Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

(yoki 
bermaslik
)  bolshevistik  partiya  qaror  va  ko ‘rsatmalari  asosida  hal  etilar 
edi.  Yuqorida  aytganimizdek,  jumalistikaning  mazkur  ijtimoiy  vazifasini 
kollektiv  agitatorlik  (
tashviqotchilik)
  dan  iborat,  deb  e ’lon  qilingan  va  bu 
hoi  kommunistik  jurnalistika  nashrlari,  radio,  televideniye  uchun  qonun 
tusiga  kirgan  edi.  Y a’ni,  sovet  gazetalari,  radiosi  va  teleko‘rsatuvlari 
ijtimoiy  hayotni  xolis,  obyektiv  yoritmay,  balki  muayyan  g ‘oyalami 
tashviq  qilish  va  ungagina  mos  keladigan  faktlar,  voqea  va  hodisalarni 
qidirib yoki o ‘ylab topish bilan band edilar.
Demak,  insoniyatning  eng  oliy  orzusi  -   demokratik  tuzumdagina 
jurnalistika  va  uning  tasvir,  xabardor  etishlik  ijtimoiy  vazifasi  erkin  ish 
ko ‘ra oladi.  Mustaqillikka erishgan respublikamizda bu borada katta ishlar 
olib  borilmoqda.  Istiqloldan  keyin  yangilanayotgan  va  rivojlanayotgan 
ommaviy  axborot  vositalari  ijtimoiy  hayotni  xolis  va  tezkor  yorita 
boshladilar,  gazeta  va  jumallarimiz  qiziqarli,  o ‘qishli  bo‘lib  bormoqda, 
radioeshittirishlar  va  teleko‘rsatuvlar  mazmunli  b o iib   ,mundarijasi 
kengayib,  shakli  rang-baranglashyapti..  О ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi 
qabul 
qilgan 
“Ommaviy 
axborot 
vositalari 
to £g ‘risida”, 
“Jurnalistlik  faoliyatini  himoya  qilish  to ‘g‘risida”,  “Axborot  erkinligi
107


prinsiplari  va  kafolatlan  to‘g ‘risida”  gi  qonunlar  ommaviy  axborot 
vositalari ishini yaxshilSshda muhim ahamiyat kasb etdi.
Respublikamizda  jurnalistika  va  ommaviy  axborot  vositalari  ishini 
yaxshilash,  ular  faoliyatini  demokratlashtirish  borasida  olib  borilayotgan 
ishlar  natijasida  jumalistikamizning  tasvir  ijtimoiy  vazifasi  tobora 
rivojlanib,  rang-barang  b o iib   bormoqda.  Gazeta  va  jumallarimiz,  radio 
eshittirishlarimiz  va  teleko‘rsatuvlarimiz  dunyo  xabarlarini,  shuningdek 
respublikamizda  yuz  berayotgan  ulkan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 
madamy-ma’naviy  o ‘zgarishlami  yoritib  kelayotgan  boisada,  bu  borada 
hali  kamchiliklar  ham  yo ‘q  emas,  ko‘pgina  jurnalistika  nashrlari,  radio 
eshittirishlar va teleko‘rSat:uvlarda bir yoqlamalik, bir xillik hollari mavjud. 
Ammo  jurnalistikamiz  bu  kamchiliklardan  asta-sekin  qutilib,  tasvir 
ijtimoiy  vazifasini  to ia ro q   bajarilishiga  e ’tibor  qaratmoqda.  Bu  ijtimoiy 
vazifaning  mohiyatini,  uning  talablarini  yaxshi  bilish  har  bir  b oiajak 
jurnalistning asosiy vazifasi sanaladi.
Qaysi  bir nashr,  ommaviy  axborot  vositasi bu  ijtimoiy vazifani  ijodiy 
hal etar ekan, uning muvaffaqiyati ta ’minlangandir.
Biz  yuqorida jurnalistikaning  bosh  ijtimoiy  vazifalaridan biri -   uning 
ijtimoiy  hayotni  aks  ettirish  xususiyati,  ya’ni  tasvir  ijtimoiy  vazifasini 
ko‘rib  o ‘tdik.  Ammo  jurnalistika  hayotni  oddiygina  qayd  etish  bilangina 
cheklanib  qolmaydi,  balki  hayotdagi  fakt,  voqea  va  hodisalaming  ichki 
mohiyatini  ham  ochib  beradi,  o ‘quvchilariga  tushuntiradi,  tahlil  qiladi, 
baholaydi,  xulosalar  chiqaradi,  m a’qullaydi  yoki  inkor  qiladi.  Y a’ni, 
yuqorida,  jurnalistikaning  ta ’rifida  keltirilgan  -   jurnalistika  ijtimoiy 
hayotni  biladi  (o‘rganadi  m a’nosida),  tadqiq  qiladi,  degan  tushunchalar 
jurnalistikaning  ikkinchi  bosh  ijtimoiy  vazifasining  asosini  tashkil  etadi. 
Jurnalistika  ijtimoiy  hayot  voqealarini  tasvirlash  bilan  birlikda  bu  fakt  va 
voqealami  tahlil  qilishi  ham  lozim.  Binobarm,  jurnalistikaning  ikkinchi 
bosh  ijtimoiy  vazifasi  -   tahlil  hisoblanadi.  Jurnalistikaning  tasvir  ijtimoiy 
vazifasi  ijtimoiy  hayotning  ustki,  ko‘zga  ko'nnib  turgan  qatlamlarini  aks 
ettirsa  va  ongning  ustki  qatlamiga  ta ’sir  qilsa,  tahlil  ijtimoiy  vazifasi 
ijtimoiy  hayotning  chuqur  qatlamlarini  o ‘zida  aks  ettiradi  va  inson 
ongining  chuqur  qatlamlariga  ta’sir  ko crsatadi.  Bu  ijtimoiy  vazifa  orqali 
jurnalistika о ‘quvchilariga  hayotdagi  faktlar,  voqea va hodisalaming  ichki
108


sabablarini  ochib  beradi,  tushuntiradi,  izohlaydi,  bilim  beradi,  olamni 
bildiradi,  zarur  tajribalar  bilan  qurollantiradi.  Jumalistikaning  xabardor 
qilish ijtimoiy vazifasi singari bu ijtimoiy vazifa ham jamiyatning  ijtimoiy- 
siyosiy,  iqtisodiy-ishlab  chiqarish va madaniy-ma’naviy  hayotining barcha 
tomonlarini  qamrab  oladi.  Jamiyat hayotining jumalistikaning  bu  ijtimoiy 
vazifasi  aralashmaydigan  biror  bir  sohasi  y o ‘q.  Jumalistikaning  tahlil 
ijtimoiy vazifasi  ijtimoiy-siyosiy hayotning muhim muammolari yechimini 
topishda,  iqtisodiy-ishlab  chiqarish  jarayonlarini  takomillashtirishda, 
madaniy-ma’naviy hayotni yanada taraqqiy etishida muhim rol o ‘ynaydi.
Jumalistikaning  tahlil  ijtimoiy  vazifasini  bajarishda  jurnalistika 
nashrlari  -   gazeta  va  jurnallar,  ommaviy  axborot  vositalari  -   radio  va 
teleko‘rsatuvlar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatadilar.
Jurnalistika  turlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  mehnat  taqsimotiga  muvofiq 
gazetalar taxminan 75  foiz tasvir  ijtimoiy vazifasini bajarsa,  o ‘z navbatida 
jurnallar taxminan 75 foiz tahlil ijtimoiy vazifasini bajaradilar. 
:
Jurnallarning  -   ijtimoiy-siyosiy,  ilmiy,  adabiy-badiiy,  hajviy,  suratli 
va tarmoq turlari mavjud b o iib  ular ijtimoiy hayotni  chuqur aks  ettirish va 
uni tahlil  qilish kabi asosiy vazifalami  bajaradilar.  Bu -  jurnallarning tahlil 
ijtimoiy vazifasini bajarishda asosiy  o ‘rin tutishmi  ko‘rsatadi.  Ammo bu -  
gazetalarda  tahlil 
ijtimoiy 
vazifasi 
bajarilmaydi, 
degan  m a’noni 
bildirmaydi.  Aslini  olganda  har  ikkala  ijtimoiy  vazifa  bir-birini  to id irib  
keladi,  har  qanday  tasviriy  materialda  ham  muayyan  tahlil  unsuri  boiad i, 
tahlil  materiallarida  ham  tasvir  ishtirok  etadi.  Radio  va  teleko‘rsatuvlarda 
tasvir  hamda  tahlil  ijtimoiy  vazifalari  o ‘zaro  mutanosib  ravishda  (50-50 
foiz) joy  oladi.  Jumalistikaning bu  ijtimoiy  vazifasi  uning  m a’rifiy,  estetik 
zavq berish, dam oldirish xususiyatlari bilan ham bo gian ib ketadi.
Jumalistikaning  tahlil  ijtimoiy  vazifasini  bajarishda  mutaxassis 
jurnalistlar,  publitsistlar,  olimlar,  jam oat  arboblari,  siyosatchilar  ishtirok 
etadilar.
Agarda jumalistikaning  xabardor  qilish  ijtimoiy  vazifasini  bajarishda 
unga  publitsistikaning  axboriy  janrlari  xizmat  qilsa,  tahlil  ijtimoiy 
vazifasini  ado  etishda  esa  analitik-tahliliy janrlari  xizmat  qiladi.  Bularga 
korrespondensiya 

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish