6.1 jadval
Tashkilot shakli va hujjatlarning turlari
Hujjat turlari
Tashkilot xili
I sinf
II sinf
Maqsadli faoliyatini rejali ko’rsatgichlari
va maqsadli
faoliyatini yuritish xarajatlari bo’yicha tashkilotning ish
rejasi (byudjet, moliyaviy reja, investisiyalarni o’zlashtirish
bo’yicha biznes-rejalar va h.q.)
+
+
Tashkilotni ish rejasini bajarish to’g’risidagi hisobotlar
+
+
Maqsadli faoliyatini yuritish to’g’risidagi hisobotlar
+
+
Maqsadli
faoliyatini
yuritishdagi
sarf-xarajatlar
to’g’risidagi hisobotlar
+
+
Maqsadli
faoliyatini
yuritishdagi
sarf-xarajatlarni
tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar
+
+
Maqsadli faoliyat natijalarini tasdiqlovchi birlamchi
hujjatlar
Mablag’larni maqsadli xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
+
Mablag’larni maqsadli tushumlarini tadiqlovchi hujjatlar
+
Boshqaruv hisoboti tizimlariga xarakteristika
Boshqaruv hisobot tizimi – bu rahbariyatga tashkilotdagi ishlarni tashqil
qilishga (tashkilotning yuqori turuvchi rahbariyati yoki mulkdor) imkon beruvchi
tashkilot faoliyatining turi jihatlari to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish va
tarkiblashgan ko’rinishda taqdim etish tizimdir.
Boshqaruv hisobot tizimi samarali nazorat
qilish imkoniyatlarini
ta’minlaydi:
tashkilot rahbariyati tomonidan tashkiliy faoliyati ustidan nazorat;
mulkdorlar, investorlar, kreditorlar yoki yuqori tashkilotlar tomonidan
tashkilot va tashkilot rahbariyati faoliyati ustidan nazorat.
Tashkilot rahbariyati yoki yuqori instansiya oladigan hisobotlar ishonchli
yoki ishonchsiz ma’lumotlardan tashkil topishi mumkin. Hisobot oluvchilar taqdim
etiladigan ma’lumotlarni ishonchliligiga ishonch hosil qilishi uchun nazoratning
faqatgina bitta usuli mavjud – bu, asosida taqdim
etiladigan hisobotlar
tayyorlanadigan birlamchi hujjatlarni ko’rish imkoniyatidir.
Ortiqchalik. Ishlab chiqilayotgan, yig’iladigan hamda boshqa har bir
bo’linma uchun ochik bo’ladigan axborotlar ortiqchalikka ega bo’lishi kerak.
Mazkur ortiqchalik shu narsa bilan izohlanadiki, turli bo’linmalarni ishi uchun va
o’sha bitta predmet va vaziyatlar to’g’risidagi turli ma’lumotlarga ega bo’lish
kerak.
Axborotlarni har bir xili mazkur axborotdan manfaatdor bo’lgan
iste’molchilarga ega bo’lishi zarur. Aks holatda u ortiqcha va manzilsiz
hisoblanadi, shuning uchun u keraksiz bo’ladi.
Axborotlarni yig’ish har bir bo’linma axbortlarni nafaqatgina o’z
manfaatlari uchun, balki tashkilot rahbariyati va boshqa bo’linmalardagi axborot
iste’molchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilish kerak.
Axborotlar iste’molchilar uchun qulay shaklda ifodalanish kerak.
Axborotlarni taqdim etish. Axborotlarni taqdim etish shakli boshqaruv
hisobotning muhim jihatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Axborotlarni oddiyligi
axborotlar bilan ishlash va uning asosida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan
vaqtni kamaytirishga imkon bermaydi, biroq uning mohiyatini yanada adekvat
tushunishga imkon yaratadi. Axborotlarni yanada namunaviy shakllari bo’lib
matnli, jadvalli va grafikali hisoblanadi.
Axborotlar o’ta ko’p bo’lgan
vaziyatda, uni tushunish ham qiyinchilik
tug’diradi. Turli xarakteristikali ko’pgina ko’rsatkichlardan iborat katta hajmdagi
axborotlarni tushunishni yengillashtirish uchun, mazkur ko’rsatkichlar ma’lum
belgilar bo’yicha guruhlanadi hamda alohida jadvallarda yoki alohida grafiklarda
tasvirlanadi. Korxona rahbariyatiga yordam sifatida
uning uchun axborotlarni
yanada qulay taqdim etish shaklini aniqlashda va turli ko’rsatkichlarni birlashtirish
uchun maslahatchilar faoliyat ko’rsatadi.
Axborotlarni tarkiblashtirilganligi. Qabul qilish uchun yanada mushkul
bo’lib, yomon strukturalangan axborotlar hisoblanadi. Gap nafaqat matnli
materiallar to’g’risida bormoqda. Yomon tarkiblashgan bo’lib jadvallar va hatto
grafiklar ham bo’lishi mumkin. Yaxshi tarkiblashtirilgan axborotlar shuning bilan
xarakterlanadiki,
u iste’molchi tomonidan axborotlarni tahlil qilish uchun
qo’shimcha harakatlarni talab qilmaydi.
Tarkiblashtirilgan axborotlar ichki mantiqga ega bo’ladi:
u muhimlik
darajasi bo’yicha iyerarxiyaga ega, turli ko’rsatkichlar gradasiyasini va o’zaro
bog’likligini ko’rsatadi hamda shunday tarzda tuzilganni, u iste’molchiga mazkur
axborotda tariflanganidek, predmet to’g’risida maksimal darajada to’liq tasavvurga
ega bo’lishni beradi.
Axborotlarni maydalashtirish darajasi bu axborot bilan ishlaydigan kishining
ehtiyojiga bog’liq bo’ladi.
Boshqaruv hisoboti tizimining maqsadi – yagona axborot muhitini
yaratishdan iboratdir.
Boshqaruv hisoboti tizimining maqsadi – iste’molchilarga ularga zaruriy
ma’lumotlarni, zaruriy vaqtda va kerakli ko’rinishda taqdim etishni ta’minlashdan
iborat. Amalda esa bu oluvchi ma’lumotlarni birlamchi hujjatlargacha vujudga
kelish mablag’larini
kuzatish imkoniyatini beruvchi, jamlangan hisobotlarini
shakllantiruvchi barcha birlamchi hujjatlarni yig’ish va tarkiblashtirishni
ta’minlashga qodir bo’lgan yagona axborot muhitni (axborot tizimni) yaratish
zaruriyatini anglatadi.
Yagona axborot muhiti tashkilot doirasida, amalga oshirilishi mumkin. Bir
necha tashkilotlarni, masalan investorlar va investisiyalashni qator obyektlari yoki
xoldinglarni birlashtiruvchi yagona axborot muhitni
yaratishda yanada jiddiy
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, bunday muhitni yaratmasdan turib
(yoki eng kamida hisobotni yagona tizimini) yuqori turuvchi tashkilot olinadigan
axborotlarni ishonchliligiga ishonch hosil qilmasligi mumkin.