Biznesning tartib qoidalari. Bu qoidalarni har bir inson yozib olishi va o’zidan keyingilarga yetkazib berishi, tushuntirishi va daftarini tekshirib borishi shart
Bo’lajak sarmoyadorlar (Investorlar) uchun o’quv qo’llanma
Biznesning tartib qoidalari. Bu qoidalarni har bir inson yozib olishi va o’zidan keyingilarga yetkazib berishi, tushuntirishi va daftarini tekshirib borishi shart.
Tashqi ko’rinish – kostyum, shim, bir xil rangdagi ko’ylak, toza ko;rnishdagi tufli va xushbo’y atir.
Har kun ertalab internetdan (YouTobedan) muofaqiyatli insonlar haqida videolar va treninglar ko’rish.
Ertalabdan yaxshi (ijobiy) kayfiyatda bo’lish.
Hardoim dam olish kunlari soat 11:00 dan 22:00 gacha belgilangan uchrashuv bor yoki yo’qligiga qaramasdan ofisga kelib va shu vaqtlar oralig’ida ofisda bo’lish kerak.
Ertalabdan kun oxirigacha va ertangi kunga reja (plan) tuzish kerak.
Ofisda bekor o’tirmasdan foydali narsalarni o’rganish kerak.
Har hafta majburiyat (обязательство) berish kerak. Baxonalar (otmazkalar) qabul qilinmaydi.
Haftasiga 3 marta biznes treninglarda qatnashish va yangi ma’lumotlarni yozib olib o’zidan keyingilarga yetkazib berish kerak.
Kompaniya tog’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish va bilish shart. Asosiy ma’lumotlar “Modul 3” va “Biznesning 8 asosi”
Liderlarni, partnyorlarni, o’zidan keyingilarni va mehmonlarni hurmat qilish.
Hardoim bir-birini qo’llab quvvatlash.
Belgilangan uchrashuvlar haqida liderni oldindan ogohlantirish. (1 kun oldin va 2 soat oldin).
Hardoim Lider bilan va o’zingizdan keyingilar bilan aloqada bo’lish(bog’lanish).
Hardoim Lider bilan maslahatlashish.
Liderni ruxsatisiz hech qanday qaror qabul qilmaslik.
Liderni ruhsatisiz ofisdan chiqib ketmaslik. (ogohlantirib qoyish kerak)
Yaxshi (ijobiy) fikrlar pastga, yomon (salbiy) fikrlar tepaga.
Taklif qilishni va kuzatishni (soprovojdeniya) ni o’rganish.
Hamma orzu va maqsadlarni blaknotga yozib qoyish.
Har xil tushunmovchiliklarni va tortishuvlarni o’zaro hal qilmasdan ofis lideri yoki o’zini lideri yordamida hal qilish.
Ofisni toza saqlash shart. Blaknotlar, ruchkalar, stakanlar, musorlarni va shunga oxshash shaxsiy narsalarni yig’ishtirib ketish shart.
Ofisda so’kinish va yomon so’zlardan foydalanish taqiqlanadi. Ogohlantirish bir marta bo’ladi ikkinchi imkoniyat berilmaydi, ofisdan butunlay chiqarib yuboriladi.
Lider bilan hech qachon tortishmaslik kerak. Lider nima qilish kerakligini va sizga qanaqa maslahat berishni yaxshi biladi. Lider bu ishda mutaxasis (professional).
Kimki bu biznesni va ofisni qoidalariga amal qilmasa, u odam qo’llab quvatlanmaydi va e’tibordan chetta qolishi mumkin bo’ladi. Va bu qoidalarga amal qilishga hech kim majburlamaydi. Bularni hammasini har bir inson faqtgina o’zi, oilasi va o’zini komandasi uchun qiladi. Qoidalarsiz hechkim hech qachon ko’tarilmaydi va o’zidan keyin hech kimni o’rgata olmaydi.