Jurnalistikaga


(fransuzcha  correspondente



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(fransuzcha  correspondente
  -  
joylardan   yuborilgan 
та ’lumotnoma),
  maqola 
(arabcha
  -  
aytilgan  gap),
  retsenziya-taqriz
109


(lotincha 
va 
arabcha 
—  baho 
bermoq),
 
sharh 
hamda  badiiy 
publitsistikaning ocherk,  feleton 
(fransuzcha -  varaqa),
  pamflet 
(inglizcha
-  tanqidiy  asar)
  kabi  janrlar  kiradi.  M a’lumki  bu  janrlar  hajmi  va  janr 
talablari  bilan  axboriy  janrlardan  ajralib  turadi  va  ular  hayotni  aks 
ettiradilar.  Bu  janrlarda  shu  bilan  birgalikda  ilm-fan  tadqiqoti  usullari  -  
faktlarni  solishtirish,  umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi analiz usuli, 
badiiy  publitsistika  janrlarida  esa  adabiy-badiiy  usullar  -   obrazlilik, 
jonlantirish,  tipiklashtirish,  syujet,  kompozitsiya  kabilar  keng  qoilaniladi. 
Bu usullar hayot voqealarini chuqur tahlil etishda yordam beradi.
Jurnalistikaning bu ijtimoiy vazifasi m aiu m  g‘oyalarni targ‘ib etishda 
ham  muhim  o ‘rin  tutadi.  Tahlil  ijtimoiy  vazifasi  jurnalistdan  hayotni 
chuqur  bilishni,  uning  u  yoki  bu  sohasiga  maxsus  ixtisoslashishni  talab 
qiladi.
Tahlil  ijtimoiy vazifasi ham jurnalistikaning tabiatidan kelib chiquvchi 
uning tabiiy  xususiyatidir.  Illo jurnalistika  insonga  olamni  bildirish,  uning 
ongini  o ‘stirish,  hayotiy  va  ijtimoiy  tajribasini  oshirish  uchun  xizmat 
qiladi.  Ammo  ayrim  tuzum,  hukmron  sinf  va  tabaqalar  mazkur  ijtimoiy 
vazifaning  bajarilishiga  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sir  k o ‘rsatishi  mumkin. 
Masalan,  kommunistik  jurnalistika  barcha  narsa  va  hodisalarni  faqat 
kommunistik  g ‘oyalar  nuqtai  nazaridangina  izohlagani  bunga  misol  b o ia  
oladi.
Mustaqillikka  erishgan  0 ‘zbekiston  jurnalistikasida  tasvir  ijtimoiy 
vazifasi  bilan bir  qatorda  tahlil  ijtimoiy  vazifasi  ham  tobora takomillashib 
bormoqda.  Jumalistikamizning tahlil ijtimoiy vazifasi ham zamonamizning 
eng muhim, dolzarb masalalarini yoritishda, ommaning ongiga mustaqillik, 
taraqqiyot  g'oyalarini  singdirishda  faol  xizmat  qilmoqda.  Jurnalistikamiz 
oikam izda  amalga  oshirilayotgan  ulkan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy  o'zgarishlarni  amalga  oshirishda,  istiqlol,  rivojlanish 
g'oyalanni  ommaga  tushuntirishda,  dunyo  voqealarining  mohiyatini 
anglatishda keng faoliyat ko'rsatmoqda.
0 ‘zbekistonning  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  mamlakatdagi 
ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik, jamiyat taraqqiyotini jadal  sur’atlar bilan  olib 
borishda jurnalistika, xususan, ommaviy axborot vositalarining roliga katta 
baho  bergan  edi.  Jurnalistikaning  tahlil  ijtimoiy  vazifasi  iqtisodiy
110


islohotlaming  taraqqiyotdagi  roli  va  aharaiyatini  chuqur tushuntirish  bilan 
birlikda  ma’naviyatimizning  tiklanishi  va  kishilar  ongidan  chuqur  joy 
olishini  ta’minlashda  ham  beqiyos  xizmat  qilmoqda.  Biz  mustaqillik 
jurnalistikasining  tahlil  ijtimoiy  vazifasi  ko ‘rsatgan  faoliyat  natijasida 
o‘zligimizni  tanidik,  o ‘z  tilimiz,  madaniyatimiz,  tariximizni  bildik, 
kelajagimizning  ulkan  va  porloq  rejalariga  ega  boidik.  Bu  gazetalarimiz, 
jurnallarimiz,  radio  va  teleko‘rsatuvlarimizning  doimiy  ravishda  olib 
borayotgan  tahlil  ijtimoiy  vazifasi  natijasidir.  Jurnalistika  hayotdagi  fakt, 
hodisa  va  voqealarni  bemalol,  moneliklarsiz,  umuminsoniy  nuqtai 
nazardan,  xolis,  ilmiy-obyektiv tahlil  qilar ekan,  uning hayotga ta ’siri  ham 
shunchalik  ortadi.  0 ‘zbek  jurnalistikasi  ana  shu  y o ‘ldan  bormoqda.  Bu 
ijtimoiy  vazifani  yaxshi  bilish,  unga  tayyor  b o lish   har  bir  b o laja k  
jurnalistning burchi va vazifasidir.
Jurnalistika  ijtimoiy  hayot  voqealarini  tasvirlab  va uni  tahlil  etibgina 
qolmasdan 
ijtimoiy 
hayotga  bevosita  ta’sir  ham 
qilishi 
kerak. 
Jumalistikaning  bu  xususiyati  uning  ijtimoiy  vazifalaridagi  uchinchi 
qirrani,  y a ’ni  ta’sir  ijtimoiy  vazifasini  belgilab  beradi.  Y a’ni  jurnalistika 
ijtimoiy  ong  k o ‘rinishi  sifatida  ijtimoiy borliqni  tasvirlab,  uni  bilib,  tadqiq 
etish bilan cheklanmasdan unga qaytadan ta’sir
ham  k o ‘rsatishi  lozim.  Ulo  jurnalistika  materiallari  yozilib,  bosilib, 
o‘qilib,  eshitilib,  ko‘rilibgina  qolmasdan  hayotda  o ‘zgarish  ham  yasashi 
kerak.
Jumalistikaning  ta ’sir  ijtimoiy  vazifasi  uning  tasvir  va  tahlil  ijtimoiy 
vazifalari  bilan  chambarchas  bogiiqdir,  y a’ni  u  mazkur  ikki  ijtimoiy 
vazifaning  mantiqiy  davomi  hisoblanadi.  Qaysi  jurnalistika  nashri, 
ommaviy axborot vositalari hayotni keng, xolis va kerakli  darajada yoritsa, 
xuddi  shu  tarzda  chuqur  tahlil  qilsa  uning  t a ’siri  ham  yetarli  darajada 
b o‘ladi.  Aksincha,  hayot  sayoz,  bir  yoqlama,  shunehaki,  majburan 
yoritilsa, tahlil ham yuzaki b o is a  ta’sir ham shunga yarasha bo'ladi
Jumalistikaning  hayotga ta ’siri  ikki  xil:  bevosita .va  bilvosita  boiadi. 
Bevosita ta ’sir hayot voqealarining tasviri tahlil  orqali  (Vquvchilar  ongiga, 
his-tuvg'ulariga  ta’sir  ko ‘rsatishdir.  Bu  holat jurnalistika  materiallarining 
ta’sirchanligi,  muhimligi,  qiziqarliligi,  fakti,  tuzilishi,  mahorat  bilan 
yozilganligi  natijasi.  Bu esa,  tasvir  va tahlil  ijtimoiy  vazifalarining yetarli
111


bajarilishidan  kelib  chiqadi.  Jurnalistikaning  ta’sir  ijtimoiy  vazifasini 
bajarishda  jamoatchilik  fikrini 
shakllantirish 
asosiy 
o ‘rin 
tutadi. 
Jamoatchilik 
fikri 
—  jurnalistikaning 
va 
uning 
asosi 
boMmish 
publitsistikaning  bosh  masalasidir.  Jurnalistikaning  hayotga  bilvosita 
ta’siri  esa jurnalistika  materiallarining  samaradorligi,  ya’ni  natija  berishi 
bilan  oichanadi.  Y a’ni  jurnalistikada  k o ‘tarilgan  birorta  muammo  hal 
etilsa,  tanqidiy  chiqishlar  o ‘z  samarasini  bersa,  qonun  chiqaruvchi,  ijro 
etuvchi  va  sud  hokimiyati  aralashuvi  natijasida  hayotga  tatbiq  etilsa  ana 
shu  ijtimoiy  vazifa  bajarilgan  b o ‘ladi.  Hayotga  bilvosita  ta’sir  etishda 
jurnalistika nashrlarining, jumalistlarning tashkilotchiliklari ham  asosiy rol 
o ‘ynaydi.
Jurnalistikaning  tasvir,  tahlil  va  ta ’sir  ijtimoiy  vazifalari  jurnalistika 
faoliyatining  o ‘zagini  tashkil  etadi.  Ular  bir-birlari  bilan  uzviy  birlikda 
doimo  takomillashib  boradilar.  Shu  bilan  birgalikda  jurnalistikaning 
madaniy-ma’rifiy,  kishiga  zavq  berish,  dam  oldirish,  turli  xizmatlar 
k o ‘rsatish  (reklama  va  eio n lar)  kabi  ijtimoiy  vazifalari  ham  mavjud.  Bu 
ijtimoiy  vazifalar  ham  bosh  ijtimoiy  vazifalardan  kelib  chiqadi  hamda 
ularni toidiradi.
Jurnalistikaning  ijtimoiy  vazifalari  hayot  bilan  birgalikda  taraqqiy 
etib, takomillashib, yangidan-yangi qirralarga ega bo‘lib boraveradi.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish