K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet35/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

NPV




t 1
CFt
(1  d )t
I 0  0

Agar investitsiya loyihasi bir necha yillar davomida moliyaviy resurslarning ketma-ket moliyalanishini talab etsa, unda (IRR)ni quyidagi formulada ifodalash mumkin:





t  1
CFt
(1  d ) t




t  1
I t ,
(1  d ) t

Bu yerda d miqdorini topish lozim bo‘ladi. Topilgan miqdor foydaning ichki me’yori deb nomlanadi. Bu me’yor sof joriy qiymat nolga teng bo‘lib, investitsiya loyihasining samaradorligini baholashda IRR miqdori qo‘llanilganida, firmaning boyligi o‘sishining ta’minlamasligini va uning kamayishiga ham yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatadi.
IRR loyihadan kutilayotgan daromadlilikni ko‘rsatadi va qilinishi mumkin bo‘lgan maksimal xarajatlar chegarasini belgilab beradi, ya’ni IRR olinayotgan kredit bo‘yicha bank foiz stavkasining yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ayni shu foiz chegarasidan yuqori miqdorga ega bo‘linganda loyiha daromad keltiradi.
Shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, investorning o‘zi investitsiya loyihasini moliyalash uchun biror subyektdan muayyan foiz ostida kredit olishi mumkin. Bu paytda loyihadan kutiladigan natija kredit uchun foizdan, albatta yuqori bo‘lishi lozim yoki investor o‘zining maqsad qilgan foydasini olish darajasini ham bilishi kerak. Mana shu holatlar, ya’ni kredit uchun foiz yoki foyda olish darajasi, odatda, barerli (to‘siqli) koeffitsiyent (hurdle rate) (HR) deb ham nomlanadi. Bu ko‘rsatkich foydaning ichki me’yori bilan solishtiriladi (taqqoslanadi).
IRR va HR larni taqqoslash natijasida ular orasida quyidagi bog‘liq hosil bo‘ladi:

    • agar IRR>HR, loyiha samarali hisoblanadi va u foydalanish uchun qabul qilinadi;

    • agar IRR

    • agar IRR=HR, ixtiyoriy yechimni qabul qilish mumkin, ya’ni loyihani amalga oshirishdan zarar ham, foyda ham ko‘rilmaydi.

Ushbu ko‘rsatkich yordamida:

    • investitsiya summalari teng bo‘lgan;

    • davomiyligi bir xil bo‘lgan;

    • risk darajasi teng bo‘lgan;

    • pul tushumlarining shakllanish sxemasi bir xil bo‘lgan hollarda loyihalarni foydalik darajasi bo‘yicha taqqoslash to‘g‘ri yechim qabul qilishni yengillashtiradi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, loyiha shunchalik samarali deb topiladi.

Foydaning ichki me’yorini boshqacha ko‘rinishda, ya’ni interpolyatsiya usuli orqali ham ifodalash mumkin:


1
IRR d
NPV1
 (d
d ),

(NPV1

  • NPV2 )

1
(4.2.6)


2
bu yerda, NPV1 – d1 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning ijobiy miqdori; NPV2 – d2 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning salbiy miqdori.
Foydaning ichki me’yorini aniqlashda d1 va d2 ko‘rsatkichlar miqdori asosiy o‘rinni egallaydi. Ularning ta’siri natijasida sof joriy qiymatning o‘zgarishini va buning oqibatida esa foydaning ichki me’yori ham o‘zgarishini kuzatish mumkin. Shunga ko‘ra:
d1 – bu NPVning ijobiy qiymatinini minimallashtiruvchi foiz stavkasi;
d2 – bu NPVning salbiy qiymatini maksimallashtiruvchi foiz stavkasi hisoblanadi.
Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (PI) - diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya xarajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o‘sishi mumkinligini ko‘rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:
𝑛

𝑃𝐼 = [∑ 𝐶𝐹𝑡
(1 + 𝑑)𝑡
] /𝐼0;

𝑡=1
(4.2.7)

bu yerda: I0 - boshlang‘ich investitsiyalar, - t davrda olingan pul tushumlari.

Investitsiya rentabelligi ko‘rsatkichi firma (yoki investor) mablag‘lari 1 so‘m hisobida qanday hollarda o‘sishini aniqlash imkonini beradi.
Agar investitsiya sarflari turli davrlarda (uzoq) amalga oshirilsa, PI ni aniqlash formulasi quyidagicha bo‘ladi:
n CFt   n It


PI (1  d )t / (1  d )t ,

t 1
  t 1
(4.2.8)

bu yerda: It – t yildagi investitsiyalar.
Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslama baholash shuni ko‘rsatadiki, sof joriy qiymati o‘sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o‘sadi va, aksincha.
Agar rentabellik ko‘rsatkichi “1”ga teng yoki undan kichik bo‘lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo‘shimcha foyda keltirmaydi.
NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha “1”ga teng bo‘ladi.
Oddiy bo‘lib ko‘rinishiga qaramasdan, loyihalarning rentabelligini aniqlash muammosi muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Bu hol, ayniqsa, investitsiyalar turli xil valyuta, turli xil vaqtda, ya’ni bir qancha yillar oralig‘ida amalga oshirilganda uni aniqlash muammosi paydo bo‘ladi.
Investitsiyalarning rentabellik ko‘rsatkichi avvallari qo‘llanilgan kapital qo‘yilmalarning samaradorligi koeffitsiyentidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi.
Invetitsiyalar rentabelligi ko‘rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun, shuningdek, loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham qo‘llaniladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida ko‘rib o‘tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi, uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi.
Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarning qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bo‘lish orqali amalga oshiriladi.
U quyidagi formula orqali aniqlanadi:

DPP
I0
DCF ()
; (4.2.9)

bu yerda, I0 – boshlang‘ich investitsiyalar; DCF(Σ) – diskontlashtirilgan yillik pul tushumlari.

Xulosa


    1. Investitsiya loyihalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi. Shunday qilib, investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo‘yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi.

    2. Moliyaviy baholash - investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidliligini tahlil qilishda ishlatiladi. Moliyaviy baholash loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash - investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolish va ularning o‘sishi sur’atining yetarli darajasini yaratib berish ko‘rsatkichlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Moliyaviy baholash korxonaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, buxgalteriya balansi, pul mablag‘lari harakatining hisoboti ma’lumotlari asosidagi moliyaviy koeffitsiyentlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Iqtisodiy baholashda oddiy statistik usullar va diskontlashga asoslangan usullardan foydalaniladi. Diskontlashga asoslangan usullar yordamida sof diskontlangan daromad (sof joriy qiymat), daromadlilikning ichki me’yori, investitsiyalar rentabelligi, diskontlangan qoplanish muddatini aniqlash mumkin.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish