investitsiyani o’sishiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli, davlat muomaladagi pul
miqdorini o’zgartirish yo’li bilan daromadlarning o’sish sur’atiga ta’sir etish
imkoniyatiga ega.
Pul-kredit siyosati, ilmiy-nazariy va uslubiy
jihatdan olib qaralganda,
kon’yunkturaviy siyosatning takomillashgan instrumenti bo’lishi lozim. Ammo J.
Keyns markaziy banklarning foiz stavkalarini tez-tez o’zgartirib turish
imkoniyatiga unchalik ishonmadi. J. Keyns tarafdorlari pul-kredit siyosatining
samarasizligi omillari tahlilini kuchaytirdilar va bu omillar ikkiyoqlama mazmunga
ega, degan xulosaga keldilar. Bir tomondan, bank tizimi pul massasini tez va
samarali boshqarish imkoniga ega emas;
ikkinchi tomondan, umumiy talab tahlili
pul massasini zarur o’zgarishlari xususidagi savolga aniq javob bera olmaydi
25
.
Keynscha pul-kredit kontseptsiyasining muhim qoidalaridan yana biri foiz
stavkalarini o’zgarishi qoidasidir.
J. Keynsning fikriga ko’ra, foiz stavkalarining dinamikasi psixologik
hodisadir. Uning fikricha, foiz stavkalariga muomaladagi pul miqdori kuchli tarzda
ta’sir ko’rsatadi va uning o’zgarishi foiz stavkalarining «mo’’tadil» darajasi
to’g’risidagi turli xildagi tasavvurlarga bog’liq. J.Keyns mazkur qoidani ishlab
chiqish jarayonida amalga oshirgan tadqiqot natijalariga
asoslangan holda ikki
muhim xulosani shakllantirganligining guvohi bo’lamiz:
1. Pullarga bo’lgan talab va foiz stavkasi o’rtasidagi o’zaro munosabat
nobarqaror ko’rsatkich hisoblanadi, chunki, foizning «mo’’tadil» stavkasi darajasi
iqtisodiyot sub’ektlarining hatti-harakatiga bog’liq va turli davriy oraliqlarda har
xil holatlarni ta’sirida o’zgarib turadi. Mazkur beqarorlik tufayli moliya organlari
foiz stavkalarining maqbul darajasiga erishish maqsadida pul massasini zarur
darajada o’zgartirish uchun zarur bo’lgan oraliq nishonlarni tanlab ololmaydilar.
Agar bunga foiz stavkasi va umumiy talab o’rtasidagi o’zaro munosabatlardagi
noaniqlik qo’shilsa, unda byudjet instrumentlariga asosiy e’tiborni qaratishning
asosliligi namoyon bo’ladi.
2. Iqtisodiyot rivojlanishining ma’lum davriy oraliqlarida foiz stavkasi etarli
darajada elastik bo’lmay qolishi mumkin. Masalan, Moliya
vazirligi kreditlarning
foiz stavkalarini pasaytirishga harakat qilganlarida ma’lum qiyinchiliklarga duch
kelishlari mumkin. J.Keynsning qarashlariga muvofiq, ushbu qiyinchiliklar
muomaladagi pul massasining sezilarli darajada o’sishi foiz stavkalariga nisbatan
25
Keyns.Dj. M. Izbrannie proizvedeniya.
–
M.: Ekonomika, 1993.
–
72 s.
zaif tarzda ta’sir qilganda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda,
pullarga
bo’lgan talabning foiz stavkalariga nisbatan elastiklik darajasining pastligi
«mo’’tadil» foiz stavkasi to’g’risidagi, shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozor
kursini ko’zda tutilgan evolyutsiyasi xususidagi tasavvurlarni o’zaro keskin
farqlanishiga olib keladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi ko’rsatadiki, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi kuchli bo’lgan mamlakatlarda J.M.Keyns
tomonidan ishlab chiqilgan
pul-kredit kontseptsiyasini qo’llash katta samara beradi. Masalan, Evropa Ittifoqi
mamlakatlari Frantsiyada XX asrning 70-yillarida davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi kuchli edi. Bu esa, Frantsiya hukumati tomonidan keynscha pul-kredit
kontseptsiyasi qoidalaridan keng ko’lamda foydalanishga asos yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: