K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 
2-Laboratoriya ishi
 
Mikroskop tuzilishini o„rganish va daftarga chizib olish. 
 
13-rasm. Binokulyar biologik mikraskop 
Mikroorganizmlarni birinchi bo‗lib, mikroskop ostida ko‗rgan va ular-
ni tekshirgan gollandiyalik tabiatshunos Antoniy-Van-Levengukdir (1632–
1723). U 160–300 martagacha kattalashtira oladigan mikroskopni kashf 
qilgan. A. Levenguk atrof-muhitda mavjud bo‗lgan ko‗pgina narsalarni 


30 
tekshirib, ularning ichida tirik «hayvonchalar» borligini ko‗rgan va 
ularning rasmlarini chizib olgan. U «Levenguk topgan tabiat sirlari» 
kitobini chop ettiradi. Shunday qilib, Levenguk birinchi bo‗lib 
mikroorganizmlar dunyosi haqida axborot beradi va mikrobiologiyaning 
rivojlanishida birinchi bosqich hisoblangan mikroorganizmlar bo‗limini 
vujudga kelishiga asos soladi. Levengukning kashfiyoti juda ko‗p 
tadqiqotlarga yo‗l ochadi. 
Binokulyar biologik
mikroskopi quyidagi qismlardan iborat: 1-asosiy 
shtativ; 2-tubus tutgichi;3-tubus; 4-buyum stolchasi; 5-buyum stolchasining 
teshigi; 6-stolchani siljituvchi vint; 7-okulyar; 8-obyektiv; 9-makrometrik 
vint; 
10-mikrometrik vint; 11-kondensor; 12-kondensor vinti; 13-diafragma; 
14-ko‗zgu; 15- ―revolver‖ (13-rasm). 
Mikroskop mexanik va optik qismlardan iborat: 
Mexanik qismi: 
pastki qism oyoqchasi yuqori qism ustini, ular 
o‗zaro sharnir asosida birikib turadi. Ustining o‗rtasiga buyum stolchasi, 
yuqori qismiga tubus o‗rnatilgan. Tubus yuqorisida okulyar, pastida 
«revolver», ya‘ni turli hajmdagi obyektivlarni joylashtiradigan moslama 
bor. Tubus ikkita bir-biriga buralib kiradigan naylardan iborat. Ularni 
pastga va yuqoriga ko‗tarib tushiradigan makrometrik buragich ham bor. 
Bu buragich birlamchi kattalashtirishni to‗g‗rilash uchun ishlatiladi. 
O‗rganilayotgan narsani aniq ko‗rish uchun mikrometrik buragichdan 
foydalaniladi. 
Optik qismi 
yoritkich asboblar, obyektivlar va okulyarlardan iborat. 
Yoritkich asbob yorug‗likni yig‗ib, beruvchi oyna va diafragmali 
kondensor yig‗indisidan tashkil topgan. Yorug‗lik oynasi - sun‘iy va 
tabiiy nurlarni yig‗ib obyektivga uzatadi. Oynaning bir tomoni tekis, 
ikkinchi tomoni esa botiq ko‗rinishda bo‗ladi. Kondensor bilan ishlash 
vaqtida tekis oynadan foydalaniladi. Kondensor kuchli linzalar sis-
temasidan iborat bo‗lib, oynadan keladigan yorug‗lik nurlarini bir nuq-
taga yig‗adi. U esa o‗rganiladigan preparatni bir tekislik bo‗ylab yo‗nal-
tiradi. Obyektivlar mikroskopning eng asosiy qismlaridan hisoblanib, 
linzalar sistemasidan iborat. Bu linzalar temir g‗iloflarga biriktirib 
ishlangan. Oldingi qismi eng kichik linzadan iborat va uni kattalash-
tirishda bosh rolni o‗ynaydi. Uning orqasida turuvchi linza esa tuza-
tuvchi bo‗lib, optik suratlashdagi kamchilikni tuzatadi. Hozirgi zamon 
obyektivlarining ko‗rsatish kattaligi belgilab qo‗yiladi, masalan, x8; x40; 
x90. Obyektivlar quruq va immersion turga bo‗linadi. Quruq obyektiv 


31 
deb, oldingi linza bilan o‗rnatilgan preparat oralig‗ida havo bo‗lishiga 
aytiladi. Immersion obyektivda esa havo o‗rnida immersion moyi 
bo‗ladi. Okulyar ikkita linzadan iborat: yuqorigi — bosh va pastki — 
yig‗uvchi linza. Linzalar oralig‗i fokus maydoni oralig‗iga teng bo‗ladi. 
Okulyar qancha kattalashtirilgan bo‗lsa, fokus maydoni shu kattalik 
bo‗yicha belgilanadi, masalan, x5; x7; x10; x15. Mikroskopni umumiy 
kattalashtirish hajmi obyektiv bilan okulyarning kattalashtirish ko‗payt-
masiga teng. Masalan, obyektiv ko‗rsatkichi x90, okulyar ko‗rsatkichi 
x10 bo‗lsa, obyekt 900 marta kattalashtiriladi.. 
Tayyor surtmani mikroskop yordamida ko‗rish
 
uchun surtmani 
mikroskopning buyum stolchasiga shunday joylashtirish kerakki, bunda 
surtma markazi ustunchaning markaziy teshigiga to‗g‗ri kelsin va unga 
yorug‗lik beruvchi oyna mos tushsin. Keyin «revolver» moslamasidagi 
eng kichik hajmli kattalashtiruvchi obyektiv tubusning pastki qismiga tik 
joylashtiriladi. Obyektivni makrovint yordamida asta-sekin yorug‗lik 
tushguncha yaqinlashtirib boriladi va ehtiyotkorlik bilan surtmaga yaqin-
lashtiriladi. Bunda ma‘lum masofaga yetganda o‗rganilayotgan obyekt 
ko‗rinadi. «Revolver» moslagichdan kattalashtiruvchi obyektivni bosh-
qarishda foydalaniladi. Masalan, xlO; x40; x90. Bu obyektivlar bilan 
ishlayotganda ehtiyot bo‗lish kerak. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish