Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni ko’zda tutadi



Download 1,76 Mb.
bet10/73
Sana01.06.2022
Hajmi1,76 Mb.
#628311
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
Abdivohid Biomasala kitobi

Yog'lar almashinuvi. Yog'lar ham oqsillarga o'xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1 g yog' organizmda kislorod ta'sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yog'lar ikki xil bo'ladi: hayvon yog'lari va o'simlik moylari.
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida, asosan, energiya manbayi bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo'lib parchalanadi va hujayra-to'qimalarni, ayniqsa, muskullar faoliyati uchun zarur bo'lgan energiya bilan ta'minlaydi. 1 g uglevod kislorod ta'sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar, asosan, o'simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko'p bo'ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Suv odam organizmi barcha hujayra va to'qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Katta yoshdagi odamlar tanasining 50-60% ini suv tashkil qiladi, yoshlarning tanasidagi suv nisbati esa bundan ko'proq bo'ladi. Suv moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Agar odam mutlaqo ovqat iste'mol qilmasa, lekin suvni me'yorida iste'mol qilsa, u 40-45 kungacha (uning tana massasi 40% kamayguncha) yashashi mumkin. Aksincha, ovqat me'yorida bo'lib, suv iste'mol qilinmasa, tana massasi 20---22% kamaysa, odam bir haftaga yetar-yetmas halok bo'lishi mumkin.
Moddalar almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlaming to‘xtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o‘pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari hamda boshqa to‘qima
va organlaming ish bajarishini, yoshlarda esa, o‘sish va rivojlanishning normal o‘tishini ta’minlaydi.
Oziq moddalar parchalanisliidan hosil bo‘ladigan energiyaning uchdan ikki qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun, uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi.
Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya uch qismdan iborat:
1. Asosiy moddalar almashinuvini ta ’minlash uchun sarflanadigan energiya. Bu energiya ertalab — nahorda va kechasi odam qimirlamay yotgan vaqtda nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim organlari normal ishlab turish ini ta’minlash uchun sarflanadi. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng.
2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Iste’mol qilingan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichaklar, jigar, me’daosti bezi kabi organlaming ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi.
3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga, ko‘p yoki oz harakatlanishiga bog‘liq. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar ko‘p energiya sarflaydi.
Sog‘lom, katta yoshli odamda bir kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo‘lislii kerak. Organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘lsa, odam semiradi. Aksincha, iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bo‘lsa, odam tanasidagi yog‘ parchalanib, energiya hosil qiladi. Bunday jarayon bir necha kun, hafta davom etsa, odam ozadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, yoslilarda iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiyaga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Chunki, ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Odam organizmida sarflangan energiya miqdorini aniqlaslming bir necha usullari mavjud. Shulardan, asosan, ikkitasi, ya’ni vositasiz va vositali kalorimetriya usullari ko‘proq qo‘llaniladi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish