79
«O‘n besh yoshli kapitan»
tezlik bilan yurayotganini ko‘rsatardi.
Lag esa kemada
katta foyda keltiradi, shu bilan birga, bu asbob juda oddiy
bo‘lgani sababdan uni ishlatishga «Piligrim»dagi tajribasiz
yangi matroslarni o‘rgatish ham qiyin bo‘lmaydi.
Ammo xato qilib qo‘yishga olib boradigan yagona
manba bor edi, u ham bo‘lsa, okean oqimi edi.
Kompas bilan lag oqim kuchini hisobga olmaydi.
Kemaning ochiq dengizda qayerda turganligini faqat
astronomik kuzatish yo‘li bilan aniq bilish mumkin.
Afsuski, yosh kapitan astronomiya
usuli bilan kuzatib,
joyni aniqlash yo‘lini hali bilmas edi.
Boshda Dik Send «Piligrim»ni Yangi Zelandiya sohillari-
ga qaytarish fikri tug‘ildi. Bu yo‘l yaqin roq edi ham. Agar
doim teskaridan esib turgan shamol o‘zgarib, orqadan
esib qolmaganda edi, ehtimol, yosh kapitan xuddi shun-
day qilgan bo‘lar edi. Shu sababdan Amerika tomonga
yo‘l olish ma’qulroq bo‘ldi.
Endi shamol o‘z yo‘nalishini deyarli 180° o‘zgartirib
yubordi, ya’ni shimoli-g‘arb tomonidan esdi hamda bor-
gan sari kuchayganday edi. O‘ng‘ay
shamoldan foyda-
lanib mumkin qadar ko‘proq yo‘l yurib qolish kerak edi.
Dik Send kemani eng katta tezlik – bakshtagga
qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Shxuna-briglardagi fok-machtada to‘rtta to‘g‘ri yel-
kan bo‘ladi: machtaning eng pastida, fok-machtaning
stenga qismida – marsel, bramstengada, – bramsel va
bom-bram-stengada – bom-bramsel yelkanlari.
Grot-machtada yelkanlar kamroq bo‘ladi: mach taning
pastki bo‘g‘inidagi og‘ma grot, uning ustida esa – topsel
yelkanlari.
Bu ikki machta orasida shtangalarda (bu shtangalar
grot machtani mahkamroq
ushlash uchun old tomon-
dan tirab qo‘yiladi) ham uchta og‘ma staksel yelkanlarni
ko‘tarsa bo‘ladi.
Nihoyat, bushpritda – kema burnidagi qiyshiq machta-
da ham uchta kliver: tashqi, ichki va bomkliver yelkanlari
ko‘tariladi.
80
Jyul Vern
Kliver, staksel, og‘ma grot va topsel yelkanlarini reya
ustiga chiqmay, palubaning o‘zida turib ham osongina
ochish yoki yig‘ib olish mumkin. Biroq fok-machtadagi
yelkanlarni ochish uchun ancha tajribali bo‘lish kerak.
Bu machtadagi yelkan lar bilan ish ko‘rish
uchun vant-
lardan ko‘tarilib stenga, bram-stenga yoki bom-bram-
stenga ustiga chiqish kerak bo‘ladi. Machtaga faqat yel-
kanlarni ochish uchungina chiqilmaydi, yelkanlarning
shamol kelib uriladigan qismini biroz toraytirish zarur
bo‘lganda ham chiqiladi, bu operatsiyani dengizchilar
– «rifga olish» deb ataydilar. Shuning uchun matroslar,
yuqoridagi to‘sinlarga bog‘langan
arqon narvonlardan
o‘rmalab yuqoriga chiqa boshlashlari va bir qo‘l bilan
arqonni ushlab turib, ikkinchi qo‘l bilan ish qila olish-
lari lozim. Ayniqsa, o‘rganmagan kishilar uchun bu
juda xavfli ish, chunki matros yuqoriroqqa chiqqan
sari to‘lqinda chayqalib turgan kemaning tebranishi
ko‘proq
seziladi, bundan tashqari, yelkanga kelib
birdan urilgan shamol matrosni dengizga uloqtirib
tashlashi mumkin.
Xayriyatki, shamol qattiq bo‘lmay, dengizdagi to‘lqin
uncha ham kuchli emas edi.
Dik Send kapitan Gulning ishorasiga muvofiq, «Pi-
ligrim»ni falokat joyiga haydayotganidagi og‘ma grot,
kliver, fok va marsel yelkanlari ko‘tarilgan edi. Endi kema
tezligini bakshtagga
yetkazish uchun bramsel, bom-bram-
sel, topsel va staksel yelkanlari ko‘tarilsa kifoya edi.
– Do‘stlar, – dedi yosh kapitan yordamchilariga, –
mening buyruqlarimni aniq bajarsangizlar, ishimiz yu-
rishib ketadi.
Dik Send shturval yoniga kelib, buyruq bera boshladi:
– Tom, arqonlarni bo‘shating!
– Yechib tashlaymi? – deb so‘radi Tom, qo‘liga arqon
ushlaganicha nima qilishini bilmasdan.
– Yo‘q! Biroz bo‘shatsangiz bas!
– Ha, tushundim!