Masalalar
1.
Investitsiya loyihasi uchun 180,0 mln so‘m miqdorida investitsiyalash
ko‘zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul
tushumlari miqdori yillar bo‘yicha quyidagicha: birinchi yilda – 40,0 mln so‘m,
ikkinchi yilda – 42,5 mln so‘m, uchinchi yilda – 47,5 mln so‘m, to‘rtinchi yilda
– 55,0 mln so‘m va beshinchi yilda 65,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda
qoplanish muddati necha yilga teng ekanligini aniqlang?
Yechish:
Bunda uch yillik pul tushumlari yig‘indisi boshlang‘ich
investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni 130,0 mln so‘mni tashkil etadi. To‘rt yil
bo‘yicha katta (185,0 mln so‘m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning
aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to‘rtinchi yilgi faoliyatiga
bog‘liqligini ko‘ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (130,0 mln so‘m)
boshlang‘ich investitsiyalardan (180,0 mln so‘m) farqi 50,0 mln so‘mni tashkil
77
etishini hisobga olsak (180,0 – 130,0), ushbu qoldiq summaning to‘rtinchi yilda
olingan daromadlarga nisbati uning qoplanish muddatini ko‘rsatadi, ya’ni
50,0/55,0=0,909 koeffitsiyentni, yil hisobida esa 11 oy 2 kunni tashkil etishini
hosil qilamiz. Demak investitsiya miqdorining qoplanish muddati umumiy
hisobda 3 yil 11 oy 2 kunni tashkil etadi. Shunday qilib, investitsiya loyihasining
qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar
qilingan xarajatlarning qoplash vaqti hisoblanadi.
2.
Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so‘m xarajat qilingan,
loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo‘yicha
quyidagicha: birinchi yil – 24,0 mln so‘m, ikkinchi yil – 12,0 mln so‘m,
uchinchi yil – 16,0 mln so‘m, to‘rtinchi yil – 18,0 mln so‘m va beshinchi yil –
20,0 mln so‘m tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday
hisoblanadi?
3.
Biror–bir investitsiya loyihasi uchun 150,0 million so‘m investitsiya
qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 20,0; 40,0; 60,0 va
80,0 mln. so‘mni tashkil etdi. O‘zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi –
13%. Investitsiyaning sof joriy qiymatini toping.
4.
Korxona mehmonxona qurilishi uchun 60,0 mln.so‘m investitsiya qildi
(mablag‘ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik pul
tushumlari 30,0; 40,0; 60,0 va 80,0 mln so‘mni tashkil etadi. Doimiy diskont
stavkasi 9%. U holda investitsiyaning diskontlangan qoplash muddatini
hisoblang.
5.
Agar siz bankdagi maxsus hisob raqamingizga har yili yilning yakunida
12,0 mln so‘mdan depozit bo‘yicha yillik 18% stavkasida 5 yil davomida pul
joylashtirsangiz, besh yildan so‘ng siz qanday summaga ega bo‘lasiz?
6.
Siz avtomobil parkidan yuk avtomobillarini sotib olish uchun 18,0 mln
so‘m mablag‘ investitsiyalashga qaror qildingiz. Loyihaning hayotiylik davri
avtomobillarning ishlatilish davridan kelib chiqqan holda 6 yilga teng. Yuk
mashinalaridan foydalanish natijasida kutilayotgan yillik tushumlar 3,1 mln
so‘mga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning rentabellik darajasi qanday
miqdorni tashkil etadi?
7.
Faraz qilaylik, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 180,0 mln
so‘m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha
35,0; 50,0; 65,0 va 55,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda diskontlash stavkasini
quyidagi ikki hol bilan belgilab olamiz:
1.
O‘zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi – k = 12%.
2.
O‘zgaruvchan sharoitda yillar bo‘yicha diskont stavkasi: 10%; 12%;
14%.
Sof joriy qiymatni toping.
78
8.
Diskont stavkasi 14 % bo‘lganda, quyida berilgan 3 ta loyihadan eng
samaralisini tanlang. Bunda sof joriy qiymat (NPV), investitsiyalar rentabelligi
(PI) va foyda ichki me’yori (IRR)ni hisoblash orqali taqqoslang:
Do'stlaringiz bilan baham: |