132
quyidagicha taqsimlanadi:
tashkilotchilik vazifalarini tashkilotchi bajaradi;
muvofiqlashtiruvchi vazifalarniтп sindikatsiya
kitobini yurgizuvchi
bank;
hujjatli vazifani - hujjatlar bo‘yicha agent;
hisob-kitob vazifalarini – kredit agenti (hisob banki yoki shunchaki
agent);
kreditlashda ishtirok etuvchi banklar qarzga oluvchini jamg‘armalashda
qatnashadi, ya’ni pulli
ishtirok vazifalarini bajaradi;
ta’minlash nazorati vazifasini ta’minlash bo‘yicha agent bajaradi.
Tashkilotchi bankning tanlovi har bir sindikatli kredit tarixida muhim jihat
sanaladi. Birinchidan, bu sindikatlashning
muvaffaqiyatini belgilaydi,
ikkinchidan, bu davrda bitimning asosiy parametrlari muvofiqlashtiriladi. Eng
odatiy ta’sir bu eng past foiz stavkasidagi taklifni tanlash. Tashkilotchining
sindikatlash borasidagi xizmat ro‘yxati kerak bo‘ladi. Hatto eng obro‘li banklar
ham har doim ushbu sohada ixtisoslashtirilgan
yoki yetarli darajada keng
tajribaga ega emaslar. Va nihoyat, tajribali banklar
ham kadrlarini tez-tez
yangilab turishadi va aynan kimning qarz oluvchi bilan shaxsan ish olib borishi
va pulni izlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat va savdo kompaniyalarining
qarzga oluvchilari uchun tashkilotchining ma’lum bir sohani moliyalash-
tirishdagi tajribasi muhim ahamiyatga ega.
Sindikatlashning vazifasi avval e’lon qilingan summani ta’minlash va,
odatda, hatto undan birozgina oshib ketish (masalan, 20 emas 25 mln., 50 emas
75 mln) uchun ko‘pincha biroz ortiqchasi bilan
sindikat ishtirokchilarning
yetarli miqdorini to‘plash. Kamroq summani e’lon qilish uslubini faqat uni
yig‘ish oson bo‘lganligi bilan oqlash mumkin. E’lon
qilingan summaning
yig‘ilmasligi bu qarzga oluvchi va tashkilotchining obro‘siga dog‘ tushiradi.
Bundan tashqari, birinchi kichik so‘rov bozorning juda ham ilib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Sindikatlash – tashkilotchining faoliyat tarmog‘idir.
Lekin moliyaviy
maslahatchi, yoki konsultant jarayonni qattiq nazorat qilib va uni boshqarib
boradi. Chunki vaqti va puli eng yaxshi uslubda ishlatilishi kerak bo‘lgan hamda
tashkilotchining ishi uchun sindikatsiyalash bo‘yicha to‘laydigan qarzga oluvchi
aynan uning mijozidir.
Sindikatsiyalash jarayoni bitim bo‘yicha axborot miateriallarini, banklarga
taklifnomalarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Asosiy ishtirokchilar bilan hamma
narsani oydinlashtirib olgach, kredit bitimini me’yoriga yetkazish va hujjatlarni
tayyorlash bilan shug‘ullanishadi.