Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Dorilarni saqlash va tarqatish



Download 6,09 Mb.
bet218/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Dorilarni saqlash va tarqatish


Dorilar saqlanadigan maxsus shkaflar bo‘lib ular tibbiyot hamshirasining postida turadi. Ular yaxshi qulflanishi va postdagi hamshiralar tomonidan nazorat qilinishi lozim. Dorilar shkafda guruhlar bo‘yicha (steril, ichki, tashqi dorilar) alohida javonlarda joylashtiriladi. Har bir javonda tegishli yozuv bo‘lishi kerak. Javonlardagi dorilarni ularning turiga qarab joylashtirish zarur. Orqa tomonga yirikroq idishlar, old tomonga maydaroqlari qo‘yiladi. Bu har bir etiketkani o‘qish va kerakli dorini tezroq topib olishga imkon beradi.

O‘tkir hidli dorilar (yodoform, lizol va boshqalar) va oson alangalanadigan moddalar (spirt, efir) alohida saqlanishi kerak. Bog‘lov materiali, shprislar va bemorlarga qarash uchun ishlatiladigan boshqa vositalar dorilardan alohida saqlanishi lozim. Dorilarning saqlanishi ko‘p sabablarga, shakliga (poroshoklar, tabletkalar, miksturalar), xona harorati va namligiga, yorug‘lik tushishiga, og‘zining qanday mahkamlanganligiga bog‘liq. Suyuq dorilar tezroq buziladi, shuning uchun ularni salqin joyda, yaxshisi sovutgichlarda saqlash lozim. Vaksinalar, zardoblar, antibiotiklar ham shu yerda saqlanadi. Spirtli va efirli eritmalarni saqlashda ular bug‘lanib, dori moddasi birmuncha quyuqlashib qolishi va dozasi oshib, organizmni zaharlashi mumkinligini unutmaslik kerak. Malham va turli xil yog‘lardan tayyorlangan dorilar birmuncha tez ayniydi, shu bois ular salqin joyda saqlanishi kerak. Yorug‘likda parchalanadigan moddalar (kumush nitrat, yod, brom) to‘q rangli shishalarda beriladi va qorong‘i joyda saqlanadi. Bo‘limda dorilarni 3–4 kun saqlash mumkin. Zaharli va kuchli ta’sir qiladigan dori moddalari alohida sharoitda saqlanishi lozim. Ularni saqlash uchun katta bo‘lmagan seyflar bo‘lib, ularning ichki devorida saqlanishi lozim bo‘lgan dorilar ro‘yxati osib qo‘yiladi. A shkafda zaharli moddalar (narkotiklar, strixnin, mishyak), B shkafda esa kuchli ta’sir qiladigan (kodein, adrenalin), uxlatadigan moddalar turadi. Zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilar sarfini hisoblash uchun 2 ta daftar bo‘ladi, bu daftarlar nomerlangan, ip o‘tkazilgan va shu davolash muassasasining so‘rg‘ich muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Zaharli va kuchli dorilar, shuningdek ularni hisoblash daftari ularning saqlanishiga kafil bo‘la oladigan sharoitlarda saqlanishi kerak.

Zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilarni noto‘g‘ri saqlagan va talon-taroj qilgan tibbiy xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Dorilar har bir bo‘limda turlicha

tarqatiladi. Buning 23u9chun uyachalarga bo‘lingan qutichalardan foydalanish ham

mumkin, ularning tubida bemorning ismi sharifi yozilgan va oldindan dori solib qo‘yilgan bo‘ladi. Hamshira dorilarni palatalarga shu tartibda tarqatadi. Ba’zan ko‘chma stolchalardan foydalaniladi, ularga hamma dorilar, suv solingan grafin, pilyula va tabletkalarni tarqatish uchun pinset, tomchi dorilar uchun toza pipetkalar va suyuq dorilar uchun toza menzurkalar qo‘yilgan bo‘ladi. Hamshira bu stolchani palataga kiritib, kerakli dorilarni oladi, bemor ularni shu joyning o‘zida ichadi. Dori berishdan oldin hamshira uni sinchiklab ko‘zdan kechirib, dozasining ko‘rsatmalarga muvofiqligini tekshiradi va hokazo. Dori-darmonli barcha shkaflar qulf-kalitli bo‘lishi, kaliti postdagi hamshirada saqlanishi lozim. Vaksinalar, zardoblar, antibiotiklar, suvli nastoykalar va damlamalarni maxsus ajratilgan sovutgichda– ma’lum haroratda saqlash zarur.



Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish