K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


K ic h ik b izn es va x u su siy ta d b irk o rlik faoliyatin i rivojlan tirish



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

11.5. K ic h ik b izn es va x u su siy ta d b irk o rlik faoliyatin i rivojlan tirish
a so sid a aholi b a n d ligin i ta ’m inlash y o 'lla r i
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo'nalishlardan biri - 
aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali 
mehnatga layoqatli aholini ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov bir qator ma’ruzalarida bugungi 
kunda asosiy ustuvor yo'nalish-aholini ish bilan ta’minlashni yanada 
yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi 
sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va 
kasanachilik 
sohalarini 
qo'llab-quvvatlash 
va 
rivojlantirishni 
rag'batlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o'tdilar.
Darhaqiqat oxirgi yillarda mamlakatimizda aholi bandligi va uning 
daromadlarini oshirish masalasini hal etish borasida ham salmoqli ishlar 
amalga oshirildi. 2010-yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish 
o'rni tashkil etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu 
yangi tashkil qilingan umumiy ish o'rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 
65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo'jaliklariga, 220 mingdan ortig'i 
kasanachilik sohasiga to'g'ri keladi.
Respublikamizda 
shaxsiy 
yordamchi, 
dehqon 
va 
fermer 
xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish dasturini 
amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda 
sezilarli natijalar bermoqda. Bu esa kam ta’minlangan aholini ijtimoiy va 
huquqiy himoyasini ta’minlash imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi va 
dehqon xo'jaliklarida qoramol boqish bilan band bo'lganlar sifatida 
ro'yxatga olingan fuqarolaming umumiy soni yil sayin ortib bormoqda.
Statistik ma’lumotlar ko'rsatishicha, bugungi kunda respublikamizda 
jami band bo'lganlaming 20 foizi davlat, 80 foizi nodavlat, shuningdek, 74 
foizi xususiy sohada mehnat qilmoqda. Ushbu statistik raqamlar tahlili 
davlat korxonalarida ishlovchilami soni qisqarib, xususiy sohada bandlikni 
ortishi yuz berayotganligini ko'rsatadi. Bu esa respublikamiz hukumati 
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib 
berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan


iqtisodiy islohotlami izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan dalolat 
beradi.
Iqtisodiy islohotlaming yangi bosqichida mamlakat aholisining ish 
bilan bandligi darajasini oshirish va mehnat bozorini tartibga solish 
sohasidagi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilmoqda. Ya’ni:
1. 
Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
negizida yangi 
ish 
o'rinlari 
yaratilmoqda.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochilib, 
bu faoliyat qizg'in qo'llab quvvatlanmoqda.
3. Aholining mehnat faolligini, oilaviy ijara, dehqon va fermer 
xo'jaliklarini rivojlantirish negizida aholining o'zini-o'zi ish bilan band 
qilish darajasi oshirilmoqda.
4.Aholining 
ish 
bilan 
bandligi 
va 
mehnat 
bozori 
takomillashtirilmoqda. 
Buning 
uchun 
zarar 
ko'rib 
ishlaydigan 
korxonalarni tugatish yoki ixtisosini o'zgartirish ishlari olib borilmoqda.
Fikrimizcha, ishchi kuchiga talabni oshishi bo'yicha iqtisodiy 
tadbirlardan eng asosiy si iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o'zgarishlarni 
amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish, 
mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan 
unumli 
foydalanish, 
ishlovchilaming 
moddiy 
va 
ma’naviy 
manfaatdorligini ko'tarish, soliqlami oqilona belgilash orqali erishiladi.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va 
xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni 
kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg'or 
texnologiyalarni tadbiq etish, bozor sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishi va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga 
davlat buyurtmasini belgilash, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag' bilan ta’minlash kiradi.
Bu tadbirlar qo'shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam 
investitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim 
o'rin 
egallaydi. 
Kichik 
biznesni 
rivojlanishi 
mablag'lar 
bilan 
ta’minlashning manbalari bo'lib mahalliy budjet, bandlikka ko'maklashish 
jamg'armasi va biznes fond mablag'lari hamda xususiy tadbirkorlaming 
shaxsiy jamg'armalari xizmat qiladi. Bugungi kunda ayniqsa, mintaqalarda 
aholi bandligi, ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan ta’minlash masalalarini 
o'rganishni hayotni o'zi taqozo etmoqda.
Respublikamizda mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang'ich 
tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo'sh o'rinlar miqdori va 
tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo'lmagan aholini ishga


joylashtirish va qayta o'qitish, bandlikka ko'maklashish jamg'armasini 
tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shug'ullandilar, kichik biznes hamda 
xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yo'li bilan 
yangi ish joylarini yaratishga muayyan moliyaviy yordam ko'rsatildi. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo'jaligida tarkibiy islohotlar 
amalga oshirilib xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida ijtimoiy-mehnat 
munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar.
Keyingi 10 yil davomida o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim 
tizimida 100 dan ziyod yo'nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb 
bo'yicha professional ta’lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega 
bo'lgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.
Yuqoridagilarga asoslanib, respublikamiz va uning mintaqalarida 
aholini bandligini oshirish, ishchi kuchidan samarali foydalanishda 
quyidagilami amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- ma’lumki, mamlakatimizda aholining 62,5 foizidan ko'prog'i 
qishloq joylarida yashaydi. Shunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining 
ham shuncha qismi qishloq aholisi hisobiga to'g'ri keladi. Shuning uchun 
qishloq aholisining faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab 
qilinadi;
- ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir 
masala - yoshlami, bo'lg'usi kadrlami tayyorlash sifati bilan bog'liq. 
Tabiiyki, bu borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash 
tizimi qanday tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala 
umumiy o'rta va o'rta maxsus ta’limni isloh qilish tizimining eng dolzarb 
vazifasi bo'lmog'i zarur. Litsey va kollejlarimizda ta’lim jarayonlariga 
oliy o'quv yurtlarining tajribali amaliyotchi va o'qituvchilarini yanada 
keng va faol jalb etish lozim;
- ijtimoiy yo'naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan yilga 
kengaytirib borib, ular tomonidan o'tkazilayotgan mehnat yarmarkalar ini 
muntazam o'tkazilishini ta’minlash zarur;
- ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam 
rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini 
takomillashtirish lozim;
- respublika va uning mintaqalarida yangi ish joylarini tashkil etish, 
aholi bandlik darajasini oshirish va ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadli 
foydalanish bo'yicha chuqur iqtisodiy islohotlami og'ishmay amalga 
oshirish zarur;
- aholini oqilona bandligini takomillashtirish maqsadida amalga 
oshirilayotgan dasturlaming monitoringini muntazam olib borish lozim;


-qayta ishlash sanoati, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish 
joylarini yaratish kerak;
- ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini 
ta’minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish lozim;
- xizmat ko'rsatish sohalarini mahalliy va xorijiy samarali texnika va 
texnologiya bilan ta’minlash darkor;
- mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligi jarayonlarini tartibga 
soluvchi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish 
lozim.
Shu bilan birga mamlakat mehnat bozori rivojlanishida qator 
muammolar mavjud bo'lib, ulardan eng muhimi mehnat resurslarining 
salmoqli qismini tashkil etuvchi yoshlaming ish bilan bandligini 
ta’minlash muammosidir.
Prezident 
I.A.Karimov 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo'lib o'tgan majlisida umuman 
aholini, shu jumladan yoshlami ish bilan ta’minlash, jumladan, shahar, 
viloyatlardagi yoshlami kollejni bitirganlaridan so'ng o'z sohalari 
bo'yicha ish topishlarini ta’minlash borasida maqsadli rejalar tayyorlash va 
uni amalga oshirish masalalarini o'rganib chiqishni, “korxona-kollej” 
aloqalarini yo'lga qo'yishni qo'llab-quvvatlash to'g'risida so'zladilar.
Mehnat bozorida yoshlar guruhining boshqa guruhlarga qaraganda 
betakrorligi shundaki, aynan yoshlar mehnat bozoriga ilk bora kirib 
boradilar. Ular mobil, yangilikka tez o'rganuvchan, o'z kuchiga 
ishonuvchan, lekin yoshlaming ish bilan bandligini ta’minlash borasida 
bajarilayotgan ishlardagi xatoliklar va kamchiliklar ulaming sohalariga 
mos ish topishlari, hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli ish haqi 
bilan ta’minlanmasliklariga olib keladi. Hozirgi davrda yoshlarni ish bilan 
ta’minlash borasida bir qancha muammolar mavjud, jumladan:
- ko'pchilik yoshlar o'zlari hali qanday firma yoki kompaniyada 
ishlashni xohlashlarini ko'z oldilariga keltira olmaydilar, ya’ni qanday 
ishni tanlashni aniq bilmaydilar;
- yoshlar ham, davlat ham o'qitish vaqtida ancha vaqtni oladilar, 
lekin shunga qaramasdan oliy o'quv yurtlarida olingan bilim hamma 
sohada ham yetarlicha bo'lavermaydi;
- yoshlaming mehnat bozorida raqobatbardosh emasligi natijasida ish 
beruvchilar ularni yollashni hohlamaydilar, ko'pincha ular kamida 3 yillik 
ish stajiga ega bo'lganlarni olishni xohlaydilar.


Bu muammolami hal qilish maqsadida bir qancha chora-tadbirlarni 
amalga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 28-iyulda 
qabul qilingan “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik 
faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 
farmoni yoshlaming ish bandligini ta’minlash muammolarini hal qilishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda O'zbekistonda yoshlami ish bilan ta’minlash va 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun sharoit yaratilmoqda. 
Jumladan, 2010-yilda yurtimizning kasb-hunar kollejlarini 400 ming 
nafardan ziyod yigit-qiz bitirdi. Ulami ish bilan ta’minlashda ta’lim 
muassasalari va korxona, tashkilotlar o'rtasida yo'lga qo'yilgan 
shartnomaviy munosabatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
2 0 1 0
-yilning 
iyul-noyabr oylarida o'tkazilgan olti yuzga yaqin mehnat yarmarkasi 
samarasida oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini 
tamomlagan yigit-qizlaming aksariyati ish bilan ta’minlandi. Ko'rilgan 
chora-tadbirlar natijasida, 784 mingta ish o'm i tashkil etildi.
Bu jarayonda 
kichik 
korxonalar, 
mikrofirmalar 
tomonidan 
bitiruvchilami ishga qabul qilish muhim o'rin tutadi. 
2 0 1 0
-yil davomida 
17 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmaga qirq mingga yaqin 
bitiruvchi ishga joylashtirildi35.
Mamlakatimizning yoshlar mehnat bozorida talab va taklif 
muvozanatini ta ’minlash maqsadida ulaming tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug'ullanishini rag'batlantirish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga 
oshirish lozim:
- yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish bo'yicha me’voriy 
hujjatlarni takomillashtirish;
- yosh tadbirkorlarga moliya-kredit va homashyo resurslarini 
olishlarida yordam berish tizimini shakllantirish;
- yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish;
- ulaming tashqi iqtisodiy faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish uchun 
qo' llab-quwatlash;
- yosh tadbirkorlami bozor konyunkturasi, hom-ashyo va moliyaviy 
resurslar bozori bo'yicha axborot bilan ta’minlovchi infratuzilmani 
shakllantirish;
-yosh tadbirkorlami tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish tizimini yanada rivojlantirish.



Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish