26
Qorong„i maydonda tekshirish.
Qorong‗i maydonda ko‗rish mik-
roskopi yorug‗lik mikroskopidan farq qiladi. Bu yerda yoritish usuli
boshqacha bo‗ladi. Unda yondan ravshan yorug‗lik beriladi,
natijada
ravshanlanuvchi obyekt qorong‗ilashgan soya ostida ajralib turadi. Bun-
da qiyshiq nurlar obyektga
tushmaydi, yorug‗lik ham tekshiruvchining
ko‗ziga tushmaydi, demak, ko‗rish maydoni yoritilmaydi. Kuzatuv-
chining ko‗ziga o‗rganilayotgan obyektdan qaytgan nurlar tushadi.
Mikroskopda yon yorug‗likni olish uchun obyektiv va kondensor
markazi qorong‗ilashtiriladi yoki yanada oddiy usul kondensor linzalari
orasiga qora qog‗ozdan yasalgan doirachalar joylashtiriladi. Amaliyotda
Arxangelskiy va Dombrovskiyning qorong‗ilatish
usullaridan keng
foydalaniladi.
Diskni linzaga tuxum oqsili yoki zardob bilan yopishtirib qo‗yish
ham mumkin. Oqish treponemalar, odatda, okulyari x10, obyektivi x40
bo‗lgan mikroskopning quruq sistemasida tekshiriladi (10-rasm).
10-rasm. Arxangelskiy diski (C), kondensorda joylashishi.
Dombrovskiyning qalpoqchali usuli. Fotoplyonka yoki rentgen
plyonka solinadigan qora qog‗ozning ikki varag‗i oddiy yelim bilan bir-
biriga yopishtiriladi va yelimi qurimasdan turib 4x4 sm o‗lchovda qirqib
olinadi. So‗ngra maxsus qalpoqchani qolipga qo‗yib zichlanadi.
Hosil
qilingan qalpoqchalarning balandligi 6,35 mm, diametri 17 mm bo‗lishi
kerak.
Qalpoqchaning yonidan diametri 14,5 mm, chuqurligi 3,8 mm
keladigan yarim doira shaklida qirqib olinadi. Qalpoqchani oddiy yo‗l
bilan yasash ham mumkin. Buning uchun asosi qalpoqcha shaklida
bo‗lgan, diametri 17 mm ga yaqin probirka olinadi. Unga oldindan iliq
suvda namlangan qora qog‗oz kiydiriladi va bir tekis qilib yelim surtib,
probirka asosi silliqlanadi va bo‗ynidan
ingichka ip bilan siqib
27
bog‗lanadi va bir necha soatga qoldiriladi. Qora qog‗oz qurigach
qalpoqcha shakliga kirib qoladi (11-rasm).
11 -rasm. Dombrovskiy qalpoqchasi.
Qorong‗ilatilgan ko‗ruv maydonini hosil qilish texnikasi quyidagi-
cha: kondensor o‗rnidan olinadi va uni ikki qismga ajratiladi.
Konden-
sorning yuqoridagi qavariq linzasiga qalpoqcha kiydiriladi va konden-
sorning ikkinchi tomoni yuqorisidan burab yopiladi. Qalpoqchaning
yarim doira (diafragma) qismini yoritkichga
qaratib kondensor micros-
kop opravasiga o‗rnatiladi va uni vint bilan mahkamlab oxiriga yetgun-
cha yuqoriga ko‗tariladi. Yoritkich nurlari kondensorga faqat botiq ko‗z-
gu orqali tushiriladi. Buyum oynasining qalinligi 1,1–1,2 mm, qoplagich
oynaniki esa, 0,18–1,20 mm ga teng. Ular mutlaqo toza bo‗lishi lozim
(12-rasm).
12-rasm. Dombrovskiy qalpoqchasini kondensorga joylashtirish.