105
Bo‘linish yo‘li bilan asosan sodda hayvonlar (amobalar, xivchinlilar), bir
hujayrali o'simliklar (xlorella, xlamidomonada) ko‘payadilar.
Endogoniya usulida
ichki kurtaklanish kuzatiladi. Masalan, tokosplazmada, ona toksoplazma kurtaklanib,
avval ikki qiz organizm hosil qiladi, ba'zan esa ichki kurtaklanish jadallashishi
natijasida juda ko'p qiz organizm paydo bo‘lishi mumkin.
Shizogoniya (ko‘plab bo‘linib ko‘payish) yo‘li bilan sodda hayvonlar
ko‘payadi. Masalan, bezgak paraziti yadrosi dastlab juda ko‘p mayda bo‘laklarga
ajralib, keyin ular atrofini sitoplazma o'rab oladi. Natijda bitta hujayradan ko’plab qiz
hujayralar hosil bo’ladi.
Kurtaklanishda ona organizmda dastlab burtma paydo bo‘ladi. Bo‘rtma o‘sib
ona organizm shakliga va hajmiga yetgandan so‘ng ajralib, mustaqil hayot kechira
boshlaydi. Bunday usul bakteriyalarda, achitqi zamburug’larda, so’ruvchi
infuzoriyalarda, kavakichaklilarda uchraydi.
Spora hosil qilib ko'paysh sodda hayvonlardan sporalilar sinfi vakillarida,
ko‘p hujayralilardan paporotniksimonlarda uchraydi. Spora - ular hayot siklining bir
davri bo‘lib, qobiqqa o‘ralgan hujayradan iborat. Keyinchalik bu hujayra ko‘payish
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Vegetativ ko'payishda yangi organizm ona organizmning bir qancha
hujayralari to‘plamidan xosil bo‘ladi. Bu usul bilan ko‘pajjish juda sodda tuzilgan
ko‘p xujayralari hayvonlarda (kavakichaklilar, govaksimonlar, yassi va yumaloq
jachuvalchanglarda) hamda ko‘pchilik o‘simliklarda uchraydi.
Vegetativ ko‘payishning o‘ziga hos hili -
poliembrioniya mavjud. Bunda
embrion bir necha marta bo‘linadi. Embrionning ana shu bo‘laklaridan keyinchalik
mustaqil organizm rivojlanadi. Poliembrioniya yani parazitik hayot kechiruvchi
ayrim arilarning lichinkalarida, sut emizuvchilardan bronenosesda uchratish mumkin.
Odamda bir tuxumli egizaklar tug‘ulishi ham poliexmbrioniya hisoblanadi.
Demak, jinssiz ko‘payishda bitta organizm ishtirok etib, faqat shu organizmga
xos belgi va sifatlargina nasldan-naslga o‘tadi. Buning natijasida o‘zgaruvchanlik,
belgilar kombinatsiyalari chegaralari torayib qoladi. Shunga qaramasdan jinssiz
ko‘payishda ayrim afzalliklar ham mavjud. Jinssiz ko‘payish oddiy va samarali,
organizmlarda o‘zlarining juftlariga ehtiyoj kuzatilmaydi. Har qanday joyda nasl
qoldirish mumkin. Mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan ijobiy genlar yig‘indisi doimiy
holda saqlanadi. Chunki jinssiz ko’payishda genlarning kombinatsiyasi kuzatilmaydi.
Jinsiy ko‘payishda esa bu afzalliklar kuzatilmaydi. Lekin jinsiy ko‘payishdagi
ota-onalar genlari kombinatsiyasi avlodlarda irsiy xilma-xillikni ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: