26
Jyul Vern
Qayiqni qulay joyda to‘xtatmoq uchun ular botgan
kemadan bir necha fut beriga burildilar. Buni fahm-
lab qolgan it, o‘zini qutqazgan bu odamlar kemaga
chiqmasdan jo‘nab ketishayotibdi, deb o‘ylagan bo‘lsa
kerak. Dikning
etagini tishlab tor tib, yana qattiqroq
vovillay boshladi.
Itning bu qiliqlari va hurishidan hamma narsa o‘z-
o‘zidan ma’lum bo‘ldi.
Qayiq kema yoniga kelib to‘xtadi. Matroslar uni
kemaga bog‘lashdi. Kapitan Gul bilan Dik Send ke ma
palubasiga chiqdilar. Ular emaklab yurib, ikkita siniq
machta orasidagi markaziy lyukka zo‘rg‘a yetib olishdi.
It ham ularning ketidan ergashib yurar edi. Keyin ular
tryumga tushdilar.
Yarmigacha suv
bosgan tryumda hech qanday
mol-mato yo‘q edi. Kemaning ballasti qum ekan: hozir
qum kemaning bakbortiga yig‘ilib qolipti va o‘zining
og‘irligi bilan kemani bir tomonga qiyshaytirib yuboripti.
Qimmatli narsa bordir degan umidlar puchga chiqdi.
Unda qutqazib olinadigan hech narsa yo‘q ekan.
– Bu yerda hech kim yo‘q, – dedi kapitan Gul.
– Ha, hech kim yo‘qqa o‘xshaydi, – deb uning gapiga
qo‘shildi yosh matros, omborning yanada ichkarirog‘iga
kirarkan.
Ammo palubada qolgan it, bu yoqqa qaranglar, de-
ganday qilib yana vovillay boshladi.
– Bu yerda hech narsa yo‘q, yur, yuqoriga chiqaylik!
– dedi kapitan Gul.
Ular yana palubaga chiqishdi.
It, mening ketimdan yuringlar, deganday qilib, ke-
maning
quyruq tomoniga, yutga qarab surila boshladi.
Odamlar ham uning ketidan ergashdilar.
Kubrikda besh kishi yotardi, bu besh kishi emas,
beshta murda bo‘lsa kerak.
Ochiq turgan eshikdan kirayotgan kunduzgi yorug‘lik-
da kapitan Gul ularning hammasi negr ekanini ko‘rdi.
27
«O‘n besh yoshli kapitan»
Hammasining tepasidan bir-bir aylanib chiqqan Dik
Sendga u bechoralar hali nafas olayotganday tuyuldi.
– Ularni «Piligrim»ga olib ketamiz, – dedi kapitan Gul.
Qayiqda qolgan matroslarni yordamga chaqirishdi.
Ular falokatga uchraganlarni kubrikdan olib chiqdilar.
Bu oson ish emas edi. Lekin bir amallab beshovini
ham qayiqqa olib chiqishdi. Ularning hech biri ham
hushiga kelmadi. Ammo kapitan Gul, bir necha tomchi
dori bilan bir necha qultum suv ichirilsa, ularga jon
kirib qolar, deb umid qilar edi.
«Piligrim» atigi yarim kabeltov masofa narida turgani-
dan, qayiq birpasda kemaga yetib keldi.
Gorden yordami bilan bu sho‘rliklarni «Pilig rim»ning
palubasiga olib chiqishdi. Itni ham esdan chiqarishmadi.
– Voy, sho‘rliklar-ey! – deb
xitob qildi beshta harakat-
siz jasadni ko‘rgan missis Ueldon.
– Ular tirik ekan, missis Ueldon! Hali tirik ular,
qutqazamiz ularni! – dedi Dik.
– Nima bo‘pti ularga? – deb so‘radi Benedikt tog‘a.
– Birpas turinglar, hushiga kelishsin, keyin ham-
masini o‘zlari gapirib berishadi, –
deb javob qaytardi
kapitan Gul. – Avval ularga suv ichirish kerak, ozroq
rom
8
ham.
Shundan keyin u kambuz tomonga qarab ovozining
boricha:
– Negoro! – deb chaqirdi.
Bu nomni eshitgan it orqasini bukchaytirdi, yunglari
hurpaydi va qattiq irillab qo‘ydi.
Oshpazdan darak yo‘q edi.
– Negoro! – deb yana qattiqroq chaqirdi kapi tan Gul.
It yana g‘azab bilan irillab qo‘ydi.
Negoro kambuzdan chiqib keldi.
U bir qadam ham bosganicha yo‘q ediki, it uning
bo‘g‘ziga yopishdi.
8
Rom – bir xil ichimlik.
28
Jyul Vern
Portugaliyalik ehtiyotdan qo‘liga temir kosov ushlab
chiqqan ekan – o‘sha bilan itga hamla qilib qoldi. Ikkita
matros itni zo‘rg‘a ushlab qolishdi.
– Siz bu itni tanirmidingiz? – deb so‘radi ka pitan Gul
oshpazdan.
– Menmi? – deb qaytarib so‘radi Negoro. – Sira ko‘rgan
emasman...
– Ajab, – deb shivirlab qo‘ydi Dik Send.
Do'stlaringiz bilan baham: