Kafedra: halq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya fan: vrach nazaroti tibbiy profilaktika fakulteti


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga



Download 2,15 Mb.
bet3/37
Sana29.03.2017
Hajmi2,15 Mb.
#5583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga

va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.

Talaba bilishi kerak.

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullarini;

-dispansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullarini;

-nafas va yurak-qon tomir sistemalarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalarini;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlariga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni;

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga qo‘yilgan sanitar gigienik talablarni;

-jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlarni.

Talaba malakalarga ega bo‘lishi kerak.

-mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini (061-u shakl) to‘ldirishni;

-asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblarini ;

-akademik guruhlarda va shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazishni;

-vrach nazorati xonasining jihozlanishini.

Talaba ko‘nikmalarni ortirishi kerak.

-organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini o‘zlashtirishi;

-mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishi;

-mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarning funksional holatlarini baholashi;

-yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlashi va baholashi.

-jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini sanitar gigienik baholashi.



1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi.

Vrach nazoratini o‘tkazishda va masalalarini hal qilishda vertikal integratsiya bo‘yicha odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, gorizontal integratsiya bo‘yicha mehnat va kommunal gigienasi, ovqatlanish va bolalar va o‘smirlar gigienasi, ichki kasaliklar propedevtikasi, terapiya va xirurgiya, doya-ginekologiya fanlarini bilishi lozim.



1.4.Talabalar bilishi kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar

minimumi

1.Shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini baholash va ulardagi nuqsonlarni aniqlab, korreksiyaga yo‘llanma berish.

2.Funksional sinamalar yordamida jismoniy yuklama berib, organizm sistemalarining funksional holatini baholash, jismoniy mashg‘ulotlarda shug‘ullanish uchun ruxsat berish.

3.Shug‘ullanuvchilar organizmining fiziologik holatini aniqlash va baholash, tibbiy guruhlarga ajratish va tibbiy xulosa berish.

4.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

5.Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vaqtida vrach-pedagogik nazoratni o‘tkazish.

6.Sport bazalari holatini, sport inshoatlari va sport inventarlar mosligini belgilangan normativlar bo‘yicha baholash.

7.Aholi o‘rtasida ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish.




1.5.Talabalar bilimining nazorati.

O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi : kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati har xil ko‘rinishda olib boriladi : og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki og‘zaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari bilan baholash. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.

Fan bo‘yicha reyting ballari joriy nazorat va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.

1.6.O‘quv texnologiyalaridan foydalanish

O‘qitish jarayonida darslik va qo‘llanmalardan, internetdan olingan yangi ma'lumotlardan, tarqatma materiallardan (sinamalarni o‘tkazish tartibi, jadvallar, krasvord, baholash usullari), o‘qitishning yangi texnologiya usullaridan (yumoloq stol atrofida, miyaga hujum, kichik guruhlar va h.z), o‘lchov va sinamalarni o‘tkazish uchun zaruriy asboblardan (antropometrik o‘lchov asboblari, veloergometr, tonometr, fonendoskop va boshqalar), videofilmlardan foydalaniladi.



2.Ma'ruza matnlarining mazmuni.

Ma'ruza 1. Vrach nazoratining vazifalari vamazmuni. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Jismoniy yuklamalar ta'sirida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar. 2 soat.

Vrach nazorati fanining vazifalari va ish mazmuni, sport tibbiyoti haqida tushuncha. Vrach nazorati xizmatini tashkil etish. Jismoniy mashqlarni qo‘llash yo‘nalishlari va maqsadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari va ularni o‘tkazishdan maqad. Tibbiy guruhlar va ularga saralash prinsiplari. Talabalarni jismoniy mashqlar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ldigan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar bilan tanishtirish.

2-ma'ruza. Vrach nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoat-larining saqlanishiga sanitar-gigienik talablar. Sportchilarning shaxsiy gigienasi. Sporchilar ovqatlanishiga gigienik talablar. 2 soat.

Talabalarga organizmning yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining fnuksional holatini baholovchi funksional sinamalar, berilayotgan jismoniy yuklamalarga organizmning javob reaksiya turlarini, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoatlarinng saqlanishiga, sportchilarning shaxsiy gigienasi, ovqatlanishiga sanitar-gigienik talablar bilan tanishtirish va uning ahamiyatini tushuntirish.


3-ma'ruza. Bemorlarning tibbiy va ijtimoiy tiklanishida shifobaxsh jismoniy tarbiya. 2 soat.

Odam organizmiga jismoniy mashqlarning asosiy ta'sir mexanizmlari, shifobaxsh jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari – vosita va shakl turlari, harakat tartibotlari va ularning vazifalari, turli kasalliklarni davolash maqsadida tuziladigan gimnastik mashqlar kompleksining prinsiplari tushuntiriladi.

Adabiyotlar : A.1,2,4.

Q.7,8,10,11



Integral ma'ruza. (Gorizontal integratsiya.) “Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoatlarining saqlanishiga sanitar-gigienik talablar. Sportchilarni shaxsiy gigienasi. Sporchilar ovqatlanishiga gigienik talablar”.

Kommunal va mehnpt gigiena, ovqatlanish va bolalar va o‘smirlar gigienasi kafedralari bilan.

3.Amaliy mashg‘ulotlar mavzusi

Amaliy mashg‘u-lot №

Mos keluchi

ma'ruza №



Soat

Mavzular nomi va ularning bo‘limlar bo‘yicha mazmuni

Adabiyotlar

1

2

3



4

5

6


7

8



9

10

11



12

13

14



15

16


1

2


1

1

2



2

2

2



2

2

2



3

4

4



4

1


2

2

2



2

2

2


2

2



2

2

2



2

2

2



2

2


Vrach nazoratining asosiy vazifalari. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifa-larini tibbiy tekshirish. Vrach nazorati kartasi (061/u shakl) bilan tanishtirish.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ul-lanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruh-lar haqida tushuncha berish. Sport va jis-moniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Vrach nazorati kartasi (061/u shakl) bilan tanish-tirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.



Sport inshoatlarining gigienasi. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish inshoatlarini saqlashga sanitar gigienik talablar (sport maydonlari, yopiq inshoatlari, suzish basseynlari). Sport inshoatlarining sanitar holati bo‘yicha xulosa.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ul-lanish sport inshoatlariga qo‘yilgan gigie-nik talablar bilan tanishtirish.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sport inshoatlarining sanitar holati bo‘yicha beriladigan xulosalar bilan tanishtirish.



Jismoniy rivojlanish haqida tushuncha. Jismoniy rivojlanganlikni antropo-metriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash. Tana tuzilish tiplari. Sport turiga saralash.

Jismoniy rivojlanganlikning antropo-metrik ko‘rsatkichlarini olish : spiromet-riya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Samotoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘onasi, qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kalipero-metriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘).



Jismoniy rivojlanganlikni baholash usullari (standart, indekslar, korrelya-siya, persentiliy). Antropometrik ko‘rinish. Jismoniy rivojlanganlik haqida xulosa.

Jismoniy rivojlanganlikni baholovchi indekslar, standart va korrelyasiya usul-lari haqida tushuncha. Olingan natijalar asosida jismoniy rivojlanganlikni indekslar usuli yordamida baholash.



Jismoniy tarbiya va sprot bilan shug‘ul-lanuvchilarning funksional holati haqida tushuncha. Vrach nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar. Yurak-qon tomir sistemasining funk-sional sinamalari (Martine, Letunov sinamalari).

Muntazam shug‘ullanish natijasida orga-nizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baho-lashda qo‘llaniladigan Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi. Martine sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir siste-masining funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.



Nafas (Genchi, Shtange, Rozental, Serkin) va vegetativ nerv (ortostatik, klinoortostatik) sistemalarining funksional sinamalari.

Nafas sistemasining funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Genchi, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tka-zilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholashda qo‘lla-niladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genchi va Serkin sinama-larini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.



Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash (spirometriya, pik-floumetriya va ma'lumotlar tahlili).

Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usul-lari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv na-fasni, kislorod hajmini aniqlash. Talaba-larga berilgan spirogrammalarni mustaqil baholash.



Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash. Garvard step-testi.

Organizmning ish bajarish qobiliyati va tiklanish jarayonlari haqida tushuncha. Garvard step-testining o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida Garvard step-testi indeksini aniqlash, olingan indeks orqali organizmning tiklanish jarayon-larini baholash. Talabalar bilan Garvard step-testini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.



PWC-170 submaksimal testi. Kislorod-ning maksimal iste'mol qilinishini aniqlash.

PWC-170 submaksimal testi haqida tushun-cha, o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida organizmning ish bajarish qobi-liyatini baholash. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlovchi bevosita va bilvosita usullari haqida tushuncha. Talabalar bilan PWC-170 submaksimal testini veloergometrda bajarish va olingan natijalarni baholash.



Vrach-pedagogik nazorat (VPN). Jismoniy mashg‘ulot zichligi. Fizio-logik egri chiziq haqida tushuncha. Hol-sizlanish (toliqish) va haddan tashqari shug‘ulanishni diagnostikasi.

Vrach-pedogogik nazoratining vazifalari, nazorat usullari, ya'ni o‘tkazilayotgan mashg‘ulot zichligi (xronometraj), fiziolo-gik egri chizig‘i va holsizlanish daraja-larini aniqlash bilan tanishtirish. Jis-moniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach-pedagogik nazoratining usullarini qo‘llash va olingan natijalarini baholash.



Jismoniy yuklamalar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport bilan shug‘ullanuv-chilarda ko‘p uchraydigan patologik holatlar. Sport jarohati profilak-tikasi.

Doimiy bajariladigan jismoniy yuklama-lar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar, jismoniy yuklama-lardan noratsional foydalanganda sport turlariga xos ravishda yuzaga keladigan patologik holatlar. Yuzaga keladigan patologik holatlar va jarohatlarning profilaktikasi.



Sport amaliyotida tiklanish vositala-rini kompleks qo‘llash (sport rejimi, sprortchilar ovqatlanishi, sportchini shaxsiy gigienasi). Sportchilarni medi-kamentoz taminlanishi. Doping haqida tushuncha.

Sport dunyosida keng tarqalgan va qo‘llani-ladigan doping turlari, sportchilarning rejimi, ovqatlanishi, shaxsiy gigienasi haqida tushuncha berish.



Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning umu-miy asoslari–vositalari, shakllari. ShJTning o‘ziga xos xususiyatlari va ta'sir mexanizmlari. Shifobaxsh jismoniy tarbiyada keng qo‘lla-niladigan vositalar va shakllarning turlari haqida tushuncha berish va ularning bemorlarni davolashdagi ahamiyatini tushuntirish.

Statsionarda va sanotoriylarda qo‘lla-niladigan ShJTning harakat tartibot-lari va vazifalari. Chiniqishning asosiy prinsiplari. ShJTning harakat tartiboti haqida tushun-cha berish, bemorlarni davolashda harakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlashga va vazifa-larini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish.

Massaj (organizmga ta'sir mexanizmi, texnika va metodikasi). Gigienik, profilaktik, davolovchi, kosmetik massaj. Massaj va uning turlari, ta'sir mexanizm-lari haqida tushuncha berish, bemorlarni davolashda ularning ahamiyatini tushuntirish.

Sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati. Jismo-niy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish-ga qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri. Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulla-nishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqi-da tushuncha berish. Talabalar tomonidan vrach nazorati (061/u shakl) kartasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish. Kartani topshirish.



A.1.2,3,4,5,7

Q.7,8,10,11

A.1,2,3,4,6,7

Q.78,89,11


A.1,2,3,4,6,7

Q.1,2,3,4,6,7,8,9,10

A.1,2,3,6,7

Q.1,2,3,4,6,7,8,9,10

A.1,2,3,4,6,7

Q.1,2,3,4,6,7,8,9,10

A.1,2,3,5,7

Q.1,2,3,4,7,

10

A.1,2,3,4,5,6,7



Q.1,2,3,4,7,

10

A.1,2,3,4,5,6,7



Q.2,4,7,10,11

A.1,2,4,7

Q.1,2,3,4,7

A.1,2,4,7

Q.1,2,3,4

A.1,2,3


Q.1,2,3,4.

A. 1,2,4,7

Q.1,2,3,4,7

A.1,2,4,7

Q.1,2,3,4,7
A.1,2,4,7

Q.1,2,3,4,7

A.1,2,3,4,5,6,7

Q.4,5,7,10,

A.1.2,3,4,5,7

Q.7,8,10,11





Mustaqil ish.

Mashg‘ulot №

Mos keluvchi ma'ruza

Mustaqil ishlar mavzusi va mazmuni

Ajratil-gan soat

Adabiyotlar ko‘rsatkichi

1

1

1.Tibbiyotning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati.

2.Sport musobaqalarini tibbiy ta'minlash.



1


A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


2

2

1.Sport inshoatlaridan foyda-lanishida gigienaning o‘rni.

2.Yopiq sport inshoatlarini saqlashda qo‘llaniladigan asosiy gigienik usullar.



1


A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


3

1,2,3

1.Inson hayotida jismoniy rivojlanganlikning ahamiyati.

2.Jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga asoslanib sport turlari bilan shug‘ullanishga saralash.



1



A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


4

1,2,3

1.Shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini baholashda qo‘llaniladigan klinik va paraklinik tekshiruv usullari.

1

.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



5

1,2,3

1.Jismoniy yuklama ta'sirida yurakda bo‘ladigan o‘zgarishlar. 2.Sport yuragining o‘lchamlarini aniqlash (telerentgenometriya, exokardiografiya) va baholash usullari.

1



A.1,2,3,4,6,7

Q.1,2,3,4,7,8,

9,10


6

1,2,3

1.Jismoniy yuklama ta'sirida o‘pkada bo‘ladigan o‘zgarishlari.

2.Aniqlash (rentgenografiya, pnev-motaxometriya) va baholash usullari.



1


A.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



7

1,2,3

Tashqi nafas olishning funksional xolatini aniqlashda qo‘llanila-digan zamonaviy usullar.

1

A.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



8

1,2,3

Sportchilarning rivojlanishida jismoniy ish qobiliyatini oshirish usullari.

1

A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


9

1,2,3

Sport bilan shug‘ullanishda orga-nizm ish bajarish qobiliyatining o‘ziga xosligi.

1

A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


10

1,2,3

1.Sport bilan shug‘ullanuvchilar ustidan shifokor pedagogik nazorat bosqichlari.

2.Haddan tashqari shug‘ullanish haqida tushuncha.



1


A.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



11

1,2,3

1.Sport jarohatlanishi haqida tushuncha, klassifikatsiyasi, sababi, mexanizmi.

1

A.1,2,4,5,6,7

Q.2,3,4,7,10



12

1,2,3

1.Sportchilarning ratsional ovqatlanishi haqida tushuncha.

2.Jismoniy ish qobiliyatini oshirishda va yuklamalardan keyin organizmning tiklanishida farmo-kologik vositalarni ahamiyati.



1



A.1,2,4,5,6,7

Q.2,3,4,7,10



13

4

1.ShJTning effektivligini baho-lash usullari.

2.Bemorlarni davolashda ShJTning ahamiyati.



1


A.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



14

1,2,3,4

Inson hayotida chiniqishning ahamiyati.

1

A.1,2,6,7

Q.1,2,6,8,10



15

1,2,3,4

Organizm funksional tikla-nishida massajning tutgan o‘rni.

1

A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10


16

1,2,3,4

1.Salomatlikni mustaxkamlashda jismoniy tarbiyaning o‘rni.

2.Organizmning sog‘lom rivojlani-shiga zararli omillarning ta'siri.



1


A.1,2,5,6,7

Q.1,3,10



5.O‘quv yuklamasining hajmi

Ish hajmi

O‘quv yuklamasining auditoriya mashg‘ulotlari turi bo‘yicha taqsimoti (soat)

Mustaqil

ish


Jami

Ma'ruzalar

Amaliy

mashg‘ulot






54

40

6

32

16


6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati

Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi.


Fan bo‘yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi:




Nazorat turi

Maksimal ball

Koeffitsient

O‘tish ball

1.

Joriy nazorat

50

0,5

27,5

2.

Yakuniy nazorat

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

Amaliy mashg‘ulotlarni baholash kriteriyasi bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni, mustaqil ishini bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish