4.5.Nazorat
Boshqaruvning jarayonining nazorat vazifasi qabul qilingan qarorlarning boshqaruv tizimining haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilaydi, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi. Shuning uchun ham 3.1. rasmda “nazorat”dan chiquvchi o’q “rejalashtirish” tomon ketadi.
Qoidaga ko’ra, nafaqat “miqdoriy” balki “sifat” ko’rsatkichlari ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
- nazorat obyektlari bo’yicha;
- ijrochilar bo’yicha;
- qabul qilinayotgan qaror bo’yicha;
- nazorat obyektidan bundan keyin foydalanish imkoniyati bo’yicha;
- munosabatlarning turi bo’yicha;
- ochiqliq alomati bo’yicha;
- qo’lami bo’yicha;
- o’tkazish uslibiyoti bo’yicha;
- axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo’yicha;
- undovchi ahamiyatining darajasi bo’yicha;
- bajariladigan operasiyalarning obyektlari bo’yicha (bir vazifali va ko’p vazifali);
- xarakteri bo’yicha (uzluksiz va davriy);
- nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo’yicha (yagona yoki bir o’lchamli, ko’p yoki ko’p o’lchamli);
- obyektlarni nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi bo’yicha;
-nazoratning tartibi bo’yicha;
- nazoratning vaqti bo’yicha;
- nazorat operasiyalarini boshqarilishining davriyligi bo’yicha;
- mexanizasiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo’yicha;
- obyektning yashash davrasi pallalari bo’yicha.
Nazoart yana dastlabki, joriy va xulosaviy bo’ladi. Birinchisi ishlarni haqiqiy boshlanishiga qadar o’tkaziladi, unda standartlar o’rnatiladi, yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarning ko’lami belgilanadi va.h.k. Xo’jalik jarayoni bosqichida amalga oshiriladigan nazorat joriy degan nomga ega. Uning vazifasi xo’jalik operasiyalari va ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishdagi kamchiliklarni operativ aniqlash va o’z vaqtida ularning oldini olishdir. Yakuniy nazorat ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda olingan natijalar ko’zda tutilganlar bilan solishtiriladi.
Nazoratni amalga oshirishda amal qilish kerak bo’lgan asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular:
- nazoratni strategik yo’naltirilganligi;
- nazoratni natijalarga yo’naltirilganligi;
- nazoratning o’z vaqtidaligi;
- nazoratning egiluvchanligi;
- nazoratning ochiqligi;
- nazoratning samaradorligi.
Hisobga olishga quyidagi talablar qo’yiladi:
ma’lumotlarning to’liqligi, ya’ni hisobni boshqaruv tizimining barcha elementlari bo’yicha olib borish;
dinamiklik, ko’rsatkichlarni dinamikada aks ettirish;
tizimiylik;
soddalik;
kompyuter texnikasi asosida avtomatlashtirilganlik;
iqtisodiylik;
vorislik.
Boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi ustidan muntazam va sifatli hisobga olish va nazoratni amalga oshirilishi uning yuqori samaradorligining muhim sharti bo’ladi.
Tashqi muhit bilan murakkab o’zaro munosabatlarga ega zamonaviy tashkilotlar boshqaruv jarayonida mavjud bo’lgan ko’rib chiqilgan umumiy vazifalardan farqliroq bir qator maxsus vazifalarni amalga oshiradilar: marketing, ishlab chiqarish, moliya, xodimlar, innovasiyalar va boshqalarni boshqarish. Bu vazifalarning har birini korxonani boshqarish bo’yicha ishning ma’lum turi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Bu ishning boshqaruvda mehnatni taqsimlash jarayonida ajralib chiqadigan, obyektiv xarakterga ega, nisbatan mustaqil uchastkalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |