Bobga oid tayanch so‘z va iboralar
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullari, diskontlash, foydaning ichki me’yori, investitsiyalarning rentabelligi, investitsiyalarning qoplash muddati, moliyaviy baholash, iqtisodiy baholash, sof joriy qiymat.
Nazorat uchun savollar
Investitsiya loyihalarini baholashning qanday me’zonlarini bilasiz?
Investitsiya loyihasini moliyaviy baholash deganda nimani tushunasiz?
Iqtisodiy baholash nima va uning qanday guruhlarini bilasiz?
Investitsiyalarni qoplash muddati deganda nimani tushunasiz va u qanday aniqlanadi?
Investitsiyalarning samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari haqida nimani bilasiz?
Investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik tushum nimalarga bog‘liq?
Investitsiyalarning rentabelligi usulining ahamiyati nimada va u qanday
formula orqali hisoblanadi?
Sof joriy qiymat qanday hisoblanadi va uning o‘zgarishi qanday miqdorga bog‘liq?
“YUNIDO” tshkilotining asosiy vazifasi nima?
Korxona pul oqimi xarakteristikasi.
Keltirilgan (joriy) qiymatni aniqlash bu -
O‘stirish.
Diskontlashtirish.
Kreditlashtirish.
Investitsiyalash.
Sof aylanma kapital nima?
Xomashyo zaxiralar.
Joriy aktivlar.
Joriy aktivlardan qisqa muddatli majburiyatlarning ayirmasi.
Joriy aktivlar bilan qisqa muddatli majburiyatlar yig‘indisi.
Diskontlashtirish nima degani?
Nominal summani aniqlash.
Daromadlilik stavkasiga muvofiq muayyan muddatga keltirilgan nominal summani aniqlash.
Muayyan vaqtdan so‘ng nominal qiymatni aniqlash;
Maksimum foydani aniqlash.
Investitsiyalar samaradorligini baholashning diskontlashtirish konsep- siyasiga asoslangan usullarini ko‘rsatib bering?
PP - qoplash muddati.
PI – rentabellik indeksi; IRR - foydaning ichki me’yori.
NVP - sof joriy qiymat, PI - rentabellik indeksi, IRR - foydaning ichki me’yori.
IRR - foydaning ichki me’yori, PP - qoplash muddati.
Korxonalarning faoliyat turlari to‘gri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.
Investitsiya faoliyati; moliyaviy faoliyati; operatsion faoliyat.
Investitsiya faoliyati; moliyaviy faoliyati; qo‘shimcha faoliyat.
Moliyaviy faoliyati; qo‘shimcha faoliyat; operatsion faoliyat.
Operatsion faoliyat; qo‘shimcha faoliyat; investitsiya faoliyati.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash formulasini ko‘rsating.
A) 𝑃𝑃 = 𝐼0 .
𝐶𝐹𝑡
B) 𝑃𝑃 = 𝑁0 .
𝐶𝐹𝑡
D) 𝑃𝑃 = 𝑆𝑡 − (𝐼 − 𝐴) − 𝑇ƒ − 𝑇𝑠.
E) 𝑃𝑃 = 𝑆𝑡 − (X − 𝐴) − 𝑇ƒ − 𝑇𝑠.
Investitsiyalarning samaradorligini baholashning oddiy usullari berilgan qatorni toping.
PP, ARR, NPV.
PP, ARR, ROI.
PI, ARR, DPP.
NPV, IRR, PI.
Investitsiya loyihasi uchun 110 mln so‘m sarflandi. 4 yilda 70 mln so‘m sof foyda olnishi kutilmoqda. ROI ni toping?
A) 16,1%.
B) 15,9%.
D) 17,2%.
E) 14,5%.
NPV>0 bo‘lsa, loyiha -
Ijobiy.
Salbiy.
Zararsiz.
Samarasiz.
Investitsiyalarning samaradorligini baholash oddiy usullarining diskontlashga asoslangan usullaridan qulayligi nimada?
Hisoblashning aniqligi.
Hisoblashda vaqt omilining hisobga olinishi.
Hisoblashning oddiyligi.
Hisoblashni faqat yuqori malakali kadrlar amalga oshira olishliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |