21
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Men o‘z fikrimda qolaman, –dedi Benedikt tog‘a. –
Bizning oldimizdagi narsa, hech shakshubhasiz,
dengiz
hayvoni.
– U holda u mis kit ekan-da, –
dedi kapitan Gul, – of-
tobda yarqirashini qaranglar-a.
– Kit bo‘lganda ham, Benedikt tog‘a, har holda o‘lik kit
ekan, – dedi missis Ueldon, – chunki sira qimirlamasdan
jim yotipti.
– Nima qipti, jiyan, – deb e’tiroz bildirdi biz ning qaysar
olimimiz, – dengiz ustida uxlab yotgan kitni uchratgan
kemalar ozmunchami, axir!
– Bu juda to‘g‘ri, – dedi kapitan Gul, – lekin har holda
bizning oldimizdagi narsa uxlab qolgan kit emas, kema.
– Ko‘ramiz-da, – dedi tog‘a.
O‘rni kelganda shuni aytib o‘tish kerakki, Benedikt
tog‘a kitlarga hech bir qiziqmas edi, u bu tun shimoliy
hamda janubiy muz dengizlaridagi kitlardan bironta
nodir hasharotini afzal ko‘rar edi.
– O‘ngroqqa, Bolton, o‘ngroqqa! – deb qichqir di kapitan
Gul rul boshqaruvchiga. – Unga bir kabeltovdan yaqinroq
borma. Bizlar-ku unga
hech bir zarar yetkazmaymiz-a,
ammo u «Piligrim»ni mayib qilsa, ish chatoq bo‘ladi.
O‘ngroqqa yuraver!
Shundan keyin «Piligrim» biroz o‘ngdan yura boshladi.
«Piligrim» falokatga uchragan kemadan bir milcha
berida edi. Matroslar yonboshlab qolgan kemaga hadeb
tikilishgani tikilishgan edi. Ehtimol, uning omborlarida
qimmatli narsalar bordir? Ehtimol, ularni «Piligrim»ga
ortib olish mumkin bo‘lar? Ma’lumki, g‘arq bo‘layotgan
kemadagi yukni qutqazib olganlik uchun o‘sha yukning
uchdan bir qismi baravarida mukofot beriladi. Basharti,
ombordagi narsalar suv tagida qolib buzilmagan bo‘lsa,
«Piligrim»dagilar butun bir mavsumlik daromadni bir
kunda qoplab olishlari mumkin.
Chorak soatdan keyin «Piligrim» dengiz ustida qalqib
turgan narsadan yarim mil berida edi.
22
Jyul Vern
Endi hech qanday shak-shubha qolmadi: bu narsa
yon tomonga qiyshayib qolgan kema ekan. Uning pa-
lubasi qariyb tik turib qolgandi.
Takelajdan hech bir asar
qolmabdi. Remaning tanasida katta bir teshik ko‘rinib
turibdi. To‘sin hamda ustiga qoqilgan tunukalar o‘sha
teshik ichiga qayrilib kirib ketibdi.
– Bu kema qandaydir boshqa bir kema bilan urishib
ketgan ekan! – deb xitob qildi Dik Send.
– To‘g‘ri, hech shubhasiz shunday bo‘lgan, – deb
tasdiqladi uning fikrini kapitan Gul. – Hammadan ham
uning o‘sha zahotiyoq cho‘kib ketmaganiga hayronman.
Buni mo‘jiza desa bo‘ladi!
– Bu bilan urishib ketgan kema undagi hamma
odamlarni olib ketgan bo‘lsa kerak, – dedi missis Ueldon.
– Ha, shunday bo‘lsa kerak, missis Ueldon, –
deb javob
qaytardi kapitan Gul. – Ammo
falokatdan keyin undagi
odamlar o‘z qayiqlariga tushib jon saqlagan bo‘lishlari
ham ehtimoldan xoli emas. Afsuski, dengiz hayotida,
kemalar urishib ketgan vaqtda, aybdor taraf falokatga
uchragan tarafga yordam berish o‘rniga, bemalol o‘z
yo‘liga qarab ketavergan hollar ko‘p bo‘lgan.
– Yo‘g‘-ey, kapitan! Bu juda insongarchilik doirasidan
chiqib ketish bo‘ladi-ku!
– Afsuski, shunday hollar juda ko‘p bo‘ladi, missis Uel-
don. Bu kemada bitta ham qayiq qolmaganiga qaraganda,
undagi odamlar o‘sha qayiqlarga tushib jo‘nab qolgan
desa bo‘ladi. Ehti mol, u bechoralarni duch kelgan biron
kema olib ketgan chiqar. Qayiqda
bu yerdan quruqlikka
yetib olish amrimahol, chunki dengizdagi orollar o‘rta-
sidagi masofa ham, Amerika qit’asi ham juda uzoqda.
– Bu falokatning sirini, qachon bo‘lsa-da, bilib bo‘lar-
mikan? – deb so‘radi missis Ueldon. – Siz nima deb o‘ylay-
siz, kapitan Gul, u kemada bironta odam qolganmikan?
– Bo‘lmasa kerak deyman, missis Ueldon, – deb javob
qaytardi kapitan. – Agar odam bo‘lsa edi, allaqachon biz-
ni ko‘rib biron ishora qilardi. Har holda, biz hozir buni