K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


-chizma.  Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
 
4.1.1-chizma.
 Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash
18
 
Investitsiya loyihasining moliyaviy asoslanganlik bahosi pul oqimlari 
to‘g‘risdagi hisobotga asosan hisoblanadi (4-shakl). Bu esa korxonaning 
mablag‘lari holati to‘g‘risida aniq ma’lumot olishni, shu bilan birga, bu 
mablag‘larning investitsiya loyihasiga yetarliligini ko‘rsatib beradi. 
Korxona pul oqimlari, asosan, quyidagilardan tashkil topadi: 
- operatsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 050-qator); 
- investitsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 100-qator); 
- moliyaviy faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 180-qator); 
Pul mablag‘lari bo‘yicha salbiy saldo chiqqanda, qo‘shimcha o‘z mablag‘lari 
yoki qarz mablag‘larini jalb etishni taqozo etadi va bu mablag‘lar investitsiya
loyihasini moliyaviy baholash hisob-kitobida aks ettirilishi kerak. 
Loyihaning maqsadi, shartlari va variantlarini tanlab olishga ko‘ra moliyaviy 
baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi), investitsion loyihalash 
18
Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultonov M. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning 
monitoringi: O`quv qo`llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2006. 
Diskontlangan 
qoplanish 
muddatini 
aniqlash 
Investitsiyalar 
rentabelligini 
aniqlash 
Investitsiya loyihasining samaradorligini baholash usuli 
Moliyaviy
baholash
Iqtisodiy
baholash
Moliyaviy 
natijalar 
to`g`ri-
sidagi
hisobot
(2-shakl) 
Moliyaviy baholanishning 
koeffitsiyentlari 
Foydaning oddiy 
buxgalter 
normasini aniqlash 
Pul 
mablag`-
lari haraka-
tining 
hisoboti
(4-shakl) 
Buxgalte-
riya 
balansi 
(1-shakl) 
Oddiy 
(statistik) 
usullar 
Diskontlashga 
asoslangan 
usullar 
Qoplanish 
muddatini 
aniqlash 
Sof diskont-
langan daromad
(Sof joriy qiymat) 
Daromadli- 
likning ichki
me`yori 


65
jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish mumkin (masalan, 1- va 2-
shakl ma’lumotlari).
Amaliyotda 
esa 
ko‘pgina 
korxonalar 
pul 
oqimlari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni unchalik aks ettirmaydilar. Bu esa korxonaning pul mablag‘lari, 
qaysi faoliyat evaziga kelayotganligini tahlil etishga imkon bermaydi. Natija esa 
korxonani moliyaviy baholashni qiyinlashtiradi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli – loyihani 
iqtisodiy baholash hisoblanadi. 
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini 
baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni shartli ravishda 
ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 

oddiy (yoki statistik) baholash usullari; 

diskontlashga asoslangan baholash usullari. 
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: 

investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP); 

investitsiya samaradorligi koeffitsiyenti (Accounting Rate of Return, 
ARR).
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: 

sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV); 

foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR); 

investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI); 

diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback 
Period, DPP). 
Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koeffitsiyentining 
(ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investments, ROI) 
koeffitsiyentidan foydalaniladi. Lekin bu ikki koeffitsiyentni hisoblash algoritmi 
bir xildir.
Ushbu usulning asosiy afzalliklari koeffitsiyentlarni aniqlashda bajariladigan 
hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir. 
Bu guruh koeffitsiyentlarning kamchiliklari shundan iboratki, birinchidan, 
bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi. 
Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib
foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya 
kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi. 
Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koeffitsiyentini (PP) 
hisoblashda, albatta, amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur. 


66
Uchinchidan, bu koeffitsiyentlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir 
tomonlama baholashni beradi, ya’ni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga 
asoslangan bo‘ladi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish