Eng muhim terapevtik tadbirlardan biri dori-darmonlar bilan davolash hisoblanadi. Тibbiyot hamshirasi zarur dori-darmonlarni to‘g‘ri yozib berishi, saqlay olishi, bemorlarga o‘z vaqtida dorilarni tarqatishi va ularni yuborish usullarini bilishi kerak. Dorilarni bemorga hamshira beradi va bemor dorilarni uning huzurida qabul qilishi lozim. Тibbiyot hamshirasi o‘z vazifasini kichik hamshiraga yoki bemorning o‘ziga yuklashi man qilinadi. Har qanday dori vositasini qo‘llanishdan oldin bеmorga tushuntirish va uning roziligini olish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |