BSH = (BNZ1*N1*K1+ BNZ2*N2*K2)*Kmsh+BNZ3 + BNZ4*N*Kto + +BNZ5*N3 + BNZ6*N4 + BNZ7*N5 Bunda:
BSh – maktab byudjeti;
BNZ1, BNZ2– sinf pog’onalari bo’yicha xarajatlarning bazaviy me‘yorlari;
N1, N2 – sinf pog’onalari bo’yicha o’quvchilarning o’rtacha yillik soni;
K1, K2–xorijiy tillar o’qituvchilari tarif stavkasiga har oylik ustamalarni o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan tuzatuvchi koeffitsient;
N – o’quvchilarning o’rtacha yillik soni;
Kmsh– maktab masshtabi koeffitsienti;
Kto– markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun tuzatish koeffitsienti;
BNZ3 – boshqaruv va yordamchi xodimlarni saqlash bo’yicha bazaviy me‘yor;
BNZ4 – 4-guruh xarajatlari bo’yicha bazaviy me‘yor;
BNZ5 – kam ta‘minlangan oilalar bolalari – kuni uzaytirilgan guruhlarga (KUG) qatnovchi
o‗quvchilar uchun bazaviy me‘yor;
N3 – kam ta‘minlangan oilalar bolalari – KUGga qatnovchi o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni;
BNZ6 – uyda ta‘lim oluvchilar uchun xarajatlarning bazaviy me‘yori;
N4 – uyda ta‘lim oluvchilarning o‗rtacha yillik soni;
BNZ7 – maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o‗quvchiga xarajatlarning bazaviy me‘yori;
N5 – maktab qoshidagi internatda yashovchi o‗quvchilarning o‗rtacha yillik soni.
Umumta‘lim maktablarida bir o’quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:
O’zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, pedagog xodimlar, boshqaruv va o’quv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag’batlantirish direktor jamg’armasi, yagona ijtimoiy to’lov;
asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog xodimlarning o’rniga ishlovchi pedagoglarga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar;
umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog’liq boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlarni to’lash, joriy ta‘mirlash, materiallar sotib olish va b.).
Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko‗zda tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
ko’mir sotib olish va tashib keltirish;
Ziyo-net ta‘lim tarmog’iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik abonentnik to’lovi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo’ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga muvofiq markaziy davriy nashrlarga obuna bo’lish xarajatlari;
o’quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va o’rnatish;
kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog’liq ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o’rnatish.
Yuqorida sanab o’tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro’yxatlar asosida har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko’ra, xalq ta‘limi hududiy va moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat asosida ajratiladi.