K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i;
- qo'shilgan qiymat solig'i;
- aksiz solig'i;
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliq va yig'imlarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulk solig'i;
- yer solig'i;
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig'im, shu jumladan, ayrim 
turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig'imlari;


- yuridik shaxslami, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug'ullanuvchi jismoniy shaxslami ro'yxatga olganlik uchun yig'im;
- avtotransport to'xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im;
- obodonchilik ishlari uchun yig'im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig'im;
- boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yig'imlar.
Mahalliy soliq va yig'imlar mahalliy budjetga o'tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, o'sha narsa soliq obyekti bo'ladi. Soliq obyekti 
3 guruhga bo'linadi: tovar aylanmasi, daromad va mulk.
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan 
belgilab qo'yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy 
summalarda yoki foizlarda obyektga nisbatan qo'llaniladi.
Soliq stavkalari proporuional, progressiv va regressiv ko'rinishlarda 
bo'lishi mumkin.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik 
va jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to'laydilar. Bu erda soliq 
stavkasi qat’iy o'matilgan bo'lib, mutanosib ravishda olinadi. Masalan, 
korxona asosiy fondlarining o'rtacha yillik qiymati 
2 0 0
mln. so'm bo'lib, 
undan undiriladigan soliq stavkasi 
2
foiz belgilanganda, soliq summasi 
hisobot yili uchun 4 mln. so'mni (200 mln. x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib 
borishi ko'zda tutilgan bo'lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari 
deyiladi. Buni biz O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari 
va fuqaroligi bo'lmaganlardan olinadigan daromad solig'i stavkasida 
yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o'sishi (oshishi) bilan 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko'payishi yoki eksportga mahsulot ishlab 
chiqarish ko'payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday 
korxona budjetga kam soliq to'lay boshlaydi. Regressiv soliq stavkalari 
biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish yoki 
o'z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag'batlantirish 
maqsadida qo'llaniladi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
belgilangan ayrim mahsulotlar aksiz solig'iga tortiladi.
Aksiz 
ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo'yiladigan egri 
soliqdir. Egri soliq deb atalishining sababi uning budjetga to'lovchilari 
aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo haqiqiy soliq 
to'lovchilar mahsulot yetkazuvchilardan tovarlami sotib oluvchilar, ya’ni


iste’molchilardir. Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol 
solig'i deb ham ataladi.
Aksiz solig'i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 
tasdiqlanadi. Aksiz solig'i stavkalarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilash har yilgi budjetning asosiy ko'rsatkichlari 
belgilanganda ko'rsatiladi. Biroq yil davomida aksiz stavkalariga 
o'zgartirishlar kiritib borilishi mumkin.
Aksiz solig'i to'lanadigan tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
mulk shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlami eksportga chiqarsalar, aksiz 
solig'i to'lashdan ozod bo'ladilar. Qizil Yarimoy jamiyati korxonalari 
ishlab chiqargan tovarlardan kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida 
ko'zda tutilgan vazifalami bajarishga sarflasa, u holda ular ham aksiz 
solig'i to'lashdan ozod bo'ladi.
Aksiz solig'i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar 
tovariar mamlakat ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aksiz solig'i summasi 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish