vaxta usuli bilan ishlami bajargan xodimlar uchun ishning ko'chma va
qatnov xususiyati uchun ustama;
- mehnatga haq to'lashning rayonlar bo'yicha tartibga solinishi, shu
jumladan, rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
cho'l, suvsiz va yuqori tog' joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan
belgilagan to'lovlar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va
qo'shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo'shimcha
ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o'smirlaming imtiyozli soatlari, bolani
ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy
ko'riklardan o'tish bilan bog'liq vaqt uchun haq to'lash;
- majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy
ish haqini qisman saqlab
qolgan holda haq to'lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig'inlar, favqulodda
vaziyatlar bo'yicha yig'inlar va boshqalar) mehnat haqi to'lash;
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo'yicha ishlar
bajarilganligi uchun haq to'lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan
hisob-kitob korxonaning o'zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to'lash fondiga kiritiladigan
to'lovlaming boshqa turiari.
"Ishlab
chiqarishga
tegishli
ijtimoiy
sug'urtaga ajratmalari"
moddasida qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo'yicha
mehnatga haq to lash fondiga ijtimoiy turdagi majburiy ajratmalar,
nodavlat pensiya jamg'armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug'urta
va ixtiyoriy
sug'urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari
va nomoddiy aktivlaming belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar
bo'yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan
amortizatsiya ajratmalar summasi (lizing bo'yicha va qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham) kiradi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"
saqlash va ishlatishga hamda
korxona tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal
ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlaming ish haqi;
- ulaming ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg'i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar;
- asosiy vositalami barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat
ko'rsatish xarajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish
haqidan
ijtimoiy ajratmalar;
-asosiy vositalami ta’minlashga sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish
materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so'ng sinab ko'rish
chog'ida sarflangan yonilg'i-moylash materiallari qiymati tannarxni
hisoblashning tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib
olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar
uchun ishlatilgan yoqilg'i va energiya,
ishlab chiqarishga tegishli
mehnatga haq to'lash xarajatlari, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy
sug'urta ajratmalari) hisobga olinadi.
".Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlaming buzilishidan
ko'rilgan zararlar"
da ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning
tabiiy yo'qolish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yo'qotilishi,
yaroqsizlanishi va kam chiqishi hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar"
moddasi quyidagilardan
tashkil topadi:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallari, yonilg'i, energiya,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash
xarajatlari;
- chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini
ish holatida saqlash
xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish
xarajatlari);
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalami joriy ijaraga
olish bilan bog'liq xarajatlar;
- ifloslantiruvchi moddalami yo'l qo'yiladigan me’yorlar doirasida
va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to'lovlar;
- ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bog'liq mehnatning normal
sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarga tekin ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat,
tekin beriladigan joy haqini to'lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan,
formali kiyim-
bosh, maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo'yicha sotilishi
munosabati bilan imtiyozli summasi;
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga
tegishli xizmat safarlariga yuborish bo'yicha me’yorlar doirasida va
ulardan ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini
majburiy sug'urta qilish xarajatlari;
- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlami kafolatli tuzatish
va ularga sifatli xizmat ko'rsatish xarajatlari;
- mahsulotni (xizmatlami) majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi
munosabati bilan tegishli vakolatli organlaming qarorlari asosida va
qarorlarisiz to'lanadigan nafaqalar;
- xodimlami ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog'liq
xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
X a r a j a t l a r n i n g m o d d a l a r b o ' y i c h a g u r u h l a n i s h i
Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq toMash xarajatlari
Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug'urta ajratmalari
Mineral va organik o'g' itlar
O'simliklar va chorva mollarini himoyaiash vositalari
Yem-xashak va ozuqa
Urug'lik ко'chat materiallari
Qayta ishlash uchun xomashyo
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
Ish va xizmatlar
Chorva mollarining nobud bo'lishidan yo'qotishlar
Boshqa xarajatlar
Do'stlaringiz bilan baham: