267
C) Bu usulda Petri kosachalariga 15 ml dan to‗yinmagan agar
solinadi va stol ustiga qator terib qo‗yiladi(25-rasm).
Agar qotgandan
so‗ng termostatda quritiladi,so‗ngra har
bir kosachaga test-kultura
aralashtirilgan ozuqa agaridan 5 ml qo‗shiladi. Ekmani agarga
qo‗shishdan avval 45-50 C gacha sovutiladi. Agarning ikkinchi qatlami
ham qotgandan keyin har bir kosacha betiga silindr kiygaziladi. Silindr-
lardan 3 tasiga 0,1 ml dan sinalayotgan
antibiotik eritmasi, qolgan 3
tasiga esa standart eritma quyiladi. Shundan keyin kosachalar 37
0
C li
termostatda 16-18 soatgacha saqlanadi. Belgilangan vaqt o‗tgach,
kosacha ustidagi silindrlar olib tashlanadi va test-kultura o‗sishi
sekinlashgan zonalar o‗lchanadi. O‗sish sekinlashgan zonalarga qarab
antibiotiklarning kuchini yoki aktivligini aniqlanadi.
Zonalar diametri
1mm aniqlikkacha o‗lchanadi. O‗smagan zona diametric 20mm bo‗lsa
sezuvchan, agar 11-20gacha bo‗lsa o‗rta sezuvchan, 10mm
dan kam
bo‗lsa chidamli bo‗ladi.
D. Laboratoriya ishinining natijalari daftarga yozib qo‗yiladi.
36-rasm. Diffuzion usul bilan antibiotiklar kuchini aniqlash.
4-laboratoriya ishi
A. Mikroorganizmlarning antibitiklarga sezuvchanligini aniqlash-
ning tezkor usuli.
B. Antibiotiklarning aktivligini tez aniqlash.
C. Petri kosachasiga 15ml ozuqa agari solinadi. Agar qotgandan
so‗ng unga huddi o‗sha agarning test-kultura bilan aralashmasidan 1ml
va 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,2% li suvli eritmasi dan 1ml qo‗shi-
ladi. So‗ngra ko‗kish tusli qattiq agar ustiga
antibiotik shimdirilgan
268
disklar yopishtiriladi, kosachalar 37 C issiqlikdagi termostatga qo‗yiladi.
Oradan 2-3 soat o‗tgach, mikroorganizmlarning o‗sib chiqmagan
ko‗kish zonalarining diametriga qarab tajriba natijalari qayd qilinadi.
Antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarni rangsizlantiradi yoki tusini
o‗zgartirib, sariq rangga bo‗yaydi. Bunday bo‗yoq stafilokokklarning
o‗sishini sekinlashtiradi yoki ularning o‗sishiga butunlay yo‗l qo‗y-
maydi, shu bois mikroorganizmlarning bu turi
bilan ish olib borganda
qog‗oz disk yopishtirilgan kosachalar termostatda saqlangandan keyin
uning ustiga 2-3ml miqdoridagi indikator eritmasidan quyish kerak.
Indikator qoldiqlari 5-7 minutdan keyin to‗kib
tashlanadi va tajriba
natijalari tahlil qilinadi.
D. Laboratoriya ishining natajalari daftarga yozib qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: