Meyorlangan sifat ko‘rsatkichlari. Avtomobillar uchun yonil-
g‘i sifatida siqilgan gazdan foydalanilganida bu ko‘rsatkichlarga
siqilgan gazning komponent tarkibi va gaz ballon apparatining
ishiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi hamda dvigatellarning yeyilishini
tezlashtiruvchi moddalar miqdori kiradi.
Gazning komponent tarkibi. Avtomobillarda barcha mav-
sumlarda ishlatishga mo‘ljallangan siqilgan gaz tarkibida (hajm
bo‘yicha)’ kamida 90 toiz metan, ko‘pi bilan 4 foiz etan, oz miqdor-
da (2,5 foizgacha) yonuvchi boshqa uglevodorod gazlari, 1 foizga-
cha uglerod oksidi, 1 foizgacha kislorod, ko‘pi bilan 5 foiz azot
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |