7 variant 3-savol. Eksperiment so‘zining keng va tor ma’nosi
Eksperiment — voqelikni amaliy jihatdan hissiyempirik bilish jarayoni. Eksperiment keng maʼnoda — uquv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Eksperiment qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obʼyektiboʻlib kelgan. Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib koʻrish maqsadida oʻtkazilgan sinov ham eksperiment atalgan. Abu Rayhon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan bogʻlab tushuntirish tarafdori boʻlgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib koʻrishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroqmaʼlumot berishini taʼkidlab, fikriy mulohazalar ogʻizdan-ogʻizgaoʻtish bilan oʻzgarib borishi va asl maʼnosiniyoʻqotishi mumkin deb, amaliy Ttajribaning ahamiyatini yuqori qoʻygan. Empirizm va sensualizm vakillari bilimlarimizning eng ishonchli va yagona manbai hissiymaʼlumotlardir, deb hisoblashgan. Ularning fikricha, bilimlarda sezgilardan ilgari boʻlgan narsalarning oʻziyoʻq, hamma bilimlar eng avvalo sezgilar orqali xreilkilinadi. Idealistik empirizm namoyandalari D. Yum, J. Berkli T. asosida obʼyektiv reallik yotishini inkor etish asosida uni sezgilar majmuasidan iborat deb bilishgan. F. Bekon, Gobbs, Lokk, Didro, Gelvetsiylar esa T.ning manbai moddiy olam deb materialistik empirizm nuktai nazarida turishgan. Ratsionalizm vakillari Dekart, Spinoza, Leybnitsfikricha, olamni mantiqiy bilishda T.ga ehtiyoj yoʻq, chunki T. uzuqyuluq, bir tomonlama, sayoz va yuzaki, nomukammal bilimlarni beradi. Bunday bilimlarni sistemalashtirish, umumlashtirish, chuqurlashtirish uchun akliy tafakkur kerak boʻladi deb, bilishda Tajribaning rolini kamsitishadi. I. KantT.ni tushunishda ratsionalizmni ham, empirizmni ham jiddiy tanqid qilgan. Uning fikricha, odamlar mushohadaning shunday bir aprior (tajribagacha boʻlgan) shakliga egaki, uning yordamida sezgilar orqali olingan maʼlumotlar sintez kilinadi va ular tasavvurdagi boʻyichaqatʼiy tartibga solinadi. Gegel bilishni koʻp bosqichli deb tushunadi, u olamning bilish jarayonida erishgan natijalari bilan qoʻygan maqsadi oʻrtasida doimo farq boʻladi, yaʼni erishilgan natijalar maqsadga yetmaydi, oqibatda biluvchi istagan narsa bilan erishgan natijani taqqoslash asosida predmetga qarash ham oʻzgarib boradi va shu tarzda predmet haqidagi yangi bilimlar paydo boʻladi, ana shu yangi bilimlarning hosil boʻlish jarayoni T.dir, deb hisoblaydi. Pragmatist va instrumentalistlarfikricha, T. narsalardan "instrumental" maʼnoda foydalanishdir, ekzistensialistlarT.nisubʼyektning bevosita ichki kechinmalari dunyosi sifatida talqin etadi, neopozitivistlarT.nisubʼyekt ongining turli holatlari deb hisoblashadi. Markscha faylasuflar nazarida, T. praktika (amaliyot) kategoriyasiga mansubdir.
Kishilarning hayoti mobaynida orttirgan bilimlari, ukuv va malakalari majmuasi boʻlgan T. avlodsan avlodga oʻtib boradi. T. fanni boyitishning , nazariya va amaliyotni rivojlantirishning muhim vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |