88
Jyul Vern
qadrlar edi. Dik har kuni «Piligrim»ning o‘tgan kunlar
ichida qancha yo‘l yurganini unga xaritadan ko‘rsatib
berar edi. Dik o‘z hisoblarini kemaning yo‘nalish tomoni
bilan uning o‘rtacha tezligiga asoslanib chiqarar edi.
– Mana ko‘ring,
missis Ueldon, – derdi u yosh ayolga,
– agar shamol shunday o‘ng kelib tursa, biz tezda Ameri-
ka qirg‘og‘iga yetib olamiz. Menimcha, biz chiqadigan
qirg‘oq Valparaisodan uzoqda bo‘lmasa kerak deyman.
Missis Ueldon «Piligrim»ning to‘g‘ri yo‘ldan ketayot-
ganiga hamda shimoli-g‘arb tomondan esgan yo‘lovchi
shamol kemani maqsadiga olib borishiga aslo shubha
qilmas edi. Ammo bu maqsadga yetish payti unga juda
uzoqday ko‘rindi. Kema quruqlikka chiqqaniga qadar
hali yo‘lda qanday xavf-xatarlar bo‘lishi mumkin, havo-
da ham, dengizda ham ko‘pgina xatarli o‘zgarishlar
bo‘lishi turgan gap.
Shu yoshdagi boshqa bolalar singari beg‘am bo‘lgan
Jek, kun bo‘yi palubada o‘ynar,
u yoqdan-bu yoqqa
chopar va Dingo bilan o‘ynashar edi. U Dikning avval-
gidan ko‘ra kamroq e’tibor berib qolganini fahmladi,
ammo missis Ueldon unga Dikni ishdan qo‘ymaslikka
o‘rgatdi va gapga kiradigan bu bola «kapitan Send»ga
ko‘pam osilavermadi.
«Piligrim» kemasida hayot ana shunday o‘tar edi.
Negr lar matroslik hunariga asta-sekin o‘rgana bosh-
ladilar... Keksa Tom botsmanlik vazifasini bajardi.
Yosh kapitan dam olgan vaqtlarda navbatchilikka Tom
boshchilik qildi: Bat bilan Ostin ham u bilan birga
nasbatchilik qilardilar; Akteon bilan Gerkules Dik Send
boshchiligida ikkinchi vaxtada ishlardilar. Shunday
qilib,
bittasi shturval oldida tursa, qolgan ikki kishi
kema tumshug‘ida navbatchilik qilardilar.
Kema okeanning bo‘m-bo‘sh qismida bo‘lganidan
boshqa kema bilan to‘qnashishdan sira qo‘rqmasa ham
bo‘lardi. Ammo Dik Send navbatchilardan juda hushyor
bo‘lishni talab qildi. Qorong‘i tushish bilan u ishora chir-
89
«O‘n besh yoshli kapitan»
oqlarini yoqishga buyurar edi; o‘ng tomonga ko‘k chiroq
va chap tomonga qizil chiroq yoqtirar edi.
Dik Send kechani kechaga ulab shturval yonida vaqt
o‘tkazar edi. Ba’zan u juda qattiq holdan ketib qolar,
lekin
shunda ham shturvalni qo‘ldan chiqarib yubormasdan
mahkam ushlardi.
Bu qattiq charchaganlik natijasi bo‘lib, lekin buni hech
kimga bildirmas edi.
Shunday bo‘lsa ham 13-fevraldan 14-fevralga o‘tar
kechasi Dik bir necha soat dam olishga majbur bo‘ldi.
Shturvalda navbatchi bo‘lib keksa Tom qoldi.
Osmonning hamma yog‘ini qora bulut qopladi. Kecha
shunaqangi qorong‘i ediki, palubadan turib yuqoridagi
yelkanlarni ko‘rib bo‘lmas edi. Gerkules bilan Akteon
kemaning burun tomonida navbatchilik qilar edilar.
Kema quyrug‘idagi kompas qo‘yilgan shkafchada
shturval g‘ildiragining ma’dan qismlariga xira yorug‘
tushib turar edi. Ishora chirog‘i juda balandga qo‘yilgani-
dan kemaning sahni qop qorong‘i edi.
Kechasi soat uchlarda,
uzoq navbatchilikda turgani-
dan charchab qolgan Tom turgan joyida mudrab ketdi. U
palubadan yugurib kelayotgan qandaydir soyani ko‘rmay
qoldi.
Bu Negoro edi.
Kema oshpazi astagina pisib kompas yoniga keldi-da,
o‘zi bilan olib kelgan qandaydir og‘ir bir narsani shkaf-
chaning tagiga tiqib qo‘ydi.
U shkafdagi chiroqning shu’lasi tushib turgan xari-
tachaga birpas qarab turdi-da, keyin yana ohistagina
g‘oyib bo‘ldi.
Tom ham va boshqa navbatchi matroslar ham buni
ko‘rmay qoldilar.
Basharti, Dik Send ertalab Tom o‘rniga kelganidan keyin
Negoro tomonidan shkafcha tagiga qo‘yilgan narsani ko‘rib
qolganida edi, darrov uni olib tashlagan bo‘lardi, chunki
Negoro kompas tagiga bir bo‘lak temir qistirib qo‘ygan edi.
Bu temir kompasning strelkasini o‘ziga tortar edi.
90
Jyul Vern
Magnit qutbini, ya’ni shimol tomonni ko‘rsatish o‘rniga
strelka to‘rt rumb miqdorida bir yoqqa surildi va endi
shimoli-sharq tomonni ko‘rsata boshladi.
Tom tezda ko‘zini ochdi. U kompasga bir qaragan edi,
ko‘rsa, «Piligrim» yo‘lidan adashibdi. Boshqacha o‘ylash-
ning hojati ham yo‘q edi.
Tom kemani to‘ppa-to‘g‘ri
sharq tomonga burib yubor-
ish uchun shturval g‘ildiragini aylantirdi. Endi kema-
ning burni janubi-sharqqa burildi, chunki kompasning
strelkasi surilgan edi, buni esa navbatchi haydovchi
bilmagan edi.
Shunday qilib, «Piligrim» to‘g‘ri yo‘ldan 45° chetga
burildi va avvalgi tezligi bilan oldinga qarab yuraverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: