taxta matriallari
uchun QQS ning “0”
stavkasini o'rnatish
Mamlakatimiz
rivojlanishida
2 0 1 0
-yilda
qator yutuqlar qatorida
iqtisodiy o'sishni ta’minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik
muammosini hal etish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishda
tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
jadal rivojlantirish, rag'batlantirish va qo'llab - quwatlashga alohida
e’tibor qaratildi.
Hurmatli Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: "...
kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik - jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz,
farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo'lishi shart”
4
- deya
ta’kidlagani bejiz emas.
Tadbirkor o'z mohiyati bilan erkin, tashabbuskor va izlanuvchan
odamdir. U - yo'qdan bor qiladigan shaxs. Borini yo'q qilish uning
tabiati ga zid, chunki bor-yo'g'ini topgani xususiy mulki ekanligi, ana shu
mulk uni boqishini, kiyintirishini, farovon turmush tarzini ta’minlashini
yaxshi biladi. Shuning
uchun ham uni asrab- avaylab, ko'paytirish uchun
ishlaydi, izlanadi va yashaydi.
Shu o'rinda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini ayrim ko'rsatkichini
ko'rib chiqib, iqtisodiy salohiyati bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlardan
birini egallaydigan Yaponiyani oladigan bo'lsak, ushbu davlatda YAIM
ining 50 %dan ortig'i kichik biznes zimmasiga to'g'ri keladi. Ish bilan
band aholining 80 %i aynan shu sohada faoliyat olib boradi. Albatta,
Yaponiya bu ko'rsatkichlarga ancha yillar mobaynida erishgan bo'lsa,
O'zbekiston atiga 19 yilda shunday yutuqlar bilan dunyoni lol
qoldirmoqda.
Biroq, ishlab chiqarish infratuzilma tarmoqlari rivojining hozirgi
holati tahlili, qishloq xo'jaligi tuzilmalarining samarali faoliyat ko'rsatish
uchun quyidagilami e’tiborga olish lozimligini taqozo etmoqda;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining, ular xizmatidan
foydalanuvchi
sohalarga
qulay
joylashganligi
va
ko'rsatilgan
xizmatlaming narxi arzon hamda sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lishligi;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining xizmat ko'rsatish
faoliyatini kengaytirish uning moliyaviy mablag'lar bilan ta’minlash
darajasi to'g'ri tashkil etilmaganligi;
34 Karimov I.A. O'zbekiston Resnublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma'ruzasidan. Soliq va bojxona xabarlari. 2010-yil 9-dekabr. № 49 (853) 5-b.
- agrar islohotlami yanada chuqurlashtirish
va buning natijasida
samarali qishloq xo'jalik infratuzilmasini vujuudga keltirishning zarurligi.
Qishloq xo'jaligida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlaridagi mavjud kamchiliklar:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarida marketing
faoliyatining past darajada tashkil etilishi va buning natijasida mahsulot
ishlab chiqarish hamda uni sotish borasida raqobatning yo'qligi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining bank va
boshqa kredit tashkilotlarining turli moliyaviy xizmatlaridan (lizing,
faktoring va forfeyting xizmatlari) foydalanish
imkoniyatlarining
cheklanganligi;
- bank-kredit va moliya tashkilotlarining bugungi kunda ham kichik
tadbirkorlik subyektlariga bo'lgan ishonchining yetarli emasligi va bu
holatlarni bartaraf etish bo'yicha ishlar olib
borish va boshqa muammolar
mavjud.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlanishiga kredit jalb qilish amaliyotini o'rganib,
chuqur tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni keltiramiz:
- soliqqa tortishda tabaqalashgan taqsimotni joriy etish. Ya’ni qishloq
joylarda shaharga nisbatan pastroq foizda soliq stavka qo'llash;
- ko'p hollarda kichik biznes subyektlari, raqobat bozorida yirik
biznes vakillariga yyengilib qoladilar. Shuning uchun kichik biznes
subyektlari o'z haq-huquqlarini paymol bo'lishiga yo'l qo'ymasliklari
uchun, o'zlarining huquqiy savodxonliklarini oshirishlari lozim, deb
o 'у lay man;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining ishlab
chiqarish va eksport salohiyati, marketing va mahsulotlami sotishga
bag'ishlangan o'quv mashg'ulotlari, seminarlar va ko'rgazmalami tashkil
etishni yo'lga qo'yish lozim.
- ishlab
chiqarishni
tuzilmaviy-texnologik
qayta
qurishni
jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslaming bir qismini
tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu
jumladan kichik biznes obyektlariga yo'naltirish;
Xulosa qilib aytganda, aholini ish bilan ta’minlash
muammosini hal
etish qishloqda sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish
tadbirlarini amalga oshirish bilan bevosita bog'liq. Bugun sanoatni, xizmat
ko'rsatish sohalarini qishloqqa olib kelish, xususan, mahsulotlami qayta
ishlaydigan kichik korxonalarni qishloq zaminiga joylashtirishni mahalliy
hokimiyatlar, tadbirkor ishbilarmonlar, turli xil
mulk egalari oldiga asosiy
vazifa qilib qo'yilgani tasodifiy emas. Bugungacha xizmat ko'rsatish
tarmoqlari asosan shahar va tumanlar markazlarida ko'proq joylashgan
bo'lsa, endi ulami posyolkalarda, qishloqlarda, hattoki eng olis ovullarda
ham tashkil etish ehtiyoji zarurati tobora ortmoqda. Zero, xizmat ko'rsatish
tarmoqlari darajasi mamlakatning taraqqiy etayotganligini, jamiyatni
rivojlanayotganligini ko'rsatuvchi muhim mezondir.
Do'stlaringiz bilan baham: