4.Sog‘liqni saqlash tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash Budjetdan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, xususan aholi sog‘lig‘ini saqlash va uni yanada mustahkamlash uchun, ayniqsa davlat budjeti
mablag‘larining nechog‘lik zarur ekanligini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, sohani
samarali faoliyat olib borishida budjet xarajatlarini istiqbol rejalarini ishlab chiqish
yo‘nalishlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Davlat budjetidan amalga oshirilayotgan
ijtimoiy soha xarajatlarini rejalashtirish va prognozlashtirishda belgilangan aniq
tamoyillarga rioya etilishi maqsadga muvofiq holat. Sog‘liqni saqlash tizimini
moliyalashtirishda belgilangan me’yorlarga tayanib, ijtimoiy soha tarkibiy xarajatlarida soha ulushini ma’lum darajada amalga oshirib borish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining №414-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) Tartibi”ga muvofiq budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) xarajatlarning quyidagi guruhlarini bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida
shakllangan tartiblariga muvofiq, davlat sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini
rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me‘yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlarini (u yoki bu profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) aniqlash;
2. Muayyan muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;
3. Koykalar soni va tuzilishi(terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish hajmini rejalashtirish;
4. Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko’rsatkichlari( koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.
Davlat sog’liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko’rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi o’rinlarning o’rtacha yilliksoni (jami va o’rinlar profillari bo’yicha), bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni, o’rin-kunlar miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni, ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari soni bilan tavsiflanadi.
Alohida olingan tibbiyot muassasasining xarajatlari uning ―xarajatlar smetasi deb ataladigan moliyaviy rejasida quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
II. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
IV. Boshqa xarajatlar.
Smetalarni tuzishda xarajatlarning katta guruhini tashkil qiluvchi ish haqi xarajatlarini rejalashtirish alohida o’rin egallaydi. Ish haqi xarajatlarini rejalashtirishda Shtatlar jadvali asos bo’lib xizmat qiladi. Shtatlar jadvalini tuzish sogliqni saqlash muassasasi xodimlari sonini aniqlashdan boshlanadi. Xodimlar soni muassasaning turi va quvvatiga ko’ra tibbiyot muassasalari namunaviy shtatlari asosida aniqlanadi. Xodimlar soni aniqlangach, har bir ishlovchining mehnatiga haq to’lash yillik miqdoridan tashkil topgan muassasaning mehnat haqi fondi aniqlanadi.