Sindikat - bu kartel bitimining turli-tumanligi bo’lib, tadbirkorlarning byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog’i yoki ishtirokchilardan bittasi orqa- li) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirok- chilari o’zlarining yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba’zida esa sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog’lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar .Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo’qoladi. Sindikat, qoidaga ko’ra, ommaviy talab tovarlari, xususan ko’mir, po’lat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish bilan shug’ullana- di. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo’ladi. Sindikat bitimining asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning sifati va navlari.
Trest - bu birlashmada har xil korxonalar, o’zlarining yuridik va xo’jalik mustaqilliklarini yo’kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. Trestda korxonalar xo’jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi. Bu shakl kombinasiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo’ysunadilar.
Konsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog’lanadilar. Birlashgan korxonalar aksiyadorlik jamiyati yoki o’rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo’lib qoladi. Konsern o’ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to’liq nazorat qiladi.
Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o’rtasidagi qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operasiyalari, investision loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Sanoat xoldinglari ishlab chikarish faoliyati bilan shug’ullanmaydilar. Ular o’zlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xo’jalik mastaqilligini saqlab qoladilar va o’z nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) o’z tarkibiga sanoat korxonalari, tadqiqot tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investision fondlar va sug’urta kompaniyalarini birlashtiradilar.
Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida, muhimroq qarorlar qabul qilishda markaz bo’ladi.
Bunday integrasiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
investision resurslarni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yo’nalishlarida jamlash;
ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish;
mamlakat korxonalari mahsulotlarining eksport salohiyati va raqobotbardishligini oshirish;
mamlakat sanoatida ilg’or tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish;
bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlarida rasional texnoligik va kooperasion aloqalarni shakllantirish.
Tadbirkorlar uyushmalari har xil o’lchamlar va mulkchilik shakl- laridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperasion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo’lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o’z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Virtual korporasiya- eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo’lib, vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o’zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog’idan iborat bo’ladi. Virtual korporasiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular “elektron” aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam beradi.
Xo’jalik tashkilotlari bo’lmagan yuridik shaxslar xo’jalik faoliyati bilan faqat o’zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta’minlash uchungina shug’ulanishlari mumkin. Ular xo’jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko’zga tutilgan boshqa jamg’armalar shaklida mavjud bo’ladilar.
Bunday yuridik shaxs bo’lgan institusional birliklarga hammadan avval korporasiyalar va kvazikorporasiyalar kiradilar. Korporasiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:
qonunga muvofiq boshqa institusional birliklardan mustaqil bo’lgan korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
mustaqil yuridik shaxs bo’ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (YaDR) da ro’yxatdan o’tkaziladi;
faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo’ladi;
xo’jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo’ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog’ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;
tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to’lagandan keyin qolgan ulushini olish huquqiga egalar;
rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
oraliq emas, balki yakuniy iste’molchi sifatida bo’ladi;
shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to’lash uchun qonun oldida javobgarlikka ega bo’ladi;
korporasiya tomonidan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi ish haqi sifatida bo’ladi.
Korporasiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporasiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko’pgina institusional birliklardan iborat bo’ladilar.
Konglomerat-korporasiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta’sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporasiyalar ajralib turadilar.
Notijorat muassasalar, (NTM)- bu iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini ko’zlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan subyektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
korporativ korxonalar, davlat boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga jamoaviy xizmat ko’rsatish;
aholining ma’lum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash.
NTM har xil institusional birliklar(korporativ korxonalar, DBI, tomonidan tashkil qilinishi mumkin.
NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar bo’ladilar.
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shug’ullanishlari mumkin:
a) bozor NTM –o’z xarajatlarini to’liq yoki qisman qoplaydilar. Ular bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar:
pulli universitetlar, kollejlar, kasalxonalar;
korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy-ta’qiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assosiasiyalari va boshqalar)
b) nobozor NTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga mo’ljalan-tirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish). Bunday NTM ga quyidagilar kiradi:
istemolchilar assosiasiyalari, uyushmalar, siyosiy partiyalar, rasio- nalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning shaxsiy a’zolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan shakllantiriladi ;
hayriya faoliyati bilan shug’ullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar, hayriya mablag’lari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;
hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |