97
3. Mikroorganizmlarning fermentlari haqida gapirib bering.
4. Xushbo‗y hid hosil qiluvchi mikroorganizm haqida gapirib
bering.
3. “Interaktiv usul.”
Talabalar mavzu bo‗yicha kompyuter
yordamida audio, video materiallar bilan tanishadilar.
6. O„quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ish.
1.Mikroorganizmning proteolitik faolligini aniqlash.
2.Mikroorganizmlarning saxarolitik faolligini aniqlash.
3.Stafilokokklarning pigment hosil qilishini aniqlash.
7.Talabalarning o„z ustida ishlash uchun lozim bo„lgan metodik
qo„llanmalar (nazariy qo„llanmalar).
1
.
Mikroorganizmlarning fermentlari.
Mikroorganizmlar turli organik moddalarni kimyoviy ravishda
parchalab, shu yo‗l bilan oziqlanadi va ba‘zilari shu jarayon natijasida
nafas ham oladi. Parchalangan organik moddalarni qabul qilib, so‗ngra u
moddalarni mikrob o‗z hujayrasida qaytadan sintez qiladi va undan
mikrob o‗z tanasining ayrim qismlarini tuzadi.
Mikroorganizmlarning
murakkab organik moddalarni parchalashi va ularni qaytadan
sintezlashida moddalarni turli fermentlari yordam beradi. Fermentlar
ikki turga bo‗linadi:
a) Ektofermentlar-ektoenzimlar;
b)Endofermentlar endoenzimlar.Mikroblar o‗z faoliyati davrida
ektofermentlarni oziqlantiruvchi muhitga ajratadi, ular bakterial filtrdan
o‗tadilar. Ular murakkab oziq moddalarini (oqsillar, kraxmallar,
klechatka) parchalab, mikroblar hazm qilish uchun tayyorlaydi.
Endofermentlar hujayra protoplazmasi bilan mustahkam bog‗liq
bo‗lib,faqat hujayra ichiga kirgan oziq moddalarni parchalaydi va ularni
hujayraning asosiy qismlariga aylantiradi.Fermentlar (termolabil)yuqori
temperaturaga chidamsiz bo‗ladi, lekin ularni ta‘suroti spesifikdir.
Masalan,laktaza fermenti faqat laktozani
parchalaydi va boshqa disa-
xaridlarga ta‘sir etmaydi
.
Fermentlar o‗rtacha 60° issiq temperaturada
aktiv bo‗ladi va 100° issiqlikda ular parchalanadi. Fermentlar ko‗sata-
digan ta‘sirga ko‗ra gidrolazalar, desmolazalar, oksidoreduktazalar va
izomerazalar kabi bir necha guruhga bo‗linadi.
Gidrolaza
fermentlari polisaxaridlarni, disaxaridlarni,lipidlarni va
oqsillarni parchalaydi. Bu guruhga karbogidraza, esteraza, amidaza,
proteaza va boshqa fermentlar kiradi.
98
Karbogidraza fermentlarini ko‗pchilik mikroorganizmlar hosil
qiladi va tashqi muhitdagi klechatkani,
kraxmalni va boshqa polisa-
xaridlarni di- yoki monosaxaridlargacha parchalaydi. Bulardan quyidagi
fermentlar muhim ahamiyatga ega. Sellyuloza(setaza).Buni sellyulozani
parchalovchi aerob va anaerob mikroblar hosil qiladi.Sellyulozani
sellobiazagacha parchalaydi. Amilaza kraxmalni mal‘tozagacha parcha-
laydi. (bu fermentni ko‗pchilik mog‗or zamburug‗lar va bakteriyalar
ajtadi);pektinaza- upektin moddalarini parchalab (o‗simlikning hujay-
rasidagi modda) ularni laktoza, ksiloza, sirka va galakturon kislotalariga
aylantiradi.Bu ferment juda ko‗p bakteriya turlarida va mog‗or
zamburug‗larida borligi aniqlangan. Yana mal‘toza,saxaraza, laktaza va
boshqalar karbogidrolazalar guruhiga kiradi; esterazalar (murakkab
efirlarning fermentlari)esa kislota va spirtlar orasidagi efirli bog‗lanishni
parchalaydi. Bu guruh fermentlariga lipaza, pektaza, fosfatazalar kiradi.
Amidazalar-bu aminokislotalarni
va amidni parchalovchi va
sintezlovchi fermentlardir.Masalan, ureaza fermenti mochevinani
amiyak va karbonat angidrid gaziga parchalaydi.
Proteazalar–oqsil moddalarining fermentlari bo‗lib, ular oqsil va
polipeptidlarni parchalaydi. Bularga proteinazalar, transferazalar,
peptidazalar kiradi.
Dismolaza fermentlari-bu gruppaga kiruvchi fermentlar murakkab
organik birikmalar molekulasidagi karbon
atomlarining bir-biri bilan
bog‗lanishini uzadi, ya‘ni murakkab organik birikmalarni chuqurroq
parchalaydi.Bularga al‘dolaza va karboksilaza fermentlari kiradi.
Oksireduktazalar–oksidlab
tiklash
fermentlari.
Bu
guruh
fermentlari xujayraning nafas olish jarayonida vodorod va kislorod
tashishni aktivlashtiradi.Bularga degidrogenaza, oksidaza, peroksidaza
va katalazalar kiradi.
Oksidazalar aerob degidrogenazalar bo‗lib
organik birikmalarni
oksidlaydi va molekulyar kislorodni aktivlaydi.
Peroksidaza – oksidlovchi ferment vodorod peroksidi yoki organik
peroksiddagi kislorodni aktivlashtiradi, natijada aktivlashgan kislorod
spesifik muhitni oksidlaydi.
Katalaza vodorod peroksidni suv va malikulyar kislorodga
parchalaydi.Izomerazalar moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga
ega bo‗lgan turli organik birikmalarni izomerizatsiyasini tezlatadi.
Mikroorganizmlar fermentlar yordamida bitta katta miqdordagi
organik va anorganik moddalarni parchalaydi.
Bakteriya va zambu-
rug‗larni ferment hosil qilish xususiyati bor shuning uchun sanoatda
99
sirka, sut, shavel, limon kislotalari tayyorlashda,sut mahsulotlari (qatiq,
qimiz), vino, pivo, selos tayyorlashda ulardan keng foydalanadi.
Baktiriyalarni spesifik ferment hosil qilishiga qarab ularning turini,
variantini,shtammini va boshqalarni diferensiatsiyalash mumkin.
Shu maqsadda kontrol mikroblar kulturasi turli karbon suvli oziq
muhitlariga ekiladi,so‗ngra karbon suvida mikroblarni qaysi biri oziq
muhitda o‗sayotgan bakteriyalarni fermentlari ta‘siri
bilan parcha-
langanligi va kislota ham gaz hosil qilganligi hisobga olinadi.
Ichak tayoqchasi bakteriyalari guruhini biokimyoviy belgilarga
qarab paratif bakteriyalaridan ajatish mumkin.Streptokokklar , ferment
hosil qilish xususiyatlariga qarab , ularni patogen anaeroblar va boshqa
mikroblarning turini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: