28
Ularning asosiy ko’rsatkichlari 1.5-jadvalda keltirilgan.
1.5-jadval
Nafas olish klapanlarining texnik ko’rsatkichlari.
Ko’rsatkichlar
Klapan markalari
SMDK-50
SMDK-100
PPR-50
PPR-40
O’tish
joyining
shartli
diametri, mm.
50
100
50
40
O’tkazish qobiliyati, m
3
/soat
25
25-100
26
16
Og’irligi, kg
12,0
19,0
2,2
1,5
Ishga tushish bosimi, Mpa
0,002-0,02
0,002-0,02
0,04
0,04
Ishga tushish so’rilishi, Mpa
0,002-
0,003
0,002-0,003
0,01
0,01
Nafas olish klapanlari sig’imda bosim me’yordan ortishi bilan ochilib, ortiqcha
havo va yonilg’i bug’larini
tashqariga chiqarsa, bosim pasayib, so’rilish hosil
bo’lganda tashqaridagi havoni ichkari kiritadi.
Klapanlar ikki tartibda ishlaydi: sig’imlarni to’lg’azish
paytida - u katta nafas
chiqarish deyiladi hamda tun-kun davomida harorat o’zgarishi tartibida, u kichik
nafas chiqarish deyiladi.
Ushbu klapanlar hozircha har bir sig’imga o’rnatiladi,
lekin ularni bir necha
sig’imlarni birlashtiruvchi, tarkibiga yonilg’i bug’larini qayta yig’uvchi tizimidan
keyin ham o’rnatish mumkin.
Yonilg’i mahsulotlari uchun sig’imlarning yana
bir muhim qismi bu ularning
ustki bo’yin qismidir. Bu qismning o’lchami zarur holatlarda sig’im ichiga tushish
imkoniyatini berishi shart. Bu yerda sig’im o’qiga nisbatan tik o’rnatilgan o’lchash
trubasi ham mavjud bo’lib, u uchqun chiqarmaydigan rangli metalldan yasalgan
qopqoq bilan yopiladi. Sig’imdagi yonilg’i sathini o’lchash
paytida qopqoq ochilib,
truba ichiga o’lchagich asbob, metrshtok yoki lot-ruletka tushiriladi. O’lchash
trubasining tikligi o’lchovni bexato amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ushbu teshik maxsus paronit yoki B markali rezinadan tayyorlangan zichlagich
qo’yib metall qopqoq bilan mahkam yopiladi.
Sig’imlar ichki yuzasini zangdan saqlash uchun ruxlangan qatlam tashkil
etiladi, yoki ХS – 717 kabi epoksidli bo’yoq bilan, agar ular yer ostiga to’la
ko’miladigan bo’lsa bitumli mastikalar, NG-216,
movil kabi zangga qarshi
qoplamalar bilan ishlov beriladi.
Sig’imlarnig yaxshi ko’rinadigan joyida ularni ishlab chiqargan korxonaning
nomi, sig’im turi, nomeri, ishlab chiqarilgan sanasi, hajmi, massasi,
ishchi bosim
ko’rsatilgan jadval qotirilgan bo’lishi, keyinchalik o’tkazilgan sinovlarning sanalari
devoriga tushirilgan bo’lishi kerak.
Yer ustiga o’rnatilgan sig’imlarda quyosh nurlaridan qizishini va yonilg’i
bug’lanishini oldini olish maqsadida ularni oq, yoki boshqa och ranglarga bo’yash
29
tavsiya etiladi. Bunda issiqlik qaytaruvchi PF 5135 va PF-5144 emallardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1.6-jadvalda bo’yoq ranglarining quyosh nurlarini
qaytarish darajasi
ko’rsatilgan.
1.6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: