Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Muolaja xonasida dori vositalarini saqlash



Download 6,09 Mb.
bet214/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Muolaja xonasida dori vositalarini saqlash


A va B guruhiga kiruvchi dori moddalari alohida shkaflarda saqlanadi. Shkaf eshigining ichki yuzasida dorilarning ro‘yxati bo‘lishi lozim. A (narkotik analgetiklar, atropin va boshq.) va B (aminazin va boshq.) ro‘yxatidagi dorilarni 1 ta shkafda saqlash mumkin, ammo ular alohida qulflanadigan bo‘linmalarda bo‘lishi lozim. Shuningdek, shkafda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar ham saqlanadi. Zaharli dori moddalari saqlanadigan shkafga «Venena» (A) deb yozilishi lozim, shkaf eshigining ichki tomoniga esa dori moddalarining 1 marotabalik va 1 kecha-kunduzda qancha qo‘llanilishi yoziladi. Kuchli ta’sir qiluvchi dori moddalari saqlanadigan shkaf

«Neroika» (B) yozuvi bilan belgilanadi. Hamma shkaflardagi dori moddalari «tashqi»,

«ichki», «ko‘z tomchilari», «inyeksion» guruhlariga ajratiladi. Dorixonada tayyorlangan steril eritmalarning saqlanish muddati 3 kun. Shu vaqt ichida dori moddalari ishlatilmasa, yaroqli (rangini o‘zgartirmagan, rangsizlanmagan) hisoblansa ham to‘kib tashlanadi, «ichki», «tashqi» qo‘llashga mo‘ljallangan dori moddalari tibbiyot hamshirasi postidagi shkafning turli bo‘linmalarida belgilangan holda saqlanadi. Dorixonada tayyorlanib, tashqi qo‘llashga mo‘ljallangan dori shakllari sariq etiketka, ichki qo‘llashga mo‘ljallanganlari oq etiketka bilan belgilanadi.

Tibbiyot hamshirasining:



  1. dori moddalarining shakli va taxlamini o‘zgartirishga;

  2. har xil taxlamdagi dori moddalarini bir taxlamga solishga;

  3. dori moddasi etiketkasini o‘zgartirish va almashtirishga;

  4. dori moddalarini etiketkasiz saqlashga haqqi yo‘q.

Shoshilinch paytda dori moddalarini topish qulay bo‘lishi uchun ular ma’lum tartibda joylashtiriladi. Yorug‘likda parchalanadigan dori moddalari qoraytirilgan shisha idishlarda, yorug‘ tushmaydigan joyda saqlanishi lozim. O‘tkir hidli dori moddalari alohida, tez buziladigan dori moddalari (nastoykalar, qaynatmalar, miksturalar), shuningdek, malhamlar, zardoblar maxsus muzlatgichda saqlanadi. Nastoyka, qaynatma va miksturalarning muzlatgichda saqlanish muddati 3 kundan oshmasligi lozim. Loyqalanish va yoqimsiz hid paydo bo‘lishi, rangining o‘zgarishi bu dorilarning yaroqsizligini bildiradi. Shuni esda tutish lozimki: nastoykalar, eritmalar, ekstraklar spirtda tayyorlanadi va vaqt o‘tishi bilan spirtning bugianishi natijasida ularning konsentratsiyasi oshib ketadi. Shuningdek, rangini o‘zgartirgan kukunlar va tabletkalar foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.

Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish