Ma’ruza № ko‘p tartibli modulyatsiyalar turlari reja



Download 229,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi229,67 Kb.
#592758
  1   2
Bog'liq
Ma'ruza № 6 - ST fani uzb (3-kurs-2021-2022)



MA’RUZA № 6. KO‘P TARTIBLI MODULYATSIYALAR TURLARI 
Reja: 
1. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK); 
2. Yulduz turkumli diagramma; 
3. Kvadraturali amplitudaviy modulyatsiyalash (QAM). 
Kvadraturali fazaviy manipulyatsiya (QPSK - Quadrature Phase Shift 
Keying).
BPSK oddiyligi loyihachilarni har bir signal elementida 2 bitdan 
ishlatishga majbur qilgan edi. Shu sababli bod uzatish tezligi pasayadi va natijada 
kerakli o‘tkazish polosasi kamayadi. Sxema o‘zida 
kvadraturali PSK
yoki 
QPSK
ni aks etadi, sababi u ikkita alohida BPSK modulyatsiyani ishlatadi. Bittasi sinfazli 
va boshqasi kvadraturali (nosinfazli) hisoblanadi. Kiruvchi bitlar avvalo ketma-
ketli o‘zgartirishdan parallel o‘zgartirishga o‘tadi. Bunda 1 bit bir modulyatorga 
uzatiladi va navbatdagi bit boshqa modulyatorga uzatiladi. Agar kiruvchi 
signaldagi har bir bit davomiyligi 
T
bo‘lsa, mos BPSK signaliga uzatiluvchi har bir 
bit davomiyligi 
2
T
ga teng bo‘ladi. Bu esa BPSK signali boshlang‘ich signal 
chastotasining yarmiga ega ekanligini bildiradi. 6.1-rasmda g‘oya ko‘rsatilgan. 
Ikki tashkil etuvchi signal har bir ko‘paytirgich tomonidan 
generatsiyalanadi, lekin fazalar har xil. Ular qo‘shilgan vaqtda natija bo‘lib yana 
bir sinusoidal to‘lqin hisoblanadi. Uning fazasi to‘rtta bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
45°, -45°, 135° va -135° fazalardan biri bo‘ladi. Chiquvchi signalda signal 
elementining 4ta turi (L=4) mavjud. Shuning uchun biz bitta signal elementiga 2 
bit (r=2) uzatishimiz mumkin. 
6.1-rasm. QPSK va uning amalga oshirilishi. 


Yulduz turkumli diagramma.
Yulduz turkumli diagramma
bizga, ayniqsa 
ikki tashuvchi signal (bitta sinfaz va bitta kvadraturali) ishlatganimizda signal 
elementi ampitudasi va fazasini aniqlashda yordam berishi mumkin. Bu 
diagramma ko‘p sathli ASK, PSK yoki QAM bilan ish ko‘rganda juda qulay 
hisoblanadi. Yulduz turkumli diagrammada signal elementi turi nuqta kabi taqdim 
qilinadi. Uning yonida ko‘pincha u olib o‘tishi mumkin bo‘lgan bit yoki bitlar 
kombinatsiyasi yoziladi. 
Diagramma ikki o‘qga ega. Gorizontal X o‘qi sinfaz tashuvchi bilan bog‘liq 
bo‘lsa, vertikal Y o‘qi kvadraturali tashuvchi bilan bog‘liq. Diagrammaning har bir 
nuqtasi uchun to‘rtta axborot qismini chiqarish mumkin. X o‘qidagi nuqta 
proektsiyasi sinfaz tashkil etuvchi amplituda cho‘qqisini aniqlaydi. Y o‘qiga nuqta 
proektsiyasi kvadraturali tashkil etuvchi amplituda cho‘qqisini aniqlaydi. Nuqtani 
boshi bilan bog‘lovchi liniya (vektor) uzunligi signal elementi (X va Y 
komponentalari kombinatsiyasi) amplituda cho‘qqisini taqdim etadi. X o‘qi bilan 
liniya hosil qiladigan burchak signal elementi fazasi hisoblanadi. Barcha kerakli 
axborot yulduz turkumli diagrammada oson topilishi mumkin. 6.2-rasmda yulduz 
turkumli diagramma ko‘rsatilgan. 
6.2-rasm. Yulduz turkumli diagramma tushunchasi. 
6.3-rasmda 3ta yulduz turkumli diagrammalar ko‘rsatilgan. Har bir holatni 
alohida ko‘rib chiqamiz: 
- ASK uchun biz faqat sinfaz tashuvchini ishlatamiz. Shuning uchun, ikki 
nuqta X o‘qida bo‘lishi kerak. Ikkilik 0 amplitudasi 0 V va ikkilik 1 amplitudasi 1 
V (misol uchun). Nuqtalar o‘q boshida va 1 birlikda joylashgan. 
- BPSK ham shunday sinfaz tashuvchini ishlatadi. Lekin, modulyatsiya 
uchun biz polyar NRZ signalni ishlatamiz. U ikki turdagi signal elementini hosil 
qiladi: bittasi 1 amplituda bilan, ikkinchisi -1 amplituda bilan. Boshqacha 


aytganda, BPSK ikki har xil signal elementini hosil qiladi: bittasi faza bo‘yicha 1 
V amplituda bilan, boshqasi esa fazadan 180° tashqarida 1 V amplituda bilan. 
- QPSK ikki tashuvchini ishlatadi, bittasi sinfaz va boshqasi kvadraturali. 
11ni ifodalovchi nuqta 1 V amplituda kabi ikkita kombinatsiyalangan signal 
elementlaridan tashkil topgan. Bitta element sinfaz tashuvchi va boshqasi 
kvadraturali tashuvchi bilan taqdim qilingan. 2-bitli ma’lumotlar elementi uchun 
uzatilgan oxirgi signal elementi amplitudasi 2
1/2
ga teng va fazasi 45°. Ushbu 
argument boshqa 3ta punkt uchun bir xil. Barcha signal elementlari 2
1/2
amplitudaga ega, lekin ularning fazalari farq qiladi (45°, 135°, -135° va -45°). 
Albatta, biz yakuniy amplitudalarni 1 V qilish uchun tashuvchi amplitudasini 
1/(2
1/2
) deb tanlab olishimiz mumkin edi. 
6.3-rasm. 3ta yulduz turkumli diagrammalar. 

Download 229,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish