K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Spirtlar. Keyingi yillarda neft yonilg‘ilari o‘rnida metanol (metil 
spirti) va etanol (etil spirti)ni ishlatish ommaviylashmoqda. Chunki 
bir xil harorat va bosimda metanol bilan hosil qilingan ishchi ara-
lashma benzinli ishchi aralashma bilan teng yonish haroratiga ega
undan tashqari, metanol-havo aralashmasi zichroq va foydali ish 
koeffitsiyenti ancha yuqori. Sof metanolning oktan soni 112 ga teng 
(tadqiqot usuli bilan), bu esa dvigatelning siqish darajasini 14 ga-
cha ko‘tarib, dvigatelning samarali quvvatini 20 foizgacha oshirish 
mumrtinligini ko‘rsatadi. 
Metil va etil spirtlarining oktan sonlari yuqoriligiga qaramasdan 
setan sonlari past, shuning uchun ularning uchqun bilan yondiri-
ladigan dvigatellarda ishlatilishi foydalidir. Ammo ma’lum sharoit-
larda ularni dizel yonilg‘isi qo‘shib aralashtirib, dizel dvigatellari-
da ham ishlatish mumkin. 
Spirtlarni yonilg‘i sifatida keng ko‘lamda ishlatishni cheklayot-
gan omillardan biri ularning korrozion aktivligi bo‘lib, yonilg‘i 
ta’minlash tizimi detallariga ta’sir ko‘rsatadi; spirtlar qo‘rg‘oshinga 
aktiv  ta’sir  etib,  amorf  birikmalar  hosil  qiladi,  ular  yonilg‘i  filtr-
lari va karburator jiklorlarini berkitib qo‘yadi; ko‘pchilik qistirma 
materiallari spirt ta’sirida shishib ketadi; yonish issiqligi pastligi 
tufayli ular uchun yonilg‘i baklari hajmi ikki marta kattalashishi 
kerak. 


96
Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish 
davom etayotgan bir paytda neft yonilg‘isini tejashning dastlab-
ki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini qo‘llash maqsad-
ga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va etanoldan 
10 foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech qanday o‘zgarti-
rishlar kiritishga zarurat bo‘lmaydi hamda bunda ish ko‘rsatkichlari 
sezilarli o‘zgarmaydi. Suvli spirtlardan foydalanilganida yonilg‘i 
aralashmalarini turg‘unlashtirish maqsadida ularga 2 foizgacha 
miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. Bularning hammasi benzinni 
3–5 foiz tejashga imkon beradi. 
Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, eta-
nolni 20 foizgacha) qo‘shish aralashma hosil qilish va kiritish tizim-
larini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi, dvigatel ning ish 
ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik yaramay-
di, chunki ularning setan soni kichik (metanolniki 3–4 ga, etanolni-
ki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori bo‘ladi. Bu hol katta va 
o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning taqillab ishlashiga olib keladi. 
Dizel  yonilg‘isi  o‘rniga  spirt  ishlatilganida,  detallarda  lok, 
qurum va koks hosil bo‘lishi kamayadi, natijada moy toza ishlaydi 
hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar oksidlanganida
oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular detallarning yeyilishi 
hamda korroziyalanishini jadallashtiradi. Bu kamchiliklarni bar-
taraf etish maqsadida AQSH, Braziliya, Germaniya, Shvetsiya kabi 
mamlakatlarda faol ishlar olib borilmoqda. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish