X va Y nazariyasi?
D.Makgregorni tasdiqlashicha, “X nazariyasi” eskirgan, menejerlar “Y nazariyasi”ni o’zlariga qurol qilib olishlari kerak - “kishilik munosabatlar” o’zini oqlaydi.5
3.4.Mehnatni innovasion boshqarish
Ilg’or korporasiyalarda menejment, bu tavsiyalarni hisobga olgan va mehnatni qat’iy avtokratik boshqarishning salbiy oqibatlarini his qilgan holda, ish tartibini qayta qurmoqda va ijrochining o’zining mehnat faoliyati vaqtli chegaralarini belgilashdagi katta mustaqilligini ko’zda tutuvchi “qisqa ish haftasi”, “ilgari surilgan ish jadvali” va boshqa shakllari kabi yangiliklarni tadbiq etmoqda; menejerlar darajalangan tarif jadvallaridan uzoqlashmoqdalar va mukofotlashni ishning va umuman kompaniya faoliyatining yakuniy natijalariga bog’liqligini kuchaytirmoqdalar, “foydada ishtirok etish” shakllarini tadbiq etmoqdalar.
70-80 yillardagi iqtisodiy hayajonlar va undan keyin kelgan ishlab chiqarishning yangi texnologik usuliga o’tish mehnatni boshqaruvi evolyusiyasi jarayoniga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Bu sharoitlarda ishlab chiqarishni rivojlanishi mantiqi kun tartibiga mehnatni boshqarishni innavasion tamoyillarda chuqurroq qayta qurish haqidagi masalani qo’ygan. Firmalar texnologik va tashkiliy egiluvchanlikni keskin kuchaytirmasdan yetakchi o’rinlarni egallay olmaydilar. Ammo bandlikning an’anaviy tuzilmasi, mehnatni texnokratik tashkil qilish va rag’batlantirish doirasida bunday moslashgan ishlab chiqarishni bo’lishi mumkin emas. Menejmentning oldiga epchil, harakatchan, qarorlar qabul qilishga qodir, firmaning umumiy maqsadlariga erishishga jalb qilingan yuqori malakali ishchi kuchini jalb qilish kabi birinchi navbatdagi masala qo’yiladi.
Mehnatni innovasion boshqarish iqtisodiy o’sishning ilmiy-texnik turiga adekvatroq bo’ladi. Bu boshqaruv ishning yuqori unumdorligi va sifatini ta’minlash, xodimlarning ijodiy va tashkiliy faolligini oshirish, “inson resurslari”dan epchillik bilan va moslashtirilgan holda foydalanish, firma mehnatkashlarining zaruriy sodiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatni innovasion boshqarish malakali mehnat, yuqori sifatli ishchi kuchiga mo’ljallangan. Menejment mehnat resurslarining tabaqalashtirilgan siysatini o’tkazadi. Korporasiyalarda doimiy yuqori malakali xodimlarning “o’zagi” va “chetki qism” – shaxsiy shartnomalar bo’yicha, vaqtinchalik, qisman bandlik tamoyillarida ishlovchilar ajratiladilar. Qoidaga ko’ra, firmalarlarning o’zlari xodimlarni tanlash malakasini oshirishni amalga oshiradilar, novatorlarni ajratadilar va ilgari suradilar. Menejerlar zamonaviy xodimlarning ijodiy mehnatga, ilgari surilgan g’oyalarni amalga oshirishga, adekvat mukofatlanish va tan olinishga intilishlarini hisobga oladilar. Ijrochilarni xo’jalik qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdagi ishtiroklarini kegayishi, xodimlar va ishchi guruhlarini o’zini o’zi boshqarishi mehnatni tashkil qilish va boshqarishning muhim jihati bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |