K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

maxsus rezinalar
deb ataladi. 
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalarning cho‘zilishga 
mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadi-
gan xom rezina yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60°C dan 
100°C gacha haroratda ishlay oladi. Bundan ortiq qizdirilganida 
kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini yo‘qotadi, past 
haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi. 
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinaning asosiy qismi trak-
tor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadiyensti
-
rol (CKC, CKMC) va izopren kauchuklar (СКИ) asosida olingan 
rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho‘zilishga mustahkamli-
gi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80–100°C harorat-
da ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75°C gacha). 
Kauchuklarning mexanik xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy 
kauchuklarnikiga yaqin bo‘lgani uchun kordga mustahkam biri-
kadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi 
qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil 
kauchuklar (СКД) asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. 
Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo‘yicha tabiiy kau-
chuklardan ancha ustun turadi. 
Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalar jipslovchi qatlamini 
tayyorlash uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidam-
li rezinalar kerak bo‘ladi. Butilkauchuklar (СКБ) bu talabga javob 
beradi. Ularning mexanik mustahkamligi yaxshi bo‘lishi bilan 
birga issiqqa chidamliligi yuqori (120°C gacha). Poliuretan kau-
chuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashqari, 
azon va neft mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan 
protektorli shinalar tayyorlanadi. 
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib 
ishlaydigan tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va 


246
boshqa detallar tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 
1–3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, benzinga chidamli rezi-
nalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurt-
siz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan 
rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120–130°C gacha haroratda 
ishlay oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kau-
chuk (CKH)dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari 
yana-da yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota va 
ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir. 
Ko‘pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradi-
gan rezinalar kerak bo‘ladi. Ular, asosan, minus 60°C dan +300°C 
gacha harorat doirasida uzoq muddat ishlay oladigan kremniyor-
ganik kauchuklardan (CKT) olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga 
ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sernam 
sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o‘zgarmaydi. Shuning 
uchun ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlana-
di. Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu 
kamchilikni kauchuk molekulasiga ftor atomini qo‘shib yo‘qotish 
mumkin. Bunda СКФ kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, is
-
siqqa chidamli (300°C gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini 
ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik shlang-
larni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar chiqariladi. 
Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo‘li 
yoki to‘la profilli protektor hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bu 
materiallarga qatlamli jipslovchi kamerabop rezina listlar ham kira-
di. Ular kamerasiz shinalar va kameralarni ta’mirlashda ishlatiladi. 
Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 140–150°C harorat-
gacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya. 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish