Navoiy davlat pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti fakulteti mustaqil ish



Download 193,14 Kb.
bet1/17
Sana22.04.2022
Hajmi193,14 Kb.
#573650
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Axtamova LAylo (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Excel dasturida iqtisodiy masalalarni yechish

Bajardi: Axtamova Laylo. 106-guruh talabasi.
Qabul qildi: t.f.d., dots. Sh.N.Nasirova

Navoiy-2022


MAVZU: Excel dasturida iqtisodiy masalalarni yechish
Mundarija: REJA
KIRISH
ASOSIY QISM


1- §. EXCEL DASTURINING IQTISODIYOTGA DOIR FUNKSIYALARI

1.1 Excel haqida umumiy ma’lumot


1.2. EXCEL yordamida davriy to`lovlarni hisoblash
1.3. O`zgarmas davriy to`lovlarni hisoblash
1.4. Protsentlar bo`yicha to`lovlarni hisoblash.
1.5. Qarz uchun protsentlar bo`yicha to`lov summalarini aniqlash
1.6. Qarz bo`yicha asosiy to`lovlarni hisoblash.
1.7. Qarz yuzasidagi asosiy to`lovlar yig’indisini hisoblash.
1.8. Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash
1.9. Protsentlarning effektiv va nominal stavkalarini hisoblash
1.9. Joriy baholarni aniqlash


2- §. IQTISODIY MASALALARNI REJALASHTIRISH MODELLARI

2.1. Umumuiy ma’lumotlar


2.2. Vositalardan ratsional foydalanishni rejalashtirish va tahlil qilish
2.3. Ishlab chiqarishni optimal rejalashtirishning umumiy masalasi
2.4. CHiziqli programmalashning umumiy masalasi


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov rahbarligida o`z siyosatida rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tishni eng ustivor yo`nalish deb tanladi. Bunda jahonda o`xshashi bo`lmagan rivojlanishning “O`zbek modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix uchun uncha katta bo`lmagan qisqa muddat ichida bu “O`zbek modeli” o`zining nechog’lik to`g’ri tanlanganligini va bugungi kunda natijalarini butun dunyoga ko`rsatib berdi. Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti jahonda juda kamchilik davlatlarda kuzatilayotgan yuqori sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Bu yutuqlar qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining va Internet imkoniyatlari tatbiq etilayotgan sohalarning ham o`ziga yarasha ulushi bor. Bunda mazkur sohalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va ustunliklar ancha qo`l kelmoqda.
XX asr ikkinchi yarmiga kelib insoniyat ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarni qo`lga kirita boshladi. Bunday yutuqlarning eng muhimlaridan biri elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga chiqish bo`ldi desak adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va axborot texnologiyalarning yangidan-yangi vakillarini ishlab chiqishga qaratilgan bo`lsa, ikkinchidan, bu sohadagi barcha yutuqlar nafaqat boshqa fanlarni, balki ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat, ma`rifat, ma`naviyat kabi barcha sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, asosiy xarakat mexanizmlaridan biriga aylanib ulgurdi. Uchinchidan, aholining turmush darajasining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Bugunga kunga kelib insoniyat axborot omili va axborot tarqatishda misli ko`rilmagan natijalarga erishib kelmoqda. Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q.
Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy mehnat predmetlari bo`lib kelgan. Davlatning qudrati esa, eng avvalo oltin zaxirasi, mehnat va tabiiy resurslari, xududi, joylashgan o`rni, aholi soni va shu kabilar bilan aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda.
Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:
- birinchidan, inson tomonidan to`planayotgan bilimlar hajmi nihoyatda yuqori sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan, XVIII asrlarda bu hajm har 50 yilda ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda har 5 yilda, hozirga kelib esa har 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda (eslatib o`tamiz, bu ham muvaqqat) .
- ikkinchidan, ushbu bilimlar manbasidan foydalanish samaradorligining o`sishi hamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan axborot hajmining ortib borishi mehnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishdan axborot muhitga qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Buni ayniqsa rivojlangan davlatlar misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Masalan, 1880 yilda AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 5 % ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 yilda esa 51 % ni tashkil etgan. Hozirda bu ko`rsatkich 60 % ni tashkil etmoqda .

SHunday qilib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda yangi - axborot resurslari tushunchasi ham sekin-asta etakchi o`rinlarni egallay boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar iqtisodi”, ”axborot sanoati” kabi tarmoqlar vujudga kelmoqda, axborot va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish tarmog’i esa shiddatli rivojlanuvchi va eng daromadli tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Agar sanoatlashgan jamiyatda kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin.


Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta ishlab chiqib, chetdan ko`proq zarur bo`lgan tabiiy resurslarni olib, tashqariga ko`proq g’oya, ilmiy texnikaviy bilimlarni va axborot texnologiyalarni sota boshladilar. Masalan, YAponiya, 1990 yillardan boshlab ko`proq mashinalar va qurilmalarni emas, balki yangi ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni, axborotlarni va axborot texnologiyalarni (“know-now”, ya`ni so`zma-so`z “bilaman, qandayligicha” ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota boshladi.
Endilikda "Ogoh bo`lsang olam seniki" degan ibora tobora ommalashib bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayonlariga nisbatan qo`yiladigan talablar tobora ortib va qat`iylashib bormoqda. CHunki, bu jarayonlarni amalga oshirishning sifati va tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda.
Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish yo`nalishlariga ko`ra, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning samarali qo`llanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning turli jabhalarida mavjud tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta`kidlaydi: “Bugungi kunda hayotimizni komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari, Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” .
Bunday xolatda ta`lim muassasalari bitiruvchilarini zamonaviy hayotga faoliyatga tayyorlash uchun ta`lim tizimni qayta ko`rib chiqishni, o`qitishning zarur xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ta`lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz ta`lim tizimi sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini, zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuter texnikasibilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish zarurligi asosiy vazifalardan biri deb etib belgilangan.
Ta`lim tizimida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalaridan biri masofaviy ta`lim tizimi, bu axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta`lim shaklidir. Masofadan o`qitish ta’lim jarayonida an`aviy o`qitish vositalari bilan birga innovatsion-komp’yuter texnikasi va telekomunikatsiyalarga asoslangan hamda ta`lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutug’lardan foydalaniladi.
Masofaviy ta`lim tizimining elektron axborot muhiti mamlakatimiz ta`lim tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi:
- ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish;
- aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish;
- xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish;
- ta`lim jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi;
- ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora- tadbirlari to`g’risidagi” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash borasida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi yutuqlarni joriy etishga doir izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Axborot asri deb nom olgan XXI asrda hayotimizning hech bir lahzasini axborot - kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zamon shiddatining o`zi bizni tezkorlik sari chorlamoqda. Bunda bizga zamonaviy texnika va texnologiyalar, Internet resurslari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qo`l keladi. Bugun bu masala davlat ahamiyati darajasiga chiqib ulgurdi. An`anaviy hukumatdan elektron hukumatga izchillik bilan, bosqichma-bosqich o`tib borar ekanmiz, say-harkatlarimizning asosi sifatida Internet resurslari va imkoniyatlarini majburiy rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi.



Download 193,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish