2009-yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda
barcha mulkchilik shaklidagi tijorat banklari
korporativ obligatsiyalar
chiqarish huquqiga ega bo'lishdi. Bu o'z navbatida respublika
obligatsiyalar
bozorining
rivojlanishiga
ijobiy
tabsir
ko'rsatadi,
shuningdek tijorat banklarining «Toshkent» Respublika Fond birjasidagi
ishtirokini ham jadallashtiradi. 2009-yilda «Toshkent» Respublika Fond
birjasidagi savdolaming deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining
aksiyalari tashkil qildi va 39,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. Ushbu
summaning 37,1 mlrd. so'mi nodavlat banklar va ustav kapitalida
davlatning ulushi «nazorat paketi»ga teng bo'lmagan
banklar hisobiga
to'g 'ri keladi.
2008-2009-yillarda qo'shimcha emissiya qilingan aksiyalaming
tarkibida imtiyozli aksiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi
1
,
1
-
2 , 2
foizdan 0,6-0,7 foizgacha pasaydi. Ushbu holat qo'shimcha emissiyalarda
davlat ishtirokining oshganligi, ya’ni davlat tomonidan banklardagi
nazoratni olishga bo'lgan qiziqishning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Markaziy
bank
tomonidan
ichki
valyuta
bozorini
yanada
rivojlantirish va erkinlashtirish, uning doimiy barqaror
faoliyat yuritishini
ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borildi.
O'tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga
ega tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar
amalga oshirildi, barqaror iqtisodiy o'sish, valyuta mablag'larining doimiy
tushumi manbalari va yetarli darajada valyuta zahiralarini shakllantirish
orqali milliy valyutaning xarid quvvatini chetdan olinadigan qarz
mablag'larisiz saqlab turishga zamin yaratildi.
Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita
dastaklaridan foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda,
o'zgaruvchan foiz stavkalarini tezkor boshqarish davom ettirildi.
2 0 1 0
-yil
1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan
jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta xorijiy valyutadagi
omonat turiari
aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga
oshirilayotgan tarkibiy o'zgarish, avvalo, bank tizimi bilan bevosita
bog'liq bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali
foydalanish, ulaming eng qulay shakllaridan, jumladan, iste’mol va
ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim masalalardan biri bo'lib
qolmoqda.
Hozirgi kunda respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka
kreditining turli variantlari joriy etilgan bo'lib,
respublika tijorat banklari
tomonidan aholining ushbu kreditlarga ehtiyojlarini qondirishga alohida
e’tibor qaratilgan. Chunki, iste’mol kreditlarining berilishi aholi uchun
respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini sotib olish uchun keng
imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va boshqa
toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasini oshiradi.
2010-yil 1-yanvar holatiga O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga
a’zo 19 ta tijorat banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol
krediti
joriy etilgan bo'lib, ular
6
oydan 3 yilgacha muddatga beriladi. 2009-
yilning oktyabrb-noyabrb oylari davomida
11
ta yangi turdagi iste’mol
kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba’zi banklar tomonidan
amaldagi iste’mol kreditlarining shart va talablariga biroz o'zgarishlar
kiritildi.
Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti
joriy etilgan bo'lib, ular 3 yildan 15 yilgacha muddatga beriladi. Ipoteka
krediti uy-joy sotib olish, qurish va oldindan sotib olingan uy-joylami
ta’mirlash uchun ajratiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-iyuldagi 670-
sonli «Banklarning kapitallashuvini yanada
oshirish va iqtisodiyotni
modemizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini
faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi va 2007-yil 7-noyabrdagi
726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo'sh pul mablag'larini
bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlariga
muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o'zgartirishlar
kiritildi.
Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat
banklarining minimal ustav kapitali 2008-yilning
1
-yanvaridan boshlab,
quyidagicha miqdorda belgilab qo'yildi:
-tijorat banklari uchun so'm ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida;
-xususiy banklar uchun so'm ekvivalentida 2,5 mln. yevro
miqdorida.
2 0 1 0
-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2009-yildagiga nisbatan 1,4
barobar ko'proq kredit resurslarini ajratish ustuvor yo'nalish qilib
belgilandi.
Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo'lgan
Markaziy bank nochor banklami aniqlash
va ularga iqtisodiy madad
berish, ularning sinishiga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'rmoqda.
Bu o'z navbatida tijorat banklari moliyaviy barqarorligining oshirilishi
hamda aholining bank tizimiga ishonchini yanada mustahkamlanishiga
imkon yaratmoqda.
1 , 4 5
1,4
1,35
1,3
1,25
Do'stlaringiz bilan baham: