Ishqalash. Yuza va qattiq ishqalash farq qilinadi. 1. Yuza ishqalash bir yoki bir necha barmoqning “go‘shti” bilan bajariladi. Bosh barmoq tayanch bo‘lib xizmat qiladi, biroq, ba’zi hollarda (kichikroq joy massaj qilinadigan bo‘lsa) ishqalash uchun ham shu barmoqdan foydalaniladi. II, III va IV barmoqlar asosiy yoki o‘rta falangalarining orqa yuzasi, bir qo‘l mushti bilan ishqalash usulidan ham foydalaniladi. Ko‘pincha ikkala qo‘l bilan ishqalanadi; ba’zi hollarda ikkala qo‘l bir
tomonga qarab yurgizilsa, boshqa hollarda qarama-qarshi tomonga qarab yurgiziladi. Yuza ishqalashda teri va chuqurroqda yotgan to‘qimalarni massaj qiladigan barmoqlar bilan bosib aylantirib ishqalanadi. Ishqalayotganda ikkinchi qo‘l barmoqlari bilan silab turiladi. Ishqalashni patologik o‘choq atrofidagi to‘qimalar sohasidan boshlab, asta-sekin o‘choqning o‘ziga o‘tiladi. Yuza ishqalash massaj qilinayotgan to‘qimalarda qon aylanishini kuchaytiradi, bu patologik o‘zgarishlar (tuzilmalar) ning so‘rilib ketishini tezlashtiradi, to‘qimalarning harakatchanligini oshirib, og‘riqni kamaytiradi. Yuza ishqalash bilan birga goh ishqalab, goh silab turiladi. 2. Qattiq ishqalashda o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i massaj qilinadigan joyni bosib turadi, ko‘rsatkich barmoq bilan o‘rta barmoq esa, sal-sal doirasimon yoki ellipssimon harakatlar qilib, asta-sekin qattiqroq botirila boradi; ayni vaqtda teri ishqalayotgan barmoqlar bilan birga suriladi. Bitta barmoq bilan ham ishqalasa bo‘ladi.
Тo‘qimalarga qattiqroq ta’sir ko‘rsatish uchun musht qilingan qo‘l panjasining orqa tomoni bilan massaj qilinadi. Limfa oqimining qarama-qarshisiga qarab ishqalash va ikkinchi qo‘l bilan silab borish mumkin. Qattiq ishqalaganda ohista harakat qilinadi. Qattiq ishqalashdan maqsad bitishma, chandiqlarni yumshatish va to‘qimalarni muloyim qilishdir. Gematomalar (organlashgan gematomalar), ekssudatlar yoki transsudatlarda ishqalash buyuriladi, lekin bunda kasallikning o‘tkir davri butunlay o‘tib ketgan bo‘lishi shart; aks holda jarayon yangidan qo‘zishi mumkin. Uqalash. Uqalashdan maqsad muskul to‘qimasiga ta’sir ko‘rsatishdir. Uqalash paytida massaj qilayotgan odamning qo‘li ishqalashdagiga qarshi o‘laroq badanda sirg‘anishdan tashqari teriga bosiladi va chuqurroqda yotgan to‘qima qatlamlarini surib tortadi. Bir yoki ikkala qo‘l panjasi, ba’zi hollarda esa, ikkita barmoq (bosh va ko‘rsatkich barmoq) bilan uqalash mumkin. Ikkala qo‘l bilan uqalaganda qo‘l panjalari massaj qilinadigan joyga bir-biriga qiyshiq burchak ostida qo‘yiladi, bunda bosh barmoqlar massaj qilinadigan muskulning bir tomonida, qolganlari esa boshqa tomonida turishi kerak. Ayni vaqtda massaj qilinayotgan to‘qimalar ohista itariladi, ko‘tariladi, bosiladi va go‘yo siqilgandek bo‘ladi. Qattiq siqilgan qo‘l panjasini soat strelkasi yo‘nalishining aksiga qarata ohista aylantirib, barcha muskul yoki muskullar guruhi uqalanadi. Qo‘l massaj qilinadigan bo‘lsa (qo‘l bezillab turganda, sh2i9s9hib ketganida) ishqalash turlaridan biri – ag‘darishdan ko‘p foydalaniladi. Bu usul barmoqlarni yozgan holda qo‘l kaftlari bilan bajariladi, barmoqlarni qarama-qarshi tomonga yurgizib, to‘qimalar go‘yo ezg‘ilanadi. Muskullar harakatchanligini oshirish uchun ikkala qo‘l bilan ko‘ndalangiga uqalash usulidan foydalaniladi. Bunda gavdaning massaj qilinadigan qismi massaj qiluvchiga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda turadi. Massaj qilayotgan odamning ikkala kafti massaj qilinadigan joyda bir-biriga qiyshiq burchak ostida turadi. Bunda bir qo‘lning bosh barmog‘i bilan ko‘rsatkich barmog‘i ikkinchi qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmog‘i bilan uchrashadi. Uqalash quyidagicha bajariladi: muskullarni har bir qo‘l panjasining bosh va qolgan barmoqlari orasiga olib ushlab, burab suyakdan tortiladi, shu bilan birga qo‘l panjalari qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Qo‘lga ilinishi qiyin bo‘lgan muskul to‘qimasi har ikki qo‘lning ikki barmog‘i bilan uqalanadi. Bu ish bosh barmoqlar yordamida bajariladi, bunda ular qarama-qarshi tomonga harakat qildiriladi. Bir qo‘l panjasining ikki barmog‘i bilan uqalashda, bosh barmoq va ko‘rsatkich
barmoq ishtirok etadi, lekin massaj qiluvchi kaftining tirsak tomoni massaj qilinayotgan joyga tegib turishi kerak. Badanni shoshilmay, og‘ritmasdan uqalash, bu ish tezligini asta-sekin oshirib borish lozim. Uqalash qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi; bu bilan u muskullar tonusini kuchaytiradi.
Qoqish – jimjiloqning yon tomoni, qo‘l panjasining yon tomoni, bukilgan barmoqlarning orqa tomoni, yumilgan qo‘ldagi panja yoki ochilgan panja kafti bilan bir me’yorda beriladigan zarbalardan iboratdir. Bu usullarning har birida ham panja bilak-kaft usti bo‘g‘imida erkin harakat qilishi, u massaj qilinayotgan joy yuzasidan
10 smdan ortiq yuqoriga ko‘tarilmasligi kerak. Bir daqiqada beriladigan me’yordagi zarbalar soni 160 – 200 ta; ular tezligi oshgan sari, kuchi kamaya boradi. Bo‘g‘imlardagi harakat muloyim bo‘lishi kerak. Zarbalar vaqtida massaj qiluvchining qo‘li tik yoki bir oz qiya tushishi mumkin. Keyingi holda zarba ancha yengil bo‘ladi.
Qoqish usullaridan birini tanlash massaj qilinadigan joyning katta- kichikligiga va zarur ta’sir kuchiga bog‘liq. Тurtib chiqqan suyaklarning atrofidagi yumshoq to‘qimalargina qoqiladi. Jimjiloqning tirsak tomoni bilan qoqishda panja yumilib, musht holida turishi kerak, bunda asosiy falanga panja o‘zagi orqali to‘g‘rilanib, tirnoq falangasi esa bukiladi. Barmoqlar yozilib, ularning oralarini kerib jimjiloqning tirsak tomoni bilan qilinadigan massajga kertib qoqish deyiladi. Bunda massaj qiluvchining tirsak bo‘g‘imi to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilgan bo‘lishi. Jimjiloqning tirsak tomoni bilan bilakni qoqish kerak. Ikkala panja bilan beriladigan zarbalar bir-biridan 2 – 3 sm uzoqlikka navbatma-navbat tushishi lozim.
Panjaning kaft tomoni bilan qilinadigan massajga shapatilash deyiladi; shapatilash usuli muskullar yaxshi rivojlangan joylarda qo‘llaniladi. Qoqish ta’sirida massaj qilingan joyga qon ko‘p borishi, muskullar tonusining oshishi va og‘riq kamayishi kuzatiladi. Vibratsiya – teri va teri osti to‘qimalarini tez hamda bir me’yorda titratish (silkitish) harakatidir. Bu usul yordamida chuqur joylashgan organ va to‘qimalarga ta’sir etish mumkin. Vibratsiya qo‘l yoki maxsus apparat yordamida bajariladi. Qo‘l vibratsiyasida massaj qiluvchi bir barmoq yoki bir nechta barmoq uchlarining yumshoq qismini bosib, bilak kaft usti bo‘g‘imi yoki tirsak bo‘g‘imi yordamida qo‘lini titratadi. Odatda, qo‘l vibratsiyasi nerv tarmoqlari va tarmoqchalari yo‘nalishida bajarilad3i0.0 Badan qismlari kaft yordamida vibratsiya qilinadi. Qo‘l vibratsiyasi o‘rnida ko‘pincha apparat vibratsiyasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |