4.4.Motivasiya
Motivasiya-o’zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo’qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo’rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar.
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, odamlar hamma vaqt ham ularga ko’proq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar, ya’ni motivasiya qilinayotgan harakatlarni pul mukofotlariga almashtirilishi bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondoshuvni asossizligini aniqlab berganlar va motivasiya ehtiyojlarning murakkab yig’indisining natijasi ekanligini ko’rsatganlar. Xodimlarni rag’batlantirish uchun rahbarga ularning ehtiyojlarini aniqlash zarur, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
Boshqaruvning motivasiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin:
iqtisodiy motivasiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi, qo’shimcha ish haqi va boshqalar;
ijtimoiy motivasiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k;
psixologik motivasiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlilik, keraksizlik va boshqalar;
hukmronlik motivasiya usullari- lavozimini oshirish, qo’shimcha vakolatlar berish va boshqalar;
ijtimoiy psixologik motivasiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k;
ma’naviy motivasiya usullari- shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid;
maqsadli usul;
ishlarni loyihalashtirish va qayta loyihalashtirish (boyitish) usuli;
xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul);
motivasiya va undovlarni o’rganish sabablari- eksperimental usullar, hulqni va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, o’rganish usullari (suhbat, so’rov, anketa to’ldirish) va boshqalar.
Motivasiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun uni quyidagi shartlikning ma’lum darajasidagi oltita birini orqasidan biri keluvchi bosqichlar ko’rinishida tasavvur qilish mumkin:
ehtiyojni vujudga kelishi;
ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yo’llarni qidirib topish;
harakatlarning maqsadlari (yo’nalishlari)ni belgilash;
kerakli harakatlarni amalga oshirish;
amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish;
ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish.
Motivasiya jarayoni hammadan avval motivasiyaning mazmuniy nazariyalarini tushuntirib beradi. Ularda odamlarni harakat qilishga undovchi, ayniqsa ishning hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiyojlar aniqlanadi. Motivasiyaning konsepsiyalarini ishlab chiqishda A.Maslou, F.Gersberg, D. Mak Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908-1970) nazariyasi bo’yicha ehtiyojni qat’iy iyerarxik tuzilma ko’rinishida joylashtirish mumkin (6-rasm). U pastki bosqichlardagi ehtiyojlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda oldinroq ta’sir qiladilar deb hisoblaydi. Har bir aniq paytda odam o’zi uchun muhimroq yoki kuchliroq bo’lgan ehtiyojni qanoatlantirishga harakat qiladi. Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qanoatlantirilgandan keyin odamning hulqidagi qudratliroq omil bo’ladi.
Fiziologik ehtiyojlar yashab qolish uchun zarur bo’ladilar. Ular o’z ichiga ovqat, suv, uy-joy, dam olishga ehtiyojni oladilar.
Tegishlilik va daxldorlikka ehtiyojlar o’z ichiga nimagadir yoki kimgadir tegishlilik hisini, ijtimoiy o’zaro hamkorlik, bog’liqlik va qo’llab quvvatlash hisini oladilar.
Xavfsizlik va himoyalanganlikka ehtiyojlar atrof-muhit tomonidan jismoniy va psixologik xavflardan ximoya qilinganlik va kelajakda fiziologik ehtiyojlar qanoatlantirilishiga ishonchni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |