Jurnalistikaga


(arabcha   -  yaratilm ish  degan  m a ’noni  bildiradi)



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(arabcha
  - 
yaratilm ish  degan  m a ’noni  bildiradi)
  m aiu m   hududda 
yashovchi,  o ‘z tarixi,  taqdiri,  manfaati  bilan  birlashgan  odamlaming  katta 
yig‘indisidir.  Masalan,  o ‘zbek  xalqi,  rus  xalqi,  O'zbekiston  xalqi,  dunyo 
xalqlari  va  hokazo.  Xalq  bir  millatdan  yoki  birnecha  millatdan  iborat 
bo iishi  mumkin.  Barcha  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ju g ‘rofiy,  ekologik 
muammolar  va  masalalar  shu  hududda yashovchi  xalqqa tegishlidir.  Xalq 
insoniyatning  bir  b o ia g i  sifatida  umuminsoniy  va  o ‘zigagina  tegishli 
b o ig an   maniaatlarga ega.
Binobarin  ana  shu  hududda  yashovchi  xalqqa  tegishli  b o ig an  
jurnalistika  xalqchillik  tamoyiliga  amal  qilishi,  y a’ni  o ‘sha  xalq 
manfaatlari  va  maqsadlari  y o iid a   xizmat  qilishi  lozim.  Bu  tamoyilning 
talabi  shundan  iboratki,  har  bir  jurnalistika  nashri,  har  bir  ommaviy 
axborot  vositasi  o ‘z  xalqining  manfaati,  tarixi,  madaniyati,  taraqqiyoti 
masalalarini  keng  yoritishi,  uning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy- 
mri  Aaviy  yuksalishiga  xizmat  q ilm o g i  shart.  Bu  jurnalistikaning  o ‘z 
ijtimoiy  vazifalarini  bajarishi,  y a’ni  ijtimoiy  hayotni,  xalq  hayotini  to la  
aks  ettirish,  tahlil  qilish  va  unga  qaytadan  ta ’sir  ko‘rsatishining  asosi 
hisoblanadi.  Jurnalistika xalqning  kundalik  fikr  va  tuyg‘ularining  aniq  va
116


yangroq  lfodasi  boiishi'  lozim.  U   xalq  orasida  b o iish i  hamda  xalqning 
umid va tashvishlari, quvonch va dardini teng baham ko‘rishi shart. Har bir 
jurnalistika  nashri,  ommaviy  axborot  vositasi  xalqdan  ajralmasligi,  unirig 
hayotiy  muammolarini  ochiq,  xolis  bayon  qilishi,  xalq  orzu-umidi,  fikr- 
tuyg‘ularining  haqiqiy  ifodachisi  b o im o g i  kerak.  Xalq  hayotim  buzib, 
xaspo‘shlab yoritish,  yakka shaxs, yakka g ‘oyaga xizmat qilish kabi hollar 
jumalistikaning  o ‘z  ijtimoiy  vazifalarini  bajara  olmasligiga,  xalqning 
noroziligi  va  inkoriga  sabab  bo ‘ladi.  Unday  jurnalistika  nashrini  xalq 
o ‘qimaydi,  ommaviy axborot vositalaridan yuz o ‘giradi.
Xalqchillik  tamoyili  har  bir  jumalistdan,  publitsistdan,  har  bir 
ijodkordan  o ‘zining  butun  ijodi,  qalb  qo‘rini  xalqiga  bag‘ishlashni,  butun 
umr xalqiga xizmat qilishni talab etadi.  Har bir qalam sohibi o ‘z asarlarida 
xalqning  hayoti,  mehnati,  tashvishi,  quvonchi,  orzu-umidlarini  keng, 
haqqoniy tasvirlashi  lozim.  Xalqchillik publitsistika va badiiy ijodning eng 
muhim talabi,  har  qanday  asaming hayotiyligi,  umrboqiyligini  belgilovchi 
asosiy  va bemurosa mezondir.  Xalq ruhi,  uning dilidagilarni  ifoda etuvchi 
va yuksak  mahorat  bilan yozilgan  asarlargina  umrboqiy  b o iish i  mumkin. 
Agar  jurnalist,  publitsist,  ijodkor  xalqchillikka  erisha  olmas  ekan,  hech 
qachon  xalq  nazariga  tushmaydi,  xalqning  hurmat-e’tiborini  qozona 
olmaydi.
Xalqchillik  tamoyilining  aniq  ko‘rinishlaridan  biri  -   milliylikdir. 
Binobarin jurnalistika milliylik tamoyiliga ham amal qilishi lozim.
“Millat-kishilarning  yagona  tilda  so‘zlashishi,  yaxlit  hududda 
istiqomat qilishi,  mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi,  umumiy  madaniyat 
va  ruhiyatga  ega  bo‘lishi  asosida  tarixan  tashkil  topgan  barqaror  birligi” 
(“0 ‘zbek tilining  izohli lug‘ati”.  Т.,  2006.  2-jild.  593  b.).  Masalan,  o ‘zbek 
millati, 
rus 
millati 
va 
hokazo. 
Milliylik 
xalqchillikning, 
umuminsoniylikning  mushtarak  bir  tarkibiy  qismi,  muayyan  ko‘rinishi 
ekan,  shu  millat  hududida,  shu  millat  tilida  chiquvchi  jurnalistika  o ‘z 
millatining  manfaati,  orzu-umidi,  taraqqiyoti  uchun  xizmat  qilishi  kerak. 
Barcha  jurnalistika  nashrlari,  ommaviy  axborot  vositalari  kundalik 
faoliyatlarida  shu  millatning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy- 
m a’naviy hayotini keng yoritishi, millatning dardi bilan nafas  Olishi  lozim. 
Har  bir jurnalist,  publitsist,  ijodkor  ocz  asarlarida  shu  millatning  hayoti,
117


ruhi;  fikr  -  o ‘ylari,  quvonch  va  tashvishlarini  aks  ettirishi,  milliy 
qadriyatlarga  suyanishi  shart.  Buning uchun  millatning tili  va dilini,  ruhini 
yaxshi  idrok  eta  bilishi  lozim.  Shu  bilan  birgalikda  milliylik,  millat 
manfaatlari  umumxalq  manfaatlariga,  umuminsoniyat  manfaatlariga  zid 
kelmasligi, o ‘zaro mushtarak  b o iish i talab etiladi.  Milliylikni mensimaslik 
manqurtlikka,  kosmopolitizmga  olib  kelganidek  bir  millat  manfaatlarini 
xalq  manfaati,  umuminsoniyat  qadriyatlaridan  yuqori  qo‘yish  milliy 
mahdudlikka,  milliy  zo ‘ravonlikka  olib  kelishi  mumkin.  Har  bir jurnal ist, 
publitsist,  ijodkor  o ‘z millatini  sevishi  bilan bir qatorda boshqa millatlami 
ham hurmat qilishi, ularning manfaatlarini tushunib, shu asnoda ijod qilishi 
lozim.  Y a’ni,  jum alist,  ijodkor  milliylik,  o ‘z  millatiga  xizmat  qilish 
orqaligina xalqchillik va umuminsoniylikka xizmat qila oladi.
Jurnalistikaning  eng  muhim  qonuni,  tamoyillaridan  biri  -   uning 
haqqoniyligidir.  Haqqoniylik  -   mutlaq  haqiqatga  intilish  insonning 
dunyoni  bilishdagi  bosh  talabi,  ish  usulidir.  Inson  paydo  b o iib ,  ongi 
rivojlana  boshlagan  paytdan  boshlab  o ‘zini  o ‘rab  turgan  narsa  va 
ashyolaming,  yuz  berayotgan  voqea  va  hodisalaming  asl,  tub  mohiyatini 
bilib  olishga  intiladi.  Bunda unga haqqoniy  bilim  va  aniq  tajribagina  q o i 
keladi.  Ammo  tajribasizlik  tufayli  noto‘g ‘ri  xulosalar  ham  kelib  chiqadi, 
bir  insonning  ikkinchi  insondan  manfaat  qidirishi,  o ‘zaro  munosabatlar 
natijasida  yolg‘on  ham  kelib  chiqqan.  Insoniyat  o ‘zining  necha  asrlik 
hayoti,  faoliyati  davomida  ana  shu  rost  va  yolg‘on  o ‘rtasida  qolib, 
haqiqatni,  y a’ni  rostni  izlab  keladi.  Insoniyatning  m a’naviy  mahsuli 
b o ig a n  jurnalistika insoniyatga xizmat qilar ekan  haqiqatga asosianm ogi, 
rost  so‘zlamog‘i  kerak.  Shundagina  u  insoniyat  intilgan  ezgulikka, 
adolatga,  taraqqiyotga  xizmat  qiladi.  Aksincha  jurnalistika  yolg‘on 
xabarlar  tarqatsa,  hayotni  bir yoqlama,  noto‘g ‘ri  yoritsa,  yolg‘on  so‘zlasa 
insoniyatga katta zarar yetkazadi.  Uni  inqirozga yetaklaydi.  Shunday  ekan 
barcha  jurnalistika  nashrlari,  haqqoniylik  tamoyiliga  amal  qilishi  shart. 
Bundan  zarracha  chekinish  uning  o ‘z  ijtimoiy  vazifalarini  bajarishida 
m on eiik  qiladi.  Bu tamoyil  har bir jum alist, publitsist va ijodkordan faqat 
haqiqatni,  ayni  haqiqatni  yozishni  talab  etadi.  Haqqoniylik  publitsistik  va 
badiiy  ijodning  bosh  mezoni,  asosiy  talabidir.  Hayot  haqiqatlarmi  ochib 
bera  olgan,  o ‘z  millati  va  pirovard  natijada  umuminsoniyat  uchun  qadrli
118


b o ig an   asarlargina  umrboqiydir.  Bu  tamoyilning  zarracha  bo‘lsa-da 
buzilishi,  o ‘z  manfaati  yoki  yakka  g ‘oya,  shaxs  talabi  bilan  hayot 
haqiqatidan k o ‘z yumish ijodkoming inqiroziga sabab bo‘ladi.
Oldingi  davr — kommunistik  davr jurnalistikasi  xususan,  haqqoniylik 
tamoyiliga  rioya  qilmaganligi  boisidan  inqirozga  uchradi.  Mustaqil 
0 ‘zbekiston  jumalistikasida  haqqoniylik  tamoyili  tobora  takomillashib 
bormoqda.
Jumalistikaning  asosiy  tamoyiilaridan  yana  biri  -   ommaviylikdir. 
Ommaviylik har bir jurnalistika nashrining va ommaviy axborot vositasida 
ko‘pchilikning  doimiy  ishtirok  etishi,  uning  ko ‘pchilik  tomonidan  yaxshi 
kutib  olinishi,  ommalashuvidir.  Ommaviylik  tamoyili  umuminsoniylik, 
xalqchillik,  milliylik  va  haqqoniylikning  mantiqiy  davomi  b o iib , 
yuqoridagi  tamoyillarga  qat’iy  amal  qilgan  holda  o ‘z  ijtimoiy  vazifalarini 
to‘la  bajara  olgan jurnalistika  nashri,  ommaviy  axborot  vositasigina keng 
ommalashuvi,  o ‘quvchilar,  radiotinglovchilar  va  teletomoshabinlarga 
manzur  b o iish i  mumkin.  Shu  bilan  birgalikda  bu  tamoyil  har  bir 
jurnalistika  nashri  va  ommaviy  axborot  vositasidan  yuksak  saviyada  ish 
olib  borishni,  har  bir  jurnalist,  publitsist  va  ijodkordan  katta  mehnat  va 
mahoratni,  doimiy  izianishni  talab  qiladi.  Ommaviylikka  erisha  olmagan 
jurnalistika nashrida jurnalist muvaffaqiyat qozona olmaydi.
Jurnalistika 
faoliyatida 
Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish