Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “Uzbekvoice” oromgohini tashkil qilish to‘g‘risida nizom



Download 65,81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi65,81 Kb.
#896369
Bog'liq
UzbekVoicenizom



Yoshlar ishlari agentligi direktorining
2022-yil ___-noyabrdagi _________-son buyrug‘iga
2-ilova
Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “Uzbekvoice”
oromgohini tashkil qilish to‘g‘risida
NIZOM
1. 
Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom “UzbekVoice” marafoni doirasidagi “UzbekVoice 
oromgohi”ning (keyingi o‘rinlarda Oromgoh deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini 
belgilaydi:
1.2. Oromgohni yuqori saviyada o‘tkazish uchun O‘zbekiston Yoshlar ishlari 
agentligi etib belgilanadi.
1.3. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan, 18 yoshga to’lgan millati, 
dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat iy nazar barcha fuqarolar Oromgohda 
ʼ
ishtirok etish huquqiga ega.
1.4. Tashkiliy qo‘mita Oromgoh nizomiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
vakolatiga ega.
2. 
Oromgohning maqsad va vazifalari
2.1. Loyihaning maqsadi – ovozni aniqlash texnologiyasini o‘zbek tilida qilish. 
Nutqni tanishni rivojlantirish, o‘zbek tilini ommalashtirish va dasturiy 
mahsulotlarda qo‘llash, o'zbek tilidagi ovozli ma'lumotlarni yig'ish va tekshirish.
2.2. Oromgohni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
• O‘zbek tilida ovozli ma’lumotlar bazasini kengaytirish;
• O‘zbek tilida sifatli ovoz ma’lumotlarni yozuvchi volontyorlar sonini oshirish;
• Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini va qiziqishlarini oshirish.
3. 
Oromgohni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
3.1. Oromgohni tashkil etish va uni o‘tkazish vazifasi Yoshlar ishlari agentligi 
zimmasiga yuklatiladi.
Yoshlar ishlari agentligi:
• Oromgohni o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi;
• Oromgohning asosiy bosqichlari va tartib-qoidalari haqida ishtirokchilarni 
xabardor qiladi;
• Barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni yaratadi;
• Oromgohni o‘tkazish borasida oshkoralikni ta minlaydi;
ʼ
• Muddatidan oldin Oromgohga saralash natijalari haqida ma lumotlar 
ʼ
tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi;
• Oromgoh ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi;


• Mazkur Nizomga asoslangan holda Oromgohning o‘tkazilishini tashkil etadi.
3.2. Tashkiliy guruh quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
• Ovozli ma'lumotlarni yig'ish uchun yangi telegram bot yaratish;
• A'zolar uchun shaffof va adolatli ball berish;
• Oromgohni tashkil etishning har bir bosqichida ishtirok etish;
3.2. Saralash bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Oromgohda ishtirok etishni istovchilar https://t.me/UzbekVoiceBot yangi
telegram botda ro'yxatdan o'tadi;

Audio tinglash yoki matnlarni o'qish orqali telegram botida 50 ball 
to'playdi;

Uzbekvoice.ai/….. saytiga kirib va oromgohda qatnashish uchun ariza 
qoldiradi
– Eng ko'p ball to'plagan 150 nafar ishtirokchi lager ishtirokchisiga 
aylanadi
3.4. Tashkil etilishi:
– Oromgoh 7 kun davomida tashkil etiladi.
– Saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan 
qoplab beriladi (Viloyatdan keladigan ishtirokchilarning Toshkent shahriga kelish 
va qaytish harajatlari bundan mustasno)
4. 
Oromgohning moliyalashtirish manbalari
4.1. Oromgohni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar quyidagi manbalar 
hisobidan:
• Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining Yoshlarga oid davlat siyosatini 
qo llab-quvvatlash jamg armasi mablag lari;
ʻ
ʻ
ʻ
• Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan 
moliyalashtiriladi.
5. 
G'oliblarni tanlash mezoni:
5.1. Lagerdagi tadbir yakunida ballar hisoblab chiqiladi va onlayn va oflayn 
ishtirokchilar orasidan tinglagan 5 ta joy va ovoz bergan 5 ta joy tanlanadi. Jami 10
ta sovg'a o'ynaladi.
5.2. Ishtirokchilar uchun sovg'alar:
5.2.1. Eng ko'p ovoz to'plagan ishtirokchilarga sovg'alar:
● 1-o’rin – Noutbuk ASUS VivoBook X513E


● 2-o’rin – Samsung Galaxy Tab S6
● 3-o’rin – Samsung Galaxy A33 5G
● 4-o’rin – Smartwatch Huawei Fit
● 5-o’rin – Mohirdev kurslari
5.2.2. Tinglash paytida eng ko'p ball to'plagan ishtirokchilarga sovg'alar:
● 1-o’rin – Noutbuk ASUS VivoBook X513E
● 2-o’rin – Samsung Galaxy Tab S6
● 3-o’rin – Samsung Galaxy A33 5G
● 4-o’rin – Smartwatch Huawei Fit
● 5-o’rin – Mohirdev kurslari

Download 65,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish