Jurnalistikaga


  Matbuot erkinligiga oid qonunlarimizni sharhlab bering



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

8.  Matbuot erkinligiga oid qonunlarimizni sharhlab bering.
3.4. Pablik rileyshnz
Pablik  rileyshnz  iborasi  o ‘zbek  jumalistikasida  mavjud  boiishiga 
qaramay  uncha  ommalashmagan  edi.  Vaholanki,  mazkur  atama  birinchi 
bor  qo‘llanilganiga  200  yildan  oshdi.  Bu  atamaning  rivoji  asosan  XX 
asrdan boshlandi.
K o‘pgina o‘z matbuoti  yo'q vazirlik va tashkilotlarda matbuot xizmati 
barpo  etildi.  Uning  xodimlari,  aksari  holda  yozishni,  fikr yuritishni,  tahlil 
qilishni  biladigan  va  oV.lari  haqqoniy  m a’lumotlar  tayyorlay  oladigan  va 
OAVga taqdim etadiga’ii jurnalistlar edi.
Bu  matbuot  xizraati  xodimlari  ya’ni  piarmenlar  yozgan  va  tarqatgan 
materiallari auditoriyada salbiy hissiyotlar keltirib chiqarmaslik kerak.
Pablik  rileyshnz  yoki  PR  xodimlarini  jurnalistlar  kasbdosh  deb 
biladilar  va  hamkorlikda  faoliyat  yuritishadi.  Aslida  shunday  bo‘lishi 
kerak.
126


Pablik  rileyshnz  borasida  gap  borganda  hech  ikkilanmay  PR 
jurnalistika negizida paydo  bo'lganligini  e ’tirof etish kerak.  U xuddi  OAV 
singari demokratik jamiyat sharoitidagina haqiqiy bo ‘lishi mumkin.
XX  asr  o ‘zbek  jumalistikasiga  nazar  solinsa,  deyarli  yetmish  yil 
mobaynida  matbuot  xizmati  yolg‘on-yashiq  axborotlar  tayyorlaganini 
bilamiz.  Chunki  avtofitar  jamiyat  matbuot  xizmatiga  ham  hukmronlik 
qilgan,  ular  tayyorlagan  materiallar  senziira  qilingan.  Shu  boisdaflmikan, 
Pablik  rileyshnz  xodimlariga  salbiy  munosabat  saqlanib  qolgan.  Hozirda 
ham ba’zi matbuot xizmati xodimlariga nisbatan ishonchsizlik bor.
Shu  o ‘rinda  taniqli  jurnalist,  olim  To‘lqiri  Eshbekning  “Maqsad: 
axborot  tarqatish”  maqolasiga  biroz  to ‘xtalamiz.  (Maqola  “0 ‘zbekiston 
matbuoti”  jurnalining  2005-yil  6-sonida  chop  etilgan.)  “...  Dag  Nyusom, 
Alan  Skott,  Jadi  Turkning”  RR  bu:  jamoatchilik  bilan  aloqalarning 
samaradorligi”  kitobidagi  RR  xodimlariga  m o‘ljallab  yozgan  fikrlaridan 
matbuot  kotiblari  uchun  muhim xulosalar  chiqarishimiz  kerak  deb  yozadi 
va ularni birma-bir keltiradi. Ular quyidagicha:
-m atbuot kotibi har bir dalilning aniq va to‘g ‘riligini bilishga erishishi 
lozim;
-jam oatchilik  bilan  aloqalardan  asosiy  maqsad  -  idoraviy  manfaatlar 
emas,  jamoatchilik  manfaati.  Agar  RR  xodimi  idoraviy  manfaatlarni 
ko ‘zlab  ish  qilsa,  jamoatchilik  e ’tiboridan  chetda  qoladi.  Aslida, 
jamoatchilik shu idoraning informatsiyasini eshitadi, qabul  qiladi;
- matbuot xizmati  shunday ish qilishi kerakki, uning dasturi odamlarda 
katta  qiziqish  uyg‘otsin.  Fuqarolar  shu  tashkilot  faoliyatiga  qiziqsagina 
unga e’tibor beradi.  Aks holda, u haqda yetarlicha axborot yo  ma’lumotga 
ega boim asa, jamoatchilik unga beparvo boiadi;
- aslida,  matbuot  xizmati  bilan  OAV  xodimlarining  umumiy  vazifasi 
bitta,  y a’ni  axborot  tarqatish.  Bu jihatdan  ularm  raqobatdosh,  deyish  ham 
mumkin.  Albatta, har birining o ‘z funksiyalari bor;
-m atbuot xizmati xodimi OAV xodimlariga e ’tibor bilan munosabatda 
b o lish i  zarur.  Aytaylik,  OAV  xodimi  matbuot  xizmati  xodimini  biror 
joyga taklif etsa, kechikmasdan yetib borishi lozim;
-jam oatchilik  bilan  aloqa  samarali  b o iish i  uchun  jamoatchilikning 
ijtimoiy fikrini  muttasil  o ‘rganib borish kerak.  RR xodimi  ijtimoiy fikrning
127


ichiga  kirishi  zarur.  Bu  borada  xayolparastlik,  parishonxotirlik  qilish,  har 
xil  his-hayajon  va boshqa havoyi  gaplar  ketmaydi.  Aniq  ilmiy  yondashuv 
kerak;
-auditoriya  turli  toifa  kishilaridan,  jumladan,  maktab  o‘quvchilari, 
talabalar,  ziyolilar,  ishchilar,  fermerlar  va  boshqa  kasb  egalaridan  iborat 
b o iish i  mumkin.Ularning  saviyasi,  tushunish  darajasi  har xil.  RR xodimi 
hammaga  tushunarli,  ommabop  so‘z!ar,  iboralar  bilan  xalqona  tilda 
gapirishi, axborot tarqatishi zarur;

matbuot  kotibi  har  qanday  vaziyatda  madaniyatli  b o iishi,  to ‘g ‘ri 
gapirishi  zarur.  Shu  tariqa  u  jamoatchilik  fikrini  o'rgana  oladi;  matbuot 
xizmati  xodimi  boshqaruv  tizimi,  funksiyalari,  tegishli  tashkilotning 
faoliyatiga  oid  qonunlari,  muhim  normativ  hujjatlari,  dastur  va  rejalarini 
hamda  boshqa  m a’lumotlarni  mukammal  bilishi  lozim”.  Shundagina 
matbuot 
kotibi 
OAV  xodimlari 
bilan 
bahamjihat 
ishlay 
oladi. 
Nazariyotchilar  fikricha,  matbuot  xizmati  uchun  jurnalist  -   ta’sir 
o ‘tkazishning  eng  samarador  yordamchisi,  vositachisi  va  shu  bilan  birga 
uning yaqin do ‘stidir.
M uallif  to‘g ‘ri  ko‘rsatishicha,  matbuot  xizmati  xodimlari  OAV 
xodimlari  bilan hamkorlik qilishlari ikkala tomon uchun l'oydalidir.
PR  MDH  davladari  jumladan,  0 ‘zbekistonda  ham  siyosat,  biznes, 
hokimiyat  uchun  kurash  jarayonlarida  yangi  samarali  qurolga  aylangan. 
Oxirgi  yillajrda  PR ancha  murakkablashib  bugun uning  tarkibiga tashkiliy- 
boshqaruv  faoliyat  xizmatlari  ham  kiradi.  Bu  degani  turli  loyiha  va 
tadbirlarni  o ‘tkazishni  tashkil  qilish,  ularni  axboriy  ta ’minlash,  ulami 
o ‘tkazishga  m ablag1  izlash  degani.  Bu  bilan  RR  cheklanmaydi.  U  yana 
preativ  faoliyat  ham  yuritadi.  Bu  degani  mijoz  topish,  mavqe  yaratish, 
bank,  tahririyat,  reklama  agentligi,  firma tarixini  yaratish kabi  ishlar bilan 
band bo‘lish degani.
Yana  RR  konsalting  va  axborot-tahliliy  xizmatlar  bilan  ham 
shug'ullanadi.  Pablik  rileyshnzni  zamonaviy  kasbiy  faoliyat turiga kiritish 
mumkin.
2006-yil 22-sentyarbda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
“Davlat  va  xo ‘jalik  boshqaruv  organlarida  jamoatchilik  bilan  aloqalarni 
rivojlantirish bo ‘yicha tadbirlar to ‘g ‘risida” 203-sonli  qaror qabul  qildi.  Bu
128


qarorga 
binoan 
vazirliklar, 
davlat 
qo‘mitalari. 
agentliklar, 
QoraqalpogMston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  hokimliklari  xo ‘jalik  boshqaruv  organlari  tarkibida  axborot 
xizmatlarini tashkil etish ko ‘zda tutilgan.

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish