ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
292
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| Mavzu: Girudoterapiya va oksigenoterapiya. Massaj Reja:
1.Oksigenoterapiya va uning usullari 2.Girudoterapiya, ko’rsatma va moneliklar 3.Massaj va uning turlari va usullari
Oksigenoterapiya
Oksigenoterapiya — kislorodni davo maqsadida qo‘llashdir. Organizmda kislorod yetishmaganda bu usul juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 40–50% kislorod tutgan gaz aralashmasi bilan nafas olish arterial qonni tez vaqt ichida normagacha to‘yintiradi. Kislorod terapiyasidan so‘ng bemorning kayfiyati yaxshilanadi, yuzidagi ko‘kimtirlik kamayadi, nafas birmuncha siyrak va chuqur bo‘ladi, nafas qisishi to‘xtaydi, yurak faoliyati va uyqusi yaxshilanadi. Kislorod nam holda va atmosfera havosi bilan muayyan nisbatlarda berilishi lozim. Kislorod terapiyasi davomli va uzluksiz bo‘lishi kerak. Kislorodni ratsional va tejab sarflash lozim. Kislorodga ortiqcha to‘yintirishdan saqlanish kerak, chunki yuqori konsentratsiyalarda (70% dan yuqori) yurak tomirlar tizimiga va nafas olishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni kislorod yostig‘i, burun kateteri, kislorod palatkalari, bevosita ballon yoki markaziy kislorod stansiyasi orqali berish mumkin. Kislorod berishning ingalatsion usuli. Kislorodni qo‘llashdan oldin nafas yo‘llarining yaxshi o‘tkazuvchanligiga, ularda balg‘am yoki qusuq massalari yig‘ilib qolmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Bemorga ingalatsion yo‘l bilan kislorod berishda quyidagi apparatlardan foydalaniladi: reduktor bilan ta’minlangan kislorodli ballon, kislorodli yostiq, jo‘mrak va mundshtukli naycha. Kislorodni quyidagicha to‘ldirish mumkin: mundshtukni olib, rezina naychani kislorod ballon reduktori bilan tutashtiriladi, asta-sekin ventil ochilib, gaz yostiqqa to‘ldiriladi va yostiq naychasi berkitiladi, mundshtuk kiygiziladi. Bunda kislorodni namlash va og‘iz qurishining oldini olish uchun mundshtukka nam doka o‘raladi. Mundshtukni og‘izga taqab qo‘yish kerak emas, uni bemor og‘zi oldida 4–5 sm masofada tutib turiladi va rezina naychadagi klapan asta-sekin ochiladi. Kislorod bosim ostida yostiqdan chiqadi va nafas yo‘llariga tushadi. Kislorodning tushish tezligi naychadan kran bilan boshqariladi va yostiqchaning burchagini bosib kislorodning hammasi chiqariladi. Yostiqdag2i93kislorod 4–7 daqiqaga yetadi, so‘ngra uni boshqa yostiq bilan almashtiriladi yoki yana kislorod to‘ldiriladi. Bu usul bilan yuborishda kislorodni namlash kifoya qilmaydi, u og‘iz va burun bo‘shlig‘i shilliq pardalarini quritadi.
Shunga ko‘ra bu usulni burun kateterlari orqali kislorod kiritish bilan almashtirish mumkin. Kislorodni burun kateterlari orqali berish. Bu maqsadda 10-sonli kateterlar va kerakli uzunlik, diametrdagi plastmassa naychalar ishlatiladi, ularni uchlikning ikkita bo‘linmasiga kiydiriladi, uchini esa istalgan kislorod manbaiga ulanadi (kislorod yostig‘i, kislorodni markazlashgan tizim orqali uzatish krani). Kateterlar oldindan qaynatiladi, vazelin surtiladi va pastki burun yo‘li bo‘ylab yutqinning orqa devoriga, qusish refleksini qo‘zg‘atmay kiritiladi. Kislorod namlagich (Bobrov apparati) orqali minutiga 2—3 l tezlikda beriladi. Kislorod berish tezligini kislorod pufakchalarining namlagich orqali o‘tish tezligi bo‘yicha nazorat qilish mumkin. Kislorodni juda tez berish yoqimsiz sezgilarga va gazning
ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Kislorodni niqob orqali berish. Niqoblar metall va plastmassadan yasalgan bo‘ladi. Niqoblar yuzga qo‘yilganda og‘iz bo‘shlig‘i va burunni yopib turadigan shaklda ishlanishi kerak. Niqobning nafas olish va chiqarish klapanlari mavjud. Nafas olish klapanining tubusi yupqa rezinadan ishlangan nafas qopchig‘iga ulanadi, u kislorod berilishini tartibga solib turadi. Nafas chiqarish vaqtida u nafas qopchig‘ida yig‘iladi, nafas olishda o‘pka tomonidan faol suriladi. Nafas qopchig‘i kla pan bilan ta’minlangan bo‘lib, qopchiqdagi kislorod hajmi bemor olgan nafas hajmidan kam bo‘lganidan erkin nafas olish imkonini beradi. Niqob yordamida kislorod kiritish ochiq, yarim ochiq yoki yopiq sistema bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Ballondan kislorod berish. Kislorodni bevosita ballondan berish muolajani yanada osonlashtiradi va kislorod terapiyasini uzoq muddatgacha uzluksiz o‘tkazish imkonini beradi. Тibbiyot kislorodi solingan ballonlarning sig‘imi 40 l bo‘lib, u 150 atm bosim ostidagi gazsimon kislorod saqlaydi. Kislorodni 2—3 atm bosimi ostida qo‘llash mumkinligini nazarda tutib, ballonga maxsus pribor–bosimni pasaytiradigan reduktor ulanadi. Reduktorning 2 ta kamerasi va ikkita manometri bo‘lib, ballonga eng yaqin turgani undagi bosimni ko‘rsatadi. Shu manometr bo‘yicha ballondagi kislorod miqdori to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Past bosimli kamera bilan tutashtirilgan ikkinchi manometr bemorga beriladigan kislorod bosimini ko‘rsatadi. U 1—2 atm bosim atrofida tartibga solib turadigan vint bilan belgilab qo‘yiladi.
Kislorodni palatalarga markazlashgan tizim bo‘yicha berish eng qulay usuldir. Kislorodli ballondan foydalanishda siqilgan gazsimon kislorodning moy, yog‘, neft bilan duch kelganda ularning faol birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, alangalanishi va portlashini unutmaslik zarur. Ballonlar saqlanadigan xonada chekish qat'iyan man qilinadi. Moy artilgan lattani kislorodli ballonlar bilan bir xonada saqlashga ruxsat etilmaydi. Moslamalarga qarab turadigan shaxslarning qo‘li, kiyim-boshi, asboblari yog‘li bo‘yoqlar bilan ifloslanmagan bo‘lishi kerak. Ballonni silkinish va urilishdan ehtiyot qilish lozim. Uni vertikal holatda salqin joyda, devorga mahkamlab qo‘yib saqlanadi. Ballon ventilini ochishda unga ro‘para turish mumkin emas, chunki ko‘z shilliq pardasiga kislorod sachrab ketishi va ko‘zni shikastlab qo‘yishi mumkin. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun kislorod ballonlari turadigan har bir xonada yong‘inga qarshi o‘t294o‘chirgich bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda kasalxonalarning loyihalarida kislorod va azot (I) oksidini markazlashgan holda uzatish ko‘zda tutilgan. Kislorod bevosita bemor yotgan joyga yetkazib beriladi, tibbiyot xodimi esa ballonning saqlanishi, transportirovka qilinishi va almashtirilishini kuzatib borishdan xalos bo‘ladi. Gaz sarfi kamayadi.
Kislorodni markazlashgan usulda beradigan tizimi bo‘lmagan kasalxonalarda ballonlar yo‘lak, yerto‘la, palatalarda o‘rnatiladi. Bunda yong‘inga qarshi kurash qoidalari va texnika xavfsizligiga rioya qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |