109
32-rasm. Ovogenez sxemasi.
Tuxum hujayrasi
kam harakatchan, yirik bo‘lib, u qobiqlar bilan qoplangan. Bu
qobiqlar asosan himoya vazifasini o‘taydilar. Odamning
tuxum hujayrasida yaltiroq
va trofik vazifaga ega bo‘lgan follikula hujayralardan iborat
follikulyar qobiq mavjud
(33-rasm).
Tuxum hujayrasi undagi sariqlik miqdori, sitoplazmada
sariqlikning
tarqalishiga qarab uch turga bo‘linadi: 1) izoletsital (sariqlik kam, sitoplazmada teng
taqsimlangan), 2) sentroletsital (sariqlik tuxum hujayrasining o'rtasida joylashgan),
3)teloletsital (sariqlik tuxumning
bir qutbiga joylashgan, miqdori anchagina).
Do'stlaringiz bilan baham: